РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI IJRO ETUVCHI APPARATIDAGI QUYIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI:

22
Noyab 2018
484 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI BYUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG’ARMASI IJRO ETUVCHI APPARATIDAGI QUYIDAGI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILINADI:

 

  1. Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va murojaatlar faoliyatini nazorat qilish bo’limi bosh mutahassisi:

Nomzodga qo’yiladigan umumiy malaka va shaxsiy talablar:

  • Moliya, jurnalistika, pensiya ishi yoki ijtimoiy ish yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi);
  • Moliya sohasida, ijtimoiy sohada, radio, televidenie yoki nashriyotlarda kamida 2 yil faoliyat ko’rsatgan bo’lishi;
  • O’zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilishi (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan nomzodlar ma’qullanadilar);
  • Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel, Power Point va boshqa dasturlarini bilishi va ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
  • Ijtimoiy tarmoqlar,shuningdek rassmiy veb-saytlar, nashriyotlar bilan ishlashni bilishi;
  • Professional etika, kasb va umumahloqiy-ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, notiqlikga ega bo’lishi, tezis, maqolalar va boshqa soha oid ruknlarda turli hil nashrlarni chop eta olishi.

 

  1. Fuqarolar murojaatlarini ko’rib chiqish va pensiyalarni tayinlash metodologiyasi bo’limi bosh mutahassisi:

Nomzodga qo’yiladigan umumiy malaka va shaxsiy talablar:

  • Moliya, iqtisod, pensiya ishi yoki ijtimoiy ish yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi);
  • Moliya, bank, soliq yoki ijtimoiy sohalarda kamida 2 yil ishlagan bo’lishi;
  • O’zbek va rus tillarini mukammal bilish (IELTS sertifikatiga ega bo’lgan) nomzodlar ma’qullanadilar);
  • Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel, Power Point va boshqa dasturlarini bilishi va ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
  • Professional etika, kasb va umumahloqiy-ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi, o’z fikr-mulohazalarini hamda takliflarini taqdim qila olish qobiliyati.

 

  1. Bosh yuriskonsulti:

Nomzodga qo’yiladigan umumiy malaka va shaxsiy talablar:

  • Yuridik oliy ma’lumotga ega bo’lishi (xorijiy va xalqaro oliy o’quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi);
  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda, advokatlik va boshqa yuridik sohada kamida 2 yil ishlagan bo’lishi;
  • O’zbek va rus tillarini mukammal bilishi;
  • Kompyuter savodxonligi, jumladan Microsoft Word, Exsel, Power Point va boshqa dasturlarini bilishi va ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;
  • Professional etika, kasb va umumahloqiy-ma’naviy sifatlarga ega bo’lishi.

 

PENSIYA JAMG’ARMASI XODIMLARINING OYLIK MAOSHI VA
BOSHQA MODDIY VA MA’NAVIY RAG’BATLANTIRILISHI TIZIMI:

  • Xodimlarning oylik maoshi (joriy ish haqisi) hamda malaka va professionalizmi uchun oylik maoshiga ko’shimchalar;
  • Xodim ish faoliyati natijadorligi, shaxsiy tashabbuskorligi va tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga va rivojlantirishga qo’shayotgan hissasiga qarab rag’batlantiruvchi ustamalar;
  • Qonun hujjatlarida belgilangan bayram kunlari munosabati bilan mukofot pullari;
  • Xodimni ijtimoiy qo’llab-quvvatlanishi;
  • Xodimni ma’naviy qo’llab-quvvatlanishi kabi rag’batlantirish mexanizmlari joriy etiladi.
Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 22 Noyabr 2018 16:38
Ushbu toifadagi boshqa materiallar: « XABARNOMA MA'LUMOTNOMA »

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 510 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd