РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“INSON KAPITALI – IQTISODIY RIVOJLANISHNING JADAL SAMARALI OMILI SIFATIDA” MAVZUSIDAGI “DAVRA SUHBATINING” PRESS-RELIZI

09
Avg 2018
2377 marta ko'rildi

“INSON KAPITALI – IQTISODIY RIVOJLANISHNING JADAL SAMARALI OMILI SIFATIDA” MAVZUSIDAGI “DAVRA SUHBATINING” PRESS-RELIZI

Concrete

2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar Strategiyasini amalga oshirishda, inson kapitalini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirishda, mamlakat aholisining yanada yaxshi sharoitlarini yaratishda, hamda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

2018 yilning 9 avgust kuni Moliya vazirligida “Inson kapitali – iqtisodiy rivojlanishning jadal samarali omili sifatida” mavzusining taqdimoti va muhokamasi Jahon Banki, Osiyo taraqqiyot banki, BMT rivojlanish Dasturi, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Taraqqiyot strategiyasi markazining, hamda mustaqil ekspertlar va jamoatchilik vakillari bilan ochiq munozara shaklida bo’lib o’tdi. 

O’zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishning hissasi, uning roli va ahamiyati bo’yicha Djordj Vashington Universitetining xalqaro biznes va xalqaro munosabatlar professori va rivojlanish masalalari bo’yicha Muloqot boshqaruv direktori, Denni Leyptsiger janoblari kirish so’zi bilan chiqdi.

Dunyoning 50 ta eng ilg’or yosh iqtisodchisi qatoriga kirgan, Vestminster Xalqaro universitetining o’qituvchisi – Rauf Salaxodjaev o’z ma’ruzalari bilan taqdimot qildi.  

Oxirgi o’n yillik ichida, iqtisodiy rivojlanish sohasidagi empirik va nazariy ishlar shuni  ko’rsatadiki, iqtisodiy o’sishning eng muhim omillaridan biri inson kapitali hisoblanadi. Misol tariqasida, Siddiqui and Rehman (2017y) ishlarida Janubiy Osiyoda inson kapitali ko’rsatkichining 1%ga o’sishi, ushbu mamlakat iqtisodiyotining 0,13%ga o’sishiga olib kelishi ko’rsatilgan. Xuddi shunday ijobiy samarali xulosalar Afrikaning janubi-sharqiy qismi, Lotin Amerikasi va Evropa mamlakatlari bo’yicha ham berildi.  

Xalqaro tajriba va xulosalardan foydalangan holda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qay yo’sinda olib kelishi xanuzgacha dolzarb masala bo’lib kelmoqda. 

Tadbir davomida inson kapitalining o’lchovi va O’zbekiston uchun dolzarblik masalalari, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri va xulosalari, uy xo’jaliklari va jismoniy shaxslarning mikro darajadagi harakatlarida inson va ijtimoiy kapitalning ahamiyati, uning milliy iqtisodiyotdagi o’sishiga zarur sharoitlarni yaratish va istiqbolli davlat dasturlari bo’yicha xalqaro tajribani o’rganish masalalari muhokama qilindi.
 

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 09 Avgust 2018 17:04

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 582 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd