Print this page
22
Okt 2018
994 marta ko'rildi

BYUDJET-SOLIQ OCHIQLIGINI BAHOLASH BO’YICHA XVJ MISSIYASI BILAN UCHRASHUV

Concrete

22 oktyabr kuni Moliya vazirligida Xalqaro Valyuta Jamg’armasi (XVJ) missiyasi bilan davlat moliyaviy statistikasini yuritish (GFS) va byudjet-soliq ochiqligini baholash (FT) bo’yicha A.Sayedj xonim boshchiligida uchrashuv o’tkazildi. Missiya joriy yilning 2 noyabriga qadar bo’lib turadi.

Joriy yilning iyun oyida XVJ tomonidan byudjet-soliq ochiqligi, davlat moliyaviy statistikasining sifatli tuzilishi va davlat sektorida ochiq ma’lumotlar ishonchliligini baholash o’tkazildi. XVJ ning oldindan baholash natijalariga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida byudjet-soliq ochiqligini ta’minlash tajribasi XVJ byudjet-soliq sohasida ochiqlikni ta’minlash tajribasi bo’yicha Kodeks printsiplarining 36 ta bazaviy standartlar yoki yanada yuqori standartlarning faqat 16 tasiga javob berishi aniqlandi. Shu munosabat bilan, xalqaro valyuta jamg’armasi talablariga muvofiq, davlat moliyaviy statistikasini tayyorlash sifatini oshirish bo’yicha kompleks chora-tadbilar o’tkazish zarur.

Concrete

Missiya doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirligi javobgar xodimlari bilan bir qator uchrashuvlar o’tkazish, shuningdek davlat moliyaviy statistikasini va fiskal hisobotni tayyorlash masasalari bo’yicha amaliy seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Concrete

Rejalashtirilgan uchrashuvlar davomida fiskal ochiqlikni baholash bo’yicha missiya tashrifining oxirgi sanasidan boshlab davlat moliyaviy statistikasi hisobotini tayyorlashdagi yuksalish va tashabbuslarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Moliya Vazirligi
Axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 22 Oktyabr 2018 15:01
Our website is protected by DMC Firewall!