Print this page
06
Iyun 2018
1040 marta ko'rildi

MOLIYA IDORALARINING RAHBAR XODIMLARI TARKIBI YANGILANIB BORMOQDA

Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davlat boshqaruvi organlarining barcha boʻgʻinlarida kadrlarning amaliy zahirasini shakllantirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bu borada Moliya vazirligi tizimida bir qancha amaliy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. 

Jumladan, joriy yilda tizimda yuqori kasb mahoratiga ega, samarali mehnat qilib kelayotgan, zamonaviy tafakkurlash va nostandart holatlarda tezkor qarorlar qabul qila oladigan xislatlarga ega moliya idoralari xodimlari orasidan rahbarlik lavozimlariga amaliy kadrlar zahirasi shakllantirildi.
Shakllantirilgan amaliy zahira tarkibidan moliya idorlarida vakant boʻlgan rahbarlik lavozimlari toʻldirildi va jami 93 nafar rahbarlar tayinlandi. Bunda tayinlanganlarning 54 nafari Moliya boʻlimi mudirlari, 28 nafari Gʻaznachilik boʻlinmalari boshliqlari va 11 nafari hududiy Davlat moliyaviy nazorati boshqarmalari boshliqlarini tashkil qiladi.
Maʼlumot tariqasida birgina aprelь-may oylarida quyidagi vakant lavozimlar toʻldirildi, ularning:
6 nafari viloyat darajasidagi rahbarlar: Fargʻona viloyati va Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi, Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarining Gʻaznachilik 
va Xorazm viloyatining Pensiya jamgʻarmasi boshliqlari;
22 nafari tuman va shahar moliya boʻlimlari: Fargʻona viloyatining - Toshloq, Buvayda, Soʻx, Oʻzbekiston, Uchkoʻprik, Oltiariq va Fargʻona shahrlari, Namangan viloyatining - Namangan, Chust, Chortoq, Norin va Namangan shaharlari, Buxoro viloyatining - Vobkent, Romitan, Buxoro va Qorovulbozor, Samarqand viloyatining - Kattaqoʻrgʻon va Payariq, Surxondaryo viloyatining - Qiziriq va Denov, Navoiy viloyatining - Karmana, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanlariga mudirlar; 
24 nafari tuman va shahar Gʻaznachilik boʻlinmalari boshliqlari:
Toshkent viloyati boʻyicha - Quyichirchiq, Olmaliq shahri, Jizzax viloyati boʻyicha - Gʻallaorol va Mirzachoʻl, Andijon viloyati boʻyicha - Asaka, Ulugʻnor va Baliqchi,  Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha - Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Nukus va Taxiatosh,  Sirdaryo viloyati boʻyicha - Guliston va Oqoltin, Xorazm viloyati boʻyicha - Shovot, Xiva, Qoʻshkoʻpir tumanlari, Urganch va Xiva shahri, Surxondaryo viloyati boʻyicha -Sariosiyo, Buxoro viloyati boʻyicha - Romitan, Toshkent shahri boʻyicha - Olmazor va Yakkasaroy, Namangan viloyati boʻyicha - Chortoq, Samarqand viloyati boʻyicha - Ishtixon va Samarqand shahar Gʻaznachilik boʻlinmalariga boshliqlar tayinlandilar. 

Oʻzbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi axborot xizmati

 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 06 Iyun 2018 16:47
Our website is protected by DMC Firewall!