РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA BOSH VAZIR O’RINBOSARI, MOLIYA VAZIRI – JAMSHID QO’CHQOROVNING “ANADOLU GRUP” XOLDINGI RAISI TUNDJAY OZILXAN BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA A’ZOLARI BILAN UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

30
Iyul 2018
508 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA BOSH VAZIR O’RINBOSARI, MOLIYA VAZIRI – JAMSHID QO’CHQOROVNING “ANADOLU GRUP” XOLDINGI RAISI TUNDJAY OZILXAN BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA A’ZOLARI BILAN UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

Concrete

 

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligi vaziri – Bahodir Yusupov va “O’zbekoziqovqatxolding” AJ raisi – Toxirjon Jalilov ishtirok etishdi. 

“Biz O’zbekistonda bo’lib o’tayotgan yangiliklarni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Investorlar bilan yangicha hamkorlik strategiyasini tuzish, investitsion muhit uchun qulay sharoit yaratish, valyuta bozorining liberalizatsiya qilinishi, ochiq iqtisodiyot – bularning barchasi biz uchun juda katta ahamiyatga ega. Biz turli yo’nalishlardagi loyihalarni amalga oshirishga hamda uzoq muddatli va o’zaro manfaatli hamkorlikka intilmoqdamiz”. Uchrashuv davomida bu haqda Tundjay Ozilxan janoblari aytib o’tdilar.

Uchrashuv davomida O’zbekiston va Turkiya mamlakatlari o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatning yangi bosqichga o’tganliklari va bunday tempning ikki mamlakat rahbarlarining o’zaro tashriflari tomonidan berilishi ta’kidlab o’tildi.

Mehmonlar tomonidan O’zbekistonning turkiya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorligini kengaytirish va mustahkamlash hatti-harakatlarini qadrlashlari ta’kidlab o’tildi. 

“Anadolu Grup” raisi – Tundjay Ozilxan turli xildagi qo’shma loyihalarni amalga oshirishga, ilg’or malaka va yangicha texnologiyalarni ustuvor modernizatsiya dasturlarini amalga oshirishga, sanoat va infratuzilmani texnik va texnologik qayta qurollantirishga jalb etishga tayyorligini aytib o’tdi.

Tomonlar ikki davlatning qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash, tekstil sanoati, zamonaviy qurilish mollarini ishlab chiqarish kabi yo’nalishlarda hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha dastlabki kelishuvga erishdilar

Yaqin kunlarda investitsiya yo’nalishlarini belgilash bo’yicha ishchi guruhini tuzish rejalashtirilmoqda. 
 

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Moliya vazirligi
Axborot xizmati


 

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 02 Avgust 2018 14:35

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 577 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!