РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

01
Noyab 2018
839 marta ko'rildi

PRESS - RELIZ

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida va davlat-xususiy hamkorligini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 1-noyabrda “PKF International Limited” va “ROLAND BERGER” xalqaro kompaniyalar vakillari bilan birgalikdagi uchrashuv o’tkazdi.

“PKF International Limited” – sifat, to’liqlikga umumiy tarafdorlik va murakkab tartibga solish sohasida aniqlik kiritish birlashtiruvchi huquqiy mustaqil firmalarning xalqaro tarmog’i hisoblanadi. “PKF International Limited” xalqaro tarmog’i 1969-yilda Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSh davlatlaridan to’rtta hamkor konsalting kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan. “PKF International Limited” yuqori sifatli auditorlik xizmatlari, buxgalteriya hisobi, soliq va biznes maslahat hizmatlarini barcha bozorlardagi xalqaro va mahalliy tashkilotlarga ko’rsatadigan 440 ta a’zo auditorlik va konsalting firmalarni o’z ichiga oladi.

 “ROLAND BERGER” – boshqaruv konsaltingi bilan shug’ullanuvchi xalqaro kompaniya bo’lib, u 1967-yil Germaniyada tashkil etilgan. “ROLAND BERGER” tarmog’i dunyoning 36 mamlakatida 50 ofisiga ega. Kompaniya jahonda xalqaro sanoat va xizmat sohasidagi kompaniyalar hamda davlat muassasalarining konsultanti hisoblanadi. 

Concrete

Uchrashuv davomida mahalliy auditorlik tashkilotlarini xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb qilish darajasini oshirish, shu jumladan auditning xalqaro standartlarini ko’llash masalalari bo’yicha auditorlik tashkilotlarini faol uslubiy qo’llab quvvatlashni tashkil qilish bo’yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Concrete

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining auditning xalqaro standartlarini belgilovchi va ushbu standartlarni qo’llashning ilg’or jahon tajribasini tarqatuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish bo’yicha faoliyatini faollashtirishning muhimligi ta’kidlandi.  

Shuningdek, “PKF International Limited” va “ROLAND BERGER” vakillari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha tajriba almashdi:

– O’zbekiston Respublikasida xalqaro standartlar asosida auditorlik faoliyatini tartibga solishning zamonaviy yondashuvlarini joriy qilish;
– “PKF International Limited”ning xizmat ko’rsatishida yangi xizmatlari;
– “PKF International Limited” tarmog’i a’zolarining rivojlanish strategiyasi va hamkorligi;
– ko’rsatiladigan xizmatlar bozorinin kengaytirish;
– PKF International Limited” va “ROLAND BERGER”ning birgalikdagi faoliyati.

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 01 Noyabr 2018 15:50

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 388 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd