РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGIDA XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI MISSIYASI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

31
Okt 2018
735 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGIDA XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI MISSIYASI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

Concrete

Joriy yilning 30-oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov Xalqaro valyuta jamg’armasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha departamenti bosh iqtisodchisi Albert Eger boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasi bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuv davomida eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilishga qaratilgan keng ko’lamli islohotlarning natijalari, 2018 yilning ikkinchi yarmida byudjetni ijro etish masalalari hamda kelgusi 2019-yil uchun daromad va xarajatlar prognoz parametrlari muhokama qilindi.

Ta’kidlandiki, XVFning dastlabki baholash natijalariga ko’ra, mamlakat makroiqtisodiy siyosati 2019 va 2020-yillarga mo’ljallangan inflyatsiya darajasining prognoziga mos keladi.

Muhokama chog’ida iqtisodiy vaziyatning rivojlanish istiqbollari, soliq islohotlari va davlat korxonalarini qayta tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro valyuta jamg’armasi missiyasi xizmatlar ko’rsatish va telekommunikatsiya kabi sohalarda samaradorlikni oshirish borasida O’zbekiston Hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni ijobiy qabul baholadi. Shu bilan birga, missiya tomonidan yangi ish o’rinlari tashkil etishda juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sektorlarining samaradorligini yanada oshirish zarurligi bildirildi.

Shuningdek, soliq tizimi, energetika sohasini isloh qilish, un va qolipli non narxlarini erkinlashtirish kabi masalalar ham muhokama qilindi. Missiya a’zolari O’zbekiston hukumati tomonidan narxlarni liberallashtirish davrida ish haqi, pensiya va boshqa ijtimoiy imtiyozlarni oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida zarur chora-tadbirlar ko’rilishi zaruriyatini qayd etdi. Ta’kidlandiki, bu davrda davlatning asosiy maqsadlaridan biri kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishdir.
 

Concrete

Uchrashuv yakunida joriy yilning 7-noyabriga qadar Toshkentda ishchi tashrif bilan bo’ladigan janob Eger XVF missiyasi rejalari bilan tanishtirdi. Xususan, mamlakatda biznesni yuritish uchun investorlar istiqbollari o’rganiladi.

Moliya vazirligi hozirgi missiya doirasida rivojlanish strategiyasining ustuvor yo’nalishlariga muvofiq makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiyotda investitsiya muhitini yaxshilashni yanada samarali asosga o’tkazish bo’yicha olib borilayotgan islohotlarni va kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni muhokama qilish maqsadida davra suhbati tashkil etishni taklif etdi.

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 01 Noyabr 2018 17:48

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 264 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!