РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI XODIMLARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARI SOHASIDAGI MALAKASINI OSHIRISH

17
Okt 2018
545 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI XODIMLARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARI SOHASIDAGI MALAKASINI OSHIRISH

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida professional kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish uchun IT-texnologiyalarni jadal rivojlantirishni hisobga olgan holda, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining 9 nafar xodimlarini xorijiy davlatlarning yetakchi ta'lim muassasalarida ta’lim olishini tashkil qildi.

Ulardan 7 nafar xodimlari Hindistonning Texnik-iqtisodiy hamkorlik (ITEC) dasturi bo’yicha yuqori texnologiyalarni rivojlantirish institutida (Noida sh.), hamda 2 nafari-Koreya Xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) yetakchi mutaxassislari uchun AKT siyosatini ishlab chiqish dasturi bo'yicha o’qishni tamomladilar.

Tadqiqotning asosiy yo'nalishlari davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektori sohasidagi innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyotni joriy etish, shu jumladan, ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, shuningdek elektron tijoratni rivojlantirishdan iborat bo'ldi.

Hozirgi vaqtda bizning xodimlarimiz Moliya vazirligi tizimidagi o'zgarishlar va innovatsiyalarni joriy etishda Koreya va Hindistonda olgan bilim va ko'nikmalarini amaliyotda qo'llaydilar. Bundan tashqari, xodimlar o'zlarining hamkasblari bilan tajriba almashishadi, bu esa ish oqimining samaradorligini oshiradi. Ushbu jarayon foydali va samarador bo'lib, korxonaning AKTsini yanada rivojlantirishda muammolar yechimining innovatsion yondashuvi jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi omildir.

Albatta, xodimlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish- bu maqsadlarga erishishda eng katta motivatsia.

Joriy yilning oxirigacha Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining 7 nafar xodimlarini qayta tayyorlov o’qishlariga yuborilishi rejalashtirilgan.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 17 Oktyabr 2018 11:38

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 534 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd