РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2018 YIL 28 FEVRALDAGI “QISHLOQ XO’JALIGIDA BOZOR MEXANIZMLARINI KENG JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA”GI 149-SONLI QARORI IJROSINI TA’MINLASH YUZASIDAN MA’LUMOT

18
Iyun 2018
751 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2018 YIL 28 FEVRALDAGI “QISHLOQ XO’JALIGIDA BOZOR MEXANIZMLARINI KENG JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA”GI 149-SONLI QARORI IJROSINI TA’MINLASH YUZASIDAN MA’LUMOT

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi “Qishloq xo’jaligida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 149-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan nazorat ishlari yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

I. Moliya vazirligi tomonidan bugungi kunda davlat ehtiyojlariga paxta xom-ashyosini etishtirishni moliyalashtirish uchun 3,6 trln.so’m va g’alla hosilini etishtirishni moliyalashtirish uchun 1,2 trln.so’m, jami 4,8 trln.so’m miqdorida imtiyozli kredit resurslarini “Agrobank” depozitiga joylashtirildi.

Shuningdek, Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvatlash jamg’armasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan mablag’lar taqchilligining oldini olish uchun 400 mlrd.so’m foizsiz byudjet ssudasi ajratildi.

Ushbu mablag’lar hisobidan fermerlar tomonidan paxta xom-ashyosi uchun 3,2 trln.so’m, boshoqli don uchun 1,1 trln.so’m sarflanib, fermer xo’jaliklarining hisob raqamlarida paxta xom-ashyosi etishtirish uchun 383 mlrd.so’m va boshoqli don uchun 101 mlrd.so’m mablag’lar mavjud.

II. Davlat ehtiyojlari uchun paxta va boshoqli don etishtiruvchi fermer xo’jaliklarining xarajatlarini kamaytirish, etishtirilgan hosildan olinadigan daromadlarini ko’paytirish bo’yicha quyidagi tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:

1. Jamg’armaning 150 mlrd.so’m resurs mablag’lari yillik 5 foiz stavka bilan “Agrobank” depozitiga joylashtirilib, davlat xaridlari hajmidan ortiqcha boshoqli don etishtiruvchi fermer xo’jaliklariga 77 mlrd. so’m kreditlar ajratildi.

2. Agrobankka joylashtirilgan Jamg’arma resurslari uchun foiz to’lovi miqdorini 1 foizdan 0,5 foizgacha kamaytirish evaziga Agrobank tomonidan fermerlarga g’alla uchun ajratilgan kreditlar foizi 22 foizdan 14 foizgacha kamaytirildi.

Shuningdek, fermer xo’jaliklariga ko’rsatilayotgan bank xizmati uchun “oylik abonent” va kreditlarni rasmiylashtirishda olinadigan xizmat haqi to’lovlari bekor qilindi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida 116 mlrd.so’m fermerlarning ixtiyorida qo’shimcha ravishda qoladigan bo’ldi. 

3. Fermer xo’jaliklariga 2018 yil paxta va g’alla hosili uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar hisobidan ta’minotchi korxonalar tomonidan eski yillardagi qarzdorliklari uchun ushlab qolingan 147 mlrd.so’m fermer xo’jaliklari foydasiga to’liq qayta tiklandi.

4. Fermer xo’jaliklariga qulaylik yaratish maqsadida to’lovlarni masofadan aloqa vositalari orqali onlayn tarzida ”Agrobank mobayl biznes” mobil ilovasi orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi maxsus dasturi ishlab chiqilib, joriy etildi. Hozirgi kunda qariyb 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari banklarga kelmasdan, ushbu mobil dastur orqali to’lovlarni amalga oshirmoqda.

III. Ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanishda maqsadsiz xarajatlarga hamda ta’minotchi korxonalar tomonidan oldindan to’lab berilgan mablag’lar uchun moddiy texnika resurslarini etkazib berishda sustkashlikka yo’l qo’yilmoqda.

1. Oldingi yillarda mablag’lar taqchilligi sababli fermer xo’jaliklarining kreditorlik qarzlari doimiy ravishda o’sib borgan bo’lsa, moliyalashtirishning yangi mexanizmi joriy etilgandan keyin aksincha, xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarning fermerlar oldidagi qarzining o’sib borishi kuzatilmoqda.

Jumladan, “O’zagrokimyohimoya” AJ hududiy bo’linmalarining fermerlar oldidagi qarzlari joriy yilning 1 martidagi 336 mlrd.so’mdan, 1 may holatiga 587 mlrd.so’mgacha ko’paydi. Shu davrda “O’zneftmahsulot” AJ filiallarining fermerlar oldidagi qarzlari esa 190 mlrd.so’mga ko’payib, 337 mlrd.so’mni tashkil etdi.

2. Shu bilan birga, “O’zagrokimyohimoya”ning quyi filiallarida mineral o’g’itlarni asossiz hisobdan chiqarish va o’zlashtirish holatlariga yo’l qo’yilmoqda.

Misol uchun, Andijon viloyati Bo’z tumani filialida er ijara shartnomalari bekor qilinib, erlari zahiraga olingan 8 ta fermer xo’jaliklariga 185 mln.so’mlik 941 tonna mineral o’g’itlar chiqim hujjatlarini soxtalashtirish yo’li bilan xarajatga chiqarilgan (materiallar prokuraturaga berildi).

Xorazm viloyatida 149 ta fermerlarga 770 mln.so’mlik mineral o’g’itlar hech qanday hujjatlar rasmiylashtirilmasdan berilgan bo’lsa, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida oldindan to’lovsiz berib yuborish holatlari aniqlandi.

3. Qashqadaryo viloyatida 120 ta fermer xo’jaliklariga 253 tonna mineral o’g’itlarni 15 mln.so’m qimmat narxda, Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida 29 ta fermer xo’jaliklariga 11 tonna karbomid o’g’iti 1 tonnasini 1130 ming so’m o’rniga 1462 ming so’mdan yoki 332 ming so’m qimmat narxlarda sotilgan.

4. Tuman hokimlari tomonidan tasdiqlangan ekinlarni joylashtirish rejasi (razmeheniya)ga o’zgartirishlar kiritilishi va er ijara shartnomasi bekor qilish davom etayotganligi sababli fermer xo’jaliklariga shartnoma bekor qilingan kungacha boshoqli don uchun ajratilgan 54 mlrd.so’m imtiyozli kredit mablag’lari qaytmasdan qolgan. 

Nazorat tadbirlari davomida 35 mlrd.so’mlik imtiyozli kreditlar yangi er egalari bo’lgan fermer xo’jaliklariga qayta rasmiylashtirildi hamda qolgan 19 mlrd.so’m imtiyozli kreditlarni qayta rasmiylashtirish va mablag’larni qaytarish bo’yicha ishlar davom etmoqda.

Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi.
 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 18 Iyun 2018 12:28

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 458 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd