РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

«VANNADAGI BOLA VOQEASI. BOG’CHALARDAGI KULGILI VA AYANCHLI HOLATLAR» NOMLI MAQOLA YUZASIDAN

08
Noyab 2018
541 marta ko'rildi

«VANNADAGI BOLA VOQEASI. BOG’CHALARDAGI KULGILI VA AYANCHLI HOLATLAR» NOMLI MAQOLA YUZASIDAN

Maqolada oktyabr oyida Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tumani adliya bo’limi tomonidan hududda joylashgan 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasida bir qator kamchiliklar aniqlanganligi ko’rsatilgan. Aniqlangan kamchiliklar, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari tomonidan aytib o’tilgan bir qator muammolar bo’yicha Moliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

1. 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida elektrik shtati ajratilmaganligi masalasida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ-3231-son qaroriga asosan tuman maktabgacha ta’lim bo’limlarida maktabgacha ta’lim muassasalari bino va inshootlarini tegishlicha ekspluatatsiya qilish uchun mobil harakatdagi bo’linmalari bilan birga ixtisoslashgan ta’mirlash-ekspluatatsiya bo’limlarini tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun: ixtisoslashgan ta’mirlash-ekspluatatsiya bo’limlarining asosiy vazifalari - maktabgacha ta’lim muassasalarining bino va inshootlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini talab darajasida ekspluatatsiya qilish, joriy ta’mirlash va nazorat qilish, ta’lim muassasalari bino va inshootlarini sanitariya normalari va qoidalari talablari darajasida tayyorligini ta’minlash, ulardan samarali hamda nuqsonsiz foydalanishni tashkil etishdan iboratdir.

Mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Qo’rg’ontepa tumani maktabgacha ta’lim bo’limida 12 ta shtat birligidan iborat ixtisoslashgan ta’mirlash-ekspluatatsiya bo’limi tashkil etilgan va uning tarkibiga elektrik, santexnik shtat birliklari ham kiritilgan. Ushbu bo’limning to’laqonli faoliyatini tashkil etish maqsadida: 

2 ta “Damas” rusumli maxsus avtotransport vositasi hamda zarur jihozlar va asbob-uskunalar sotib olib berilgan;
bo’limni saqlash xarajatlari uchun joriy yilda qariyb 90 mln.so’m byudjet mablag’lari ajratilgan.

Respublikamizning aksariyat tuman va shaharlarida mobil harakatdagi bo’linmalari bo’lgan ixtisoslashgan ta’mirlash-ekspluatatsiya bo’limlari tashkil etilganligini inobatga olib, ushbu hududlardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida elektrik shtat birligi nazarda tutilmaydi.

2. Maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarining oyligi “atigi 700 ming so’m bo’lganligi” masalasida.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571-son qaroriga asosan maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to’lash va moddiy rag’batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish maqsadida davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ayrim toifalarining ish haqi to’lash bazaviy tarif stavkalari 2 bosqichda (joriy yilning 1 martidan - 30 foizga va 1 sentyabridan - 10 foizdan 30 foizgacha) oshirildi.

Qo’rg’ontepa tumani 9-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi I-guruhga kiradigan muassasa ekanligini inobatga olgan holda, muassasa rahbarining ish haqi miqdori, qo’shimchalarsiz hisob-kitob qilinganda, quyidagicha bo’ladi:

a) haqiqatdan ham 2018 yil 1 martgacha rahbarning ish haqi miqdori (soliq va boshqa ushlanmalardan so’ng) 769,8 ming so’mni tashkil etgan;

b) joriy yil oktyabr oyda, ya’ni o’rganish o’tkazilgan davrda, rahbarning bazaviy tarif stavkasi 1 376,9 ming so’m, shuningdek soliq va boshqa ushlanmalardan so’ng qo’liga oladigan ish haqi miqdori 1 136,3 ming so’m bo’lgan;

v) 2018 yil 1 noyabrdan boshlab eng kam oylik ish xaqi miqdori 10 foizga oshishi hisobiga qo’liga oladigan ish haqi miqdori 1 250,0 ming so’mni tashkil qiladi.

3. 9-son maktabgacha ta’lim muassasasiga ta’mirlash va zarur jihozlar harid qilish xarajatlari uchun mablag’ ajratilmaganligi masalasida.

Aytib o’tish joizki, Qo’rg’ontepa tumani 9-son maktabgacha ta’lim muassasasi, ta’mirlash va jihozlash xarajatlari uchun byudjetdan mablag’ ajratish masalasida tuman moliya bo’limiga murojaat qilmagan.

Shu bilan birgalikda, maqolada keltirilgan holat moliya organlari tomonidan mahalliy hokimlik organlari bilan birgalikda o’rganishlar joyiga chiqqan holda boshlangan. Uning natijasida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha tegishliligi bo’yicha zarur choralar ko’riladi.

O’zbekiston Respublikasi 
        Moliya vazirligi

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 08 Noyabr 2018 10:06

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 443 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd