O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli “Yoqilg’i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o’zgartirish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq 2018 yilning 16 noyabridan boshlab avtomobil gaz to’ldirish kompressor stantsiyalariga (o’z balansida avtomobil gaz to’ldirish kompressor stantsiyalari mavjud bo’lgan yuridik shaxslar xam kiradi) tabiiy gaz tarifi 1 kub.m uchun 800 so’m (QQS bilan) miqdorida o’rnatildi.
Shunday qilib, avtomobil gaz to’ldirish kompressor stantsiyalariga (o’z balansida avtomobil gaz to’ldirish kompressor stantsiyalari mavjud bo’lgan yuridik shaxslar xam kiradi) tabiiy gaz tarifi o’sishi 1 kub.m uchun 10,26 so’mni tashkil qildi.
Shu bilan birga, o’rnatilgan benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi o’zgarmadi va avvalgi darajada saqlanib qolindi.
Yuqoridagilirdan kelib chiqib, tabiiy gaz tarifining sezilarsiz o’sishini, hamda o’rnatilgan benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq stavkasi o’zgarmasligini inobatga olib, Moliya vazirligi tomonidan avtomobil gaz to’ldirish kompressor stantsiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazning ulgurji narxi oshishi kutilmayapti.