РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMI INSON RESURSLARINI RIVOJLANTIRISH - HRD TIZIMIGA O’TISHGA TAYYORGARLIK KO’RMOQDA

17
Okt 2018
646 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI TIZIMI INSON RESURSLARINI RIVOJLANTIRISH - HRD TIZIMIGA O’TISHGA TAYYORGARLIK KO’RMOQDA

Joriy yilning 17 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida vazirlikning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi uchun Ernst & Young – maslahat xizmatlari” ma’suliyati cheklangan jamiyat vakillari tomonidan inson resurslarini rivojlantirish – Human Resources Development – HRD tizimi mavzusida taqdimot tashkil etildi.

Tadbirda HRD tizimining jahonda rivojlanish tajribasi va muvafaqiyat bilan joriy etilgan sohalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, uning ijobiy va salbiy jihatlari to’g’risida nufuzli tashkilotdan ishonchli bo’lgan ma’lumotlar taqdim etilganligi tadbir tashkilotchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

Tadbir yakunida xodimlarni boshqarish tizimiga HRD uslublari va mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, jumladan hududiy moliya, g’aznachilik va pensiya idorlari xodimlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassislarini bu sohaga o’qitish va boshqa masalalarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalar to’g’risida fikr almashildi. 

Maqsad va vazifalarni aniqlashtirish va amalga oshirilgan ijobiy tajribalardan samarali foydalanish maqsadida mazkur yo’nalish bo’yicha vazirlik kelgusida yuqoridagi kabi kompaniyalar bilan ham qo’shimcha uchrashuvlar o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Uchrashuvda Ernst & Young hamkori Olmaota shahrida joylashgan “Ernst & Young – maslahat xizmatlari” ma’suliyati cheklangan jamiyati rahbari Pulatov Timur, tashkilot hamkori Ruta Makarevichiute va Bobur Nigmatjonovlar ishtirok etdi. 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 18 Oktyabr 2018 10:20

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Yanvar 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31    

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 493 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd