РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 2018 YILGI SOLIQ-BYUDJET SIYOSATIDAGI O’ZGARISHLAR VA ASOSIY YANGILIKLAR” MAVZUSIDA SAYYOR O’QUV KURSLARI O’TKAZILGANLIGI TO’G’RISIDA

18
Iyun 2018
738 marta ko'rildi

“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 2018 YILGI SOLIQ-BYUDJET SIYOSATIDAGI O’ZGARISHLAR VA ASOSIY YANGILIKLAR” MAVZUSIDA SAYYOR O’QUV KURSLARI O’TKAZILGANLIGI TO’G’RISIDA

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo’linmalari xodimlari uchun “O’zbekiston Respublikasi 2018 yilgi soliq-byudjet siyosatidagi o’zgarishlar va asosiy yangiliklar” mavzusida sayyor o’quv kurslari tashkil etildi.

Mazkur o’quv kurslarida 2018 yilda O’zbekiston Respublikasi byudjet siyosatini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar, davlat byudjeti parametrlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy byudjetlar mablag’larini boshqarishdagi mustaqilligini oshirish, davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishi - ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda axoli turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida umumiy tushunchalar berildi.

Respublikamizda soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq yukini pasaytirish bo’yicha 2018 yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan o’zgarishlar va yangiliklar hamda O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi  №O’RQ 454-son Qonunining mazmun mohiyati yoritib berildi.

Shuningdek, o’quv kurslarida davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishda olib boriladigan islohotlarning asosiy yo’nalishlari, o’rta muddatli byudjetlashtirishning o’ziga xos jihatlari, byudjetning ochiqligi va shaffofligi darajasini ta’minlash masalalari va bunda xalq faolligini yanada oshirish, fuqarolar uchun byudjet, uni yaratish va joriy etish bo’yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to’g’risida ma’lumotlar berildi.

Sayyor o’quv kurslarida ishtirok etgan byudjet tashkilotlarining jami 5500 dan ortiq moliya-hisob bo’linmalari xodimlari byudjet jarayonini ochiqligi va shaffofligi darajasini oshirish, davlat moliyasini boshqarish sohasida soliq-byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari, soliq yukini kamaytirilishi, soliq tizimini soddalashtirish, mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini mustahkamlash hamda byudjetga tushumlarni to’liqligini ta’minlash bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan ishtirok etib, kerakli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.     

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 18 Iyun 2018 12:33

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 833 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!