РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI O’QUV MARKAZI ILMIY TADQIQOT ISHLANMALAR BYUROSI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

08
Noyab 2018
961 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI O’QUV MARKAZI ILMIY TADQIQOT ISHLANMALAR BYUROSI BO’SH ISH O’RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi Ilmiy tadqiqot ishlanmalar byurosi bo’liminig quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:
 

I. BYURO BO’LIM BOSHLIG’I - 1 NAFAR.

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


• Ilmiy daraja yoki unvonga ega bo’lish, kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
• Innovatsion g’oya va ilmiy fikrlash, yangicha qarash va izlanish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
• O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;

Vazifalar:
1. Bo’lim ish faoliyatini tashkillashtirish, yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni sifatli bajarilishini va nazorati ta’minlash;
2. Belgilangan dastur bo’yicha har oy taqdim qilinayotgan hisobotlarni sifat nazoratini olib borish;
3. Dasturlar vositasida ilmiy izlanishlar loyiha ishtirokchilari ishi sifatini tahlil qilib borish va doimiy monitoringini tashkillashtirish;
4. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish; 
5. Talabchanlik, ilmiy tanqid qilishni bilish, hamkasblar hamda qo’l ostidagi xodimlarni fikrini eshitish va inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
6. Boshqaruv qarorlarini asoslangan holda tezkor qabul qilish va ijrosini ta’minlash, muzokaralarni olib borish; 
7. Moliya vazirligi yoki Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi  va boshqa Respublika jamoat birlashmalari, hamda oliy o’quv yurtlari bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etish;
8. Bo’lim xodimlarining malakasini oshirishini ta’minlash, ularning faoliyatini samarali tashkil etish va o’z ustida izlanishda bo’lishini muntazam nazorat qilish;
9. Lavozimga mos boshqa talablar.

 

II. BYURO BOSHLIG’I O’RINBOSARI - 1 NAFAR 

Lavozimga mos asosiy talab va vazifalar
Talablar:


• Ta’lim va ilmiy yunalish sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo’lish;
• Innovatsion g’oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o’zgarishlar qila olish qobiliyati;
• O’tkir zehn, o’z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo’lish;
• Moliya va iqtisodiyot yo’nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo’lishi; 

Vazifalar: 

1. Bo’lim ish faoliyatini tashkillashtirishda va bo’limga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarishda bo’lim boshlig’iga ko’maklashib borish;
2. Ilmiy sohaga doir  vakillar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishda bevosita ishtirok etish;
3. Belgilangan dastur bo’yicha ilmiy izlanish ishlarini sifatli bajarilishini nazorat o’tkazish, reja jadvali loyihasini ishlab chiqilishini tashkil etish;
4. Byuro boshlig’i ish jarayonini yuritish maqsadida hizmat safariniga yuborilganda boshliq vazifasini bajarish;
5. Koordinatorlarni dastur asosida qilayotgan ishlar sifatini tahlil qilib borish;
6. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish; 
7. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to’qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o’z vaqtida aniqlash va hal qilish;
8. Boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish va ijrosini ta’minlash, muzokaralarni olib borish; 
9. Sohaga tegishli xalqaro professional tashkilotlar va respublika jamoat birlashmalari, hamda oliy o’quv yurtlari bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya, seminar va davra suhbatlarida ishtirok etish;
10. Lavozimga mos boshqa talablar.

III. XODIMLARNING OYLIK MAOSHI VA BOSHQA RAG’BATLANTIRUVCHI OMILLAR:
 

Xodimlarning oylik maoshi nomzodning ilmiy darajasi va byuro shtatlar jadvaliga asosan belgilanadi; 

IV. NOMZODLARNI TANLASH:

 
Tanlov jarayoni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi ishchi guruhi suhbatidan o’tish orqali amalga oshiriladi.

Suhbat jarayonida nomzodlarning bilim va ko’nikmalari sinovdan o’tkazilib tegishli xulosa chiqariladi.

Barcha hujjatlarni taqdim qilingan xujjatlarni xodimlar bilan ishlash bo’limi mas’ul xodimlari ko’rib chiqib ishchi guruxga taqdim qiladi.

Barcha hujjatlarni Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. elektron manziliga yuborishingiz so’raladi. 

Bog’lanish uchun +998 (71) 239-19-18 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 08 Noyabr 2018 10:38

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 400 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!