РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

JANUBIY KOREYANING AJU UNIVERSITETI TOSHKENTDA FILIAL OCHISHNI REJALASHTIRMOQDA

30
Okt 2018
3203 marta ko'rildi

JANUBIY KOREYANING AJU UNIVERSITETI TOSHKENTDA FILIAL OCHISHNI REJALASHTIRMOQDA

Concrete

“Toshkentdagi Aju universiteti texnik bilimlar va innovatsiya markaziga aylanishiga umid qilamiz va ishonamiz”, – deya ta’kidladi Aju universiteti Xalqaro aloqalar bo’yicha vitse-prezidenti Jay Ik Lim.

Joriy yilning 29-oktyabr kuni Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov Aju universiteti (Janubiy Koreya) vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda Aju universitetining Xalqaro aloqalar bo’yicha vitse-prezidenti Jay Ik Lim, Xalqaro aloqalar bo’yicha professor Jun Xung Cho, xalqaro aloqalar bo’limi direktori Jay-Yun Xim xonim ishtirok etishdi.

Concrete

Concrete

Uchrashuv davomida Toshkentda Adju universiteti kampusi va filialini ochish masalasi muhokama qilindi. 

Ma’lum qilinishicha, tashkil etilishi kutilayotgan filialda talabalar arxitektura, elektron muhandislik, muhandislik tizimlarini qurish kabi yo’nalishlarda taxsil olish imkoniga ega bo’lishadi. 

Lim janoblarining aytishicha, talabalarni qabul qilish 2019-yilning kuzida boshlanishi kutilmoqda va qabul kvotasi 420 talabaga mo’ljallangan. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, 2020-yil sentyabr oyidan o’quv dasturiga koreys tilini kiritish ko’rib chiqilmoqda.

O’z navbatida, Moliya vazirligi ushbu loyihani amalga oshirishga kompleks yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, O’zbekiston hukumati talabalar uchun grant dasturlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Tomonlar, shuningdek, O’zbekiston ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha o’zaro hamkorlikning boshqa masalalarini ham muhokama etdilar.

Ma’lumot uchun: Aju universiteti (Ajou University) 1973 yilda tashkil etilgan va dunyoning etakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri sifatida tan olingan. Universitetda 14 mingdan ortiq talaba taxsil oladi. Universitet o’zining innovatsion xalqaro dasturlari va xorijlik talabalarni keng qo’llab-quvvatlashi uchun e’tirof etilgan.

Aju universiteti texnika, tibbiyot va axborot texnologiyalari sohalariga chuqur ixtisoslashgan bo’lib, dunyoning 58 mamlakatining 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamkorlik qiladi.

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 30 Oktyabr 2018 15:18

2 izohlar

  • Bexruz
    Bexruz Comment Link 7 Oktyabr, 2019 10:22 pm

    Salom qachondan xujjat qabul qiladi va tulov kantrakt summasini bilmoqchidm

    Report
  • Yulduz
    Yulduz Comment Link 5 Sentyabr, 2019 5:07 pm

    Qanday hujjatla topshiriladi

    Report

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 406 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd