Print this page
12
Noyab 2018
2314 marta ko'rildi

2018-2019 YILLARDA ELEKTR ENERGIYASI, TABIIY VA SUYULTIRILGAN GAZ UCHUN NARX VA TARIFLARNING BOSQICHMA-BOSQICH O’ZGARISH GRAFIKLARI, XAMDA AVTOBENZIN VA DIZEL YOQILG’ISI NARXLARI TASDIQLANGAN

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi 897-sonli “Yoqilg’i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o’zgartirish to’g’risida”gi qaroriga asosan, 2018-2019 yillarda elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun narx va tariflarning bosqichma-bosqich o’zgarish grafiklari, xamda avtobenzin va dizel yoqilg’isi narxlari tasdiqlangan.

Xozirgi kunda, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tariflar tan narxidan past darajada o’rnatilgan. Shu bilan birga ushbu energoresurslar narx va tariflarining o’zgarishi avvallari amalga oshirilgan narx va tariflarning o’sishidan mutlaqo farqlanadi. Buning sababi neft-gaz tarmog’ini sog’lomlashtirish uchun yoqilg’i-energetika resurslarining narx va tariflarini keskin ko’tarilishi kerakligidir.

Ammo ushbu narxlarning o’zgarishi axoliga ta’sirini oldini olish maqsadida, boshqa iste’molchilar uchun tariflar 44,8% va 2,07 barobar oshirish hisobidan, axoli uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari mos ravishda 9,4% va 10,4%ga oshgan.

Concrete

Concrete

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 12 Noyabr 2018 16:34
DMC Firewall is a Joomla Security extension!