РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA BOSH VAZIR O'RINBOSARI, MOLIYA VAZIRI - JAMSHID QO'CHQOROVNING, JORIY YIL 17-IYULIDA TASHRIF BUYURGAN XALQARO VALYUTA JAMG'ARMASINING A.EGER BOSHCHILIGIDAGI VAKILLARI BILAN YAKUNIY UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

30
Iyul 2018
538 marta ko'rildi

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGIDA BOSH VAZIR O'RINBOSARI, MOLIYA VAZIRI - JAMSHID QO'CHQOROVNING, JORIY YIL 17-IYULIDA TASHRIF BUYURGAN XALQARO VALYUTA JAMG'ARMASINING A.EGER BOSHCHILIGIDAGI VAKILLARI BILAN YAKUNIY UCHRASHUVI BO'LIB O'TDI

Concrete

Tomonlar O'zbekiston iqtisodiyotining yanada rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan masalalarga asosiy e'tiborni ajratdilar. 

Janob A.Eger tomonidan valyuta bozori va savdoning erkinlashtiruvi, hamda O'zbekistonning chegaralarini ochilishi, 2018 yilning birinchi yarmida eksport va importning prognoz ko'rsatkichlarini sezilarli darajada oshishiga olib kelgani ta'kidlandi.

Iste'mol narxlari indeksining (INI) 2017 yil birinchi yarmi bilan taqqoslaganda, 2018 yil yanvar-iyun oylarida inflyatsiya darajasi bir foiz punkti - 6¼ foizgacha sekinlashib, inflyatsiya INI bo'yicha yillik hisob bo'yicha yanvar oyidan boshlab asta-sekinlik bilan maksimal 20½ foiz darajasidan iyun oyiga qadar 18½ foizga kamaydi. 

Soliq islohoti hukumatning eng muhim iqtisodiy loyihasi hisoblanib, u avvalo yanada yuqori sifatli ish o'rinlarini yaratish uchun zarur bo'lishi alohida ta'kidlandi.

A.Eger, tasdiqlangan islohotlar oqilona soliq tizimiga juda muhim va qat'iy qadam bo'lishini ishonch bilan aytdi. Islohot soliq tizimining soliq bazasini kengaytirish va soliq stavkalarini pasaytirish orqali samaradorligini oshiradi. O'zbekistonda ish o'rinlarini tashkil etish uchun mavjud ehtiyojlarni inobatga olgan holda  xususiy sektorda bandlikni legallashtirish va oylik maoshlarini to'langanligi to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etilishiga stimul yaratadi.

Shu bilan birga, tomonlar yangi Soliq kodeksini ishlab chiqish, kelajak uchun jiddiy vazifa ekanini ta'kidladilar. Kelgusi bir necha oy ichida soliq to'lovchilarga tushunarli bo'lgan, va uning tuzilishjarayonida ochiq muhokamalar o'tkazish kerak bo'lgan zamonaviy Soliq kodeksining loyihasini ishlab chiqish kerak bo'ladi.

Shuningdek, 2019 yil byudjetining tuzilishi doirasida hukumat 2019-2021 yillar davrida parlamentga uch yillik byudjet parametrlarini taqdim etadi.

Umuman olganda, Missiya, mavjud makroiqtisodiy prognozlar asosida hukumat tomonidan ishlab chiqilgan parametrlarning yillik byudjet tanqisligini 2019-2021 yillarda YaIMning 2 foiz darajasida saqlashga qaratilganligiga va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan fiskal siyosatning maqsadlariga mos keladi.

Concrete

Concrete

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 30 Iyul 2018 11:53

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd