РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTIDA “ZAMONAVIY SOLIQ ISLOHOTI” MAVZUSIDA TAQDIMOT HAMDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

17
Okt 2018
1094 marta ko'rildi

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTIDA “ZAMONAVIY SOLIQ ISLOHOTI” MAVZUSIDA TAQDIMOT HAMDA OCHIQ MULOQOT BO’LIB O’TDI

Concrete

Joriy yilning 17 oktyabr kuni Toshkent Moliya institutida “Zamonaviy soliq islohoti” mavzusidagi taqdimot hamda ochiq muloqot o’tkazildi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki tomonidan tashkil etildi. Unda Sidney universiteti faxriy professori Li Berns ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning 2018 yil 29 iyundagi “O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi to’g’risida”gi Farmoni mamlakatimiz soliq siyosatida yangi sahifa ochdi. Unda soliqqa tortish tizimini tubdan isloh etish, shu jumladan, soliqlar va majburiy to’lovlarni qisqartirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish ko’zda tutilgan. Qulay raqobat muhitini yaratish, soliq qonunchiligi barqarorligi va soddalashtirilishini ta’minlash, soliq yukini kamaytirish, respublikamizning investitsion jozibadorligini oshirish hamda soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish kontseptsiyaning asosiy maqsadlari deb e’lon qilindi.

Sidney universiteti faxriy professori Li Berns xalqaro va qiyosiy soliq qonunchiligi va siyosati yo’nalishlarida faoliyat olib boradi. U qariyb 25 yildan buyon Jahon Banki va boshka halkaro institutlarning texnik yordam dasturlari doirasida Afrika, Osiyo, Yaqin Sharq va Tinch okeani mintaqasida joylashgan 40 dan ortiq mamlakatlarda daromad solig’i, QQS, aktsiz, bojxona to’lovlari, mol-mulk solig’i va soliq ma’muriyatchiligi bo’yicha huquqiy hujjatlar ishlab chiqishda faol qatnashgan.

Concrete

Li Berns soliqqa oid ko’plab hujjat va maqolalarga mualliflik qilgan hamda Avstraliya G’aznachiligi va Avstraliya Soliqqa tortish kengashiga mamlakatning xalqaro soliq qoidalarini isloh qilish bo’yicha maslahat bergan.

Mazkur tadbir institut talabalari, ilmiy tadqiqotchilar va professor-o’qituvchilarni mamlakatda olib borilayotgan soliq tizimini isloh qilish jarayonlari bilan tanishtirish bilan bir qatorda, ularning fikr mulohazalari bilan o’rtoqlashish va o’zaro ma’lumotlar almashish maqsadiga erishildi.

Concrete

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati


 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 17 Oktyabr 2018 18:17

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 475 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!