РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

AUDITORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO’YICHA CHORA-TADBIRLAR REJASINI AMALGA OSHIRILISHI TO’G’RISIDA PRESS-RELIZ

27
Dek 2018
474 marta ko'rildi

AUDITORLIK FAOLIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH BO’YICHA CHORA-TADBIRLAR REJASINI AMALGA OSHIRILISHI TO’G’RISIDA PRESS-RELIZ

Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018 yil 14 noyabrdagi 144-son buyrug’i bilan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom belgilangan tartibda Adliya vazirligida 2018 yil 21 dekabrda 3105 ro’yxat raqam bilan ro’yxatga olindi (2019 yil 23 martdan kuchga kiradi).

Nizomning asosiy talablari xalqaro standartlar asosida professional sertifikatlash va auditorlar malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratishga, auditorlik kasbida tajribali xodimlarni va yosh mutaxassislar manfaatdorligini saqlab qolishga qaratilgan.

Xususan, Nizomda quyidagilar belgilangan:

• auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o’n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish tartibi; 
• malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o’tkazish;
• da’vogarlarga malaka talablari soddalashtirish (auditorlar tayyorlash kursida o’qish hamda buxgalterlarni xalqaro va milliy sertifikatlash doirasida “Moliyaviy hisob” fanini topshirish majburiyati to’g’risida talablar bekor qilinishi);
• malaka sertifikatini olish uchun yig’im summasi kamaytirish;
• yillik malaka oshirishdan o’tmaslik bir marotaba qo’pol ravishda buzish hisoblanishi va boshqalar. 

Mazkur hujjatning to’liq matni bilan bu erda tanishishingiz mumkin.


 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 27 Dekabr 2018 12:44

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 332 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!