РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA BOSH VAZIR O’RINBOSARI - MOLIYA VAZIRI JAMSHID QO’CHQOROVNING YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI PREZIDENTI SUMA CHAKRABARTI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

03
Avg 2018
743 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA BOSH VAZIR O’RINBOSARI - MOLIYA VAZIRI JAMSHID QO’CHQOROVNING YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI PREZIDENTI SUMA CHAKRABARTI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

Concrete

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi - B.Nurmurodov, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari - N.Sharipov, hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

"Men, mamlakatingizda tez sur’atlarda yuz berayotgan, samarali o’zgarishlarni, sarmoyadorlar bilan uchrashganimda har doim misol tariqasida keltiraman. Ayniqsa, mamlakatingizni “Doing Business” reytingida 13 pog’onaga ko’tarilishi, sizning to'g'ri strategiyani qo’llayotganingizning yorqin misolidir. Men 16 oy oldin, kelishuvlarimizning amalga oshirilish ishonchi bilan O'zbekistondan ilk marotaba ketdim. Bugun esa buning guvohi bo’lib turibman. Biz O'zbekistonning deyarli barcha sohalaridagi o'zgarishlarda mamlakat sa'y-harakatlarini qadrlaymiz. Ular bizni ilhomlantirib, siz bilan uzoq muddatli va o'zaro manfaatli hamkorlikni rejalashtirishimizga yo’l ochmoqda", - deb tomonlar hamkorligini davom ettirishga tayyor ekanligini janob Suma Chakrabarti bildirdi.

Mazkur uchrashuv chog’ida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o’rtasida kapital bozorini rivojlantirish va milliy valyutada moliyalashtirish borasida hamkorlik qilish bo’yicha memorandum imzolandi.

Concrete

Concrete

Memorandumning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- O'zbekiston bank-moliya tizimini mustahkamlash;
- Respublikada kapital bozorni rivojlantirish;
- Moliyaviy takomillashtirish va qarz oluvchilar uchun moliyalashtirish manbalarini kengaytirish va diversifikatsiya qilish. Xususan, chekka hududlarda (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun) milliy valyutada moliyalashtirishni kengaytirish.

Ma'lumot uchun: ETTB 2016 yilda kichik va o'rta korxonalarni (KO'K) milliy valyutada moliyalashtirish dasturini tashkil etdi. Dastur a'zo davlatlarga islohotlarni amalga oshirishda va mahalliy kapital bozorlarini rivojlantirishda, milliy valyutada kichik va o'rta korxonalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishda, shuningdek, milliy valyutadagi moliyalashtirish manbalariga erishishda yordam berishdan iborat.

Tomonlar shuningdek oilaviy tadbirkorlik, demografik dividendlar, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, energetika va boshqa sohalarda birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar istiqboli bo’yicha ham muzokaralar olib bordilar.

Concrete

Concrete

Moliya vazirligi
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 06 Avgust 2018 09:23

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 349 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd