РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

PENSIYA JAMG‘ARMASI DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TIZIMINI ISLOH ETISH KONSEPSIYASI DOIRASIDA ISHLOVCHI PENSIONERLARGA TO‘LIQ MIQDORDA PENSIYA TO‘LASHNI TAKLIF ETMOQDA

12
Iyun 2018
736 marta ko'rildi

PENSIYA JAMG‘ARMASI DAVLAT PENSIYA TA’MINOTI TIZIMINI ISLOH ETISH KONSEPSIYASI DOIRASIDA ISHLOVCHI PENSIONERLARGA TO‘LIQ MIQDORDA PENSIYA TO‘LASHNI TAKLIF ETMOQDA

2018 yil 1 may holatiga O‘zbekiston Respublikasida 3,3 mln. nafardan ortiq pensiya va nafaqa oluvchilar mavjud bo‘lib, shundan 103,1 ming nafar (yoki 3,2%) fuqarolar pensiyaga chiqqandan so‘ng ish faoliyatlarini davom ettirishmoqda.

Amaldagi qonunchilik talablariga asosan, pensionerlar ishga joylashgan taqdirda ularga pensiyalar 50% miqdorida ish joyidan amalga oshiriladi (ayrim toifadagi pensionerlardan tashqari). Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda ushbu tartib jahon amaliyotida boshqa davlatlarda mavjud emas.

2017-2018 yillarda hududlarda o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlar hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlovchi pensionerlarga 50% miqdorda pensiya to‘lash tartibi ularni pensiyaga chiqqandan so‘ng norasmiy ravishda ish faoliyatini davom ettirishlariga sabab bo‘lmoqda.

Pensiya to‘lovlarini belgilangan tartibda amalga oshirilishi yuzasidan Davlat moliyaviy nazorat boshqarmalari hamda boshqa nazorat organlar tomonidan o‘tkazilayotgan tekshirishlarda ko‘plab ish beruvchilar va pensionerlar tomonidan ishlayotganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasiga ma’lum qilmaganligi oqibatida to‘liq miqdorda pensiya olishi bilan bog‘liq ortiqcha to‘lovlar aniqlanmoqda.

O‘z navbatida, ushbu yo‘nalishda o‘tgan yil davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017 yil 1 aprel holatiga 4 ta toifadagi pensionerlar (I-II guruh nogironlari, urush qatnashchilari, mahalla raislari va ularning diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari) to‘liq miqdorda pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlariga asosan bugungi kunda 31 ta toifadagi pensionerlar (“Xalq” va “Xizmat ko‘rsatgan” faxriy unvonlariga ega pensionerlar, tibbiyot muassasalari shifokorlari, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Oila” markazi, Majburiy ijro byurosi va nodavlat-notijorat korxonalari xodimlari, sport faxriylari va boshqalar)ga to‘liq miqdorda pensiya olish imtiyozlari berilib, 26,7 ming nafar (yoki 26%) ishlovchi pensionerlarga to‘liq miqdorda pensiya to‘lanmoqda.

Biroq, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar hali etarli emasligidan dalolat bermoqda (2018 yilning yanvar-may oylarida Pensiya jamg‘armasiga ishlovchilarga pensiya to‘lovi bilan bog‘liq mingdan ortiq yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushgan).

Ushbu murojaatlarda fuqarolar pensiyadan so‘ng jamg‘armaga sug‘urta to‘lovlari davom ettirilsa ham o‘zlarining ko‘p yillik mehnati evaziga tayinlangan pensiyalaridan chegirib qolinishidan yuzasidan noroziligini bildirmoqdalar. SHuningdek, iqtisodiyotning xususiy sektorida faoliyat yuritayotgan xususiy korxona rahbarlari, tadbirkor va fermerlar tomonidan qonunchilikning ushbu normasiga o‘zgartirish kiritish takliflari berilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, pensiya ta’minoti soxasida mavjud muammolar tanqidiy muhokama qilinib, tizimda ijtimoiy adolat va samaradorlikni oshirish maqsadida Pensiya jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh etish” Konsepsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab ishlovchilarga to‘liq miqdorda pensiya to‘lashni joriy qilish taklif etilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ishlovchilarga to‘liq miqdorda pensiya to‘lanishi uchun 2019 yilda Pensiya jamg‘armasi tomonidan qo‘shimcha 363,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi kutilmoqda.

Ushbu qo‘shimcha xarajatlar jamg‘arma daromadlarini to‘liqliligini ta’minlash, ishlovchi fuqarolar ish faoliyatlarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazishlari hamda jamg‘armaga sug‘urta badali to’lovchilarini jalb qilish hisobiga qoplanishi rejalashtirilgan.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 12 Iyun 2018 11:24

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 837 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!