РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

16
Okt 2018
859 marta ko'rildi

PRESS-RELIZ

Concrete

Joriy yilning 15 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) va KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasida suv va issiqlik ta’minoti sohasida tariflarni tartibga solish tizimlari — islohotlar uchun imkoniyatlar” mavzusida seminar o’tkaziladi.

Tadbirda Evropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari, KPMG xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari, O’zbekistondagi mutasaddi vazirlik va tashkilotlari vakillari qatnashdi.

Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo’yicha boshqaruvi direktori Natalya Xanjenkova ishtirok etdi. Shuningdek, ETTBning maslahatchi Imad Faxuri davlat-xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish bo’yicha taqdimot bilan qatnashdi.

Davra suhbatida “Uy-joy kommunal xo’jaligida yangi tariflarni tartibga solishning asosiy printsiplari. Qozog’iston Respublikasi tajribasi” taqdimot o’tkazildi. Unda ma’lum qilinishicha, Qozog’iston Hukumati 2013 yilda ETTBga tarif siyosatini isloh qilish, shuningdek, tabiiy monopoliya ob’ektlari uchun Qozog’iston Respublikasining qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha texnik yordam ko’rsatishni so’rab murojaat qiladi.
 

Concrete

2015 yilda Qozog’iston Respublikasi “Tariflarni tartibga solish tizimini isloh qilish” loyihasining birinchi bosqichi yakunlandi, uning doirasida tahlil qilish va tariflarni tartibga solish tizimini isloh qilish bo’yicha tavsiyalar tayyorlandi.

2016 yilda “Qozog’iston Respublikasi Tariflarni tartibga solish tizimini isloh qilish” loyihasining ikkinchi bosqichi boshlandi, uning maqsadi 1 bosqichda keltirilgan tavsiyalarni bajarishga qaratilgan.

Unga ko’ra, uy-joy kommunal xo’jaligida yangi rag’batlantiruvchi tarif metodologiyasini ishlab chiqish, yangi tarif metodologiyasini rasmiylashtirish uchun Qozog’iston Respublikasi qonun hujjatlariga zarur o’zgartirishlarni kiritish, korxonalarda yangi tarif metodologiyasini sinovdan o’tkazish kabi vazifalar ko’zda tutilgan.

Davra suhbatida yana bir taqdimot — “Kam ta’minlangan oilalarga (fuqarolarga) uy-joy kommunal xo’jaligiga haq to’lashda ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini modernizatsiya qilish. Qozog’iston Respublikasi tajribasi” mavzusida bo’ldi.

Concrete

Tadqiqotda Uy-joy-kommunal xizmatlarning tariflarini aholi uchun qulay narxlarda saqlab turilishining samaralari haqida ma’lumot berildi.

Unga o’kra, Qozog’istonda Uy-joy kommunal xizmatlari uchun imtiyozlardan (maxsus davlat imtiyozlari doirasida) monetizatsiya qilingandan so’ng 2008-2015 yillarda uy-joy fondidan yordam oluvchilar soni 2 barobardan ko’proq kamayib,  99 mingta oilani tashkil etgan. 

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 16 Oktyabr 2018 16:36

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 538 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd