РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GEMODIALIZ MARKAZLARINI YARATISH VA GEMODIALIZ XIZMATLARINI TAQDIM ETISHNI MOLIYALASHTIRISH UCHUN TANLOV ASOSIDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH LOYIHASINI TAYYORLASH VA AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDA PRESS-RELIZ

07
Noyab 2018
843 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GEMODIALIZ MARKAZLARINI YARATISH VA GEMODIALIZ XIZMATLARINI TAQDIM ETISHNI MOLIYALASHTIRISH UCHUN TANLOV ASOSIDA XUSUSIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISH LOYIHASINI TAYYORLASH VA AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDA PRESS-RELIZ

Concrete

2018-yilning 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlari va Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Finance Corporation, IFC) vakillari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasida gemodializ markazlarini tashkil etish va gemodializ xizmatlarini koʻrsatishni moliyalashtirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb etish loyihasi (keyingi oʻrinlarda – Loyiha) muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun: Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Finance Corporation, IFC) – rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy investitsiyalarning barqaror oqimini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan Jahon bankining tarkibiga kiruvchi xalqaro moliyaviy institut hisoblanadi.

IFC kapital ishtiroki shaklidagi investitsiyalar, kreditlar taqdim etadi, moliyaviy kelishuvlar va risklarni boshqarish mahsulotlarini taklif qiladi, rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy sektorning oʻsishini ragʻbatlantirish uchun maslahat xizmatlarini koʻrsatadi.

Concrete

Concrete

Uchrashuv davomida oldingi muloqotlar va muzokaralarda erishilgan kelishuvlar muhokama qilindi hamda Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi oʻrtasida moliyaviy maslahat xizmatlarini taqdim etish toʻgʻrisidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi shartnoma imzolandi:

Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan tahlil qilish, tenderni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tender va boshqa hujjatlarni tayyorlashda yordam koʻrsatish, Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherikni tanlash uchun tender jarayonini oʻtkazishga koʻmaklashish;

Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan investor tomonidan taqdim etilgan xizmatlar (dori-darmonlar, ovqatlanish, tibbiy maslahatlar, laboratoriya testlari va boshqalar) va boshqa masalalarni qamrab olgan gemodializ xizmatlari hajmi va darajasini aks ettirgan loyiha hisobotini tayyorlash;

Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidandan 150,000 AQSh dollari miqdorida mablagʻ toʻlash;

Sogʻliqni saqlash vazirligi tender yakunlari boʻyicha aniqlangan xususiy investor bilan davlat-xususiy sheriklik asosida uzoq muddatli shartnoma bitim tuzish.

Loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • sogʻliqni saqlash sohasida xalqaro tajribani va umum qabul qilingan xalqaro standartlarni joriy etish;
  • xususiy sektordan taniqli va malakali investorlarni shaffof tenderlar jarayoni orqali jalb qilish va xususiy hamkorlar investitsiyalari asosida gemodializ xizmatlarini tashkil etish, boshqarish va taʼminlash borasida uzoq muddatli davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartnomasini tuzish;
  • gemodializ markazlari uchun binolar qurish va rekonstruktsiya qilish, ularda zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan gemodializ markazlarini tashkil etish hamda eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni hisobga olgan holda xizmatlar koʻrsatishni va foydalanishni taʼminlash.

Mazkur Loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga gemodializ xizmati koʻrsatishni xalqaro standartlar darajasida yaxshilashga, aholini ushbu sifatli xizmat bilan qamrab olishni kengaytirishga, sogʻliqni saqlash sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oshirishga, shuningdek, gemodializ xizmatlarini taqdim etishga ixtisoslashgan etakchi xorijiy tashkilotlar tajribasi va bilimlarini oʻrganishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi
      Moliya vazirligi

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 08 Noyabr 2018 10:27

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 356 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!