РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT HISOBLASH MARKAZI TOMONIDAN 2018 YILNING 15 AVGUSTIDAN HUDUDLARGA CHIQQAN HOLDA SEMINARLAR O‘TKAZILADI

14
Avg 2018
784 marta ko'rildi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI AXBOROT HISOBLASH MARKAZI TOMONIDAN 2018 YILNING 15 AVGUSTIDAN HUDUDLARGA CHIQQAN HOLDA SEMINARLAR O‘TKAZILADI

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan “UzASBO” dasturiy majmuasida byudjet tashkiloti hisobchilari tomonidan berilgan ba’zi munozarali savollarga aniqliklar kiritish hamda muammoli savollarga o‘z vaqtida javoblar berish va tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi tomonidan 2018 yilning 15 avgustidan hududlarga chiqqan holda seminarlar o‘tkaziladi. Seminarlarda quyidagi masalalarga asosiy e’tibor qaratiladi:

  • O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiqib elektron davlat xaridlarini amalga oshirishda “UzASBO” DMdan foydalanish;
     
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni talablari asosida ish haqi tabellari, mehnat ta’tili buyruqlari va boshqa hujjatlarni dasturiy majmuada tuzishda e’tibor qaratiladigan jihatlar;
     
  • “UzASBO” DMda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati bilan qamrab olingan muassasalarda tashkilot ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tovar (ish, xizmat)lar uchun elektron talabnomalarni jo‘natish va ularni qabul qilish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi xizmatdan foydalanish;
     
  • 2019 yil 1 yanvardan amalga kiritilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (2-sonli BHS) “Yagona schyotlar rejasi” bo‘yicha ma’lumotlar berish va hok.

Shuningdek, byudjet tashkilotlarining dasturiy majmuani takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalari ham ko‘rib chiqiladi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 14 Avgust 2018 11:23

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 340 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!