РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

ICHKI AUDIT VA MOLIYAVIY NAZORAT XIZMATLARI FAOLIYATINI TASHKILLASHTIRISHGA DOIR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI ISHLAB CHIQISHDAGI MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

11
Iyun 2018
832 marta ko'rildi

ICHKI AUDIT VA MOLIYAVIY NAZORAT XIZMATLARI FAOLIYATINI TASHKILLASHTIRISHGA DOIR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI ISHLAB CHIQISHDAGI MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi Byudjetni tuzish va g’aznachilik ijrosi, ichki audit va moliyaviy nazorat metodologiyasi boshqarmasi tashabbusi bilan “Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari faoliyatini tashkillashtirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar va takliflar” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Mazkur davra suhbatida O’zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralar, jumladan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus kasb, hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tizimlarida tashkil etilgan Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari vakillari hamda boshqarma xodimlari ishtirokida Ichki audit va moliyavaiy nazorat xizmati sohasida vazirlik va idoralar hamda Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilgan shuningdek rejalashtirilayotgan ishlar to’g’risida muzokaralar olib borildi.

Shuningdek Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro e’tirof etilgan moliyaviy nazorat standartlari asosida Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari xodimlariga qo’yiladigan malakaviy talablar, ularni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirish va sertifikatlash Tartibi hamda ichki audit va moliyaviy nazoratni amalga oshirishda mustaqillik, odob-axloq, xolislik va shaffoflik ta’minlanishini ko’zda tutuvchi asosiy talablarni o’z ichiga olgan, 52 banddan iborat Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlariga qo’yiladigan talablarning Umumiy standarti, shuningdek ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining ish faoliyati to’g’risidagi yo’riqnoma loyihalari soha amaliyotchilari bilan muhokama qilindi.
 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi PQ–3231-son Qarori asosida tashkil etilgan Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari vakillaridan Qarorda belgilangan topshiriqlar bo’yicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar tinglanib va ularni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar hamda takliflar bildirildi.

Jumladan:

- vazirlik va idoralar tizimiga kiruvchi tashkilotlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida komeral nazorat qilishni yo’lga qo’yish maqsadida “UzAsbo” dasturiy ta’minoti orqali byudjet tashkilotlarining ma’lumotlarini ko’ra olish imkoniyatini yaratish;
- ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari hisobdorligini ta’minlash maqsadida tegishli hisobot shakllarini ishlab chiqish;
- ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining ish faoliyati to’g’risidagi yo’riqnoma loyihasida ichki auditorlar tomonidan auditlarni amalga oshirishlaridagi asosiy yo’nalishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko’rib chiqish tartiblari, byudjet tashkilotlarining faoliyati samaradorligini baholash bo’yicha me’zonlarini ishlab chiqish;
- ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarining ish faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlarni kimlarga taqdim etish mumkinligi tartibini ishlab chiqish.

Bundan tashqari, Moliya vazirligining tegishli mutaxasislari bilan ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari o’rtasida texkor ma’lumotlarni almashish imkonini yaratish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda guruhlar tashkil etishga kelishildi.

Shu bilan birga, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari vakillari bilan tashkil etiladigan keyingi davra suhbatiga qadar har bir vazirlik va idoralarning o’z faoliyati doirasida amalga oshiriladigan ishlar to’g’risida ma’lumotlar taqdim etishlari belgilandi.

Tadbirda amaliyotchilar tomonidan O’zbekistonda Davlat sektorida Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlarini rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish taklifi qo’llab-quvvatlandi.

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 12 Iyun 2018 15:42

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 430 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!