РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING BIRINCHI O’RINBOSARI – AHADBEK HAYDAROVNING FRANSIYA TARAQQIYOQ AGENTLIGINING (FTA) OSIYO YO’NALISHI BO’YICHA DIREKTOR O’RINBOSARI – JAN-KLOD PIRES BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA A’ZOLARI BILAN UCHRASHUVI

28
May 2018
572 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING BIRINCHI O’RINBOSARI – AHADBEK HAYDAROVNING FRANSIYA TARAQQIYOQ AGENTLIGINING (FTA) OSIYO YO’NALISHI BO’YICHA DIREKTOR O’RINBOSARI – JAN-KLOD PIRES BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA A’ZOLARI BILAN UCHRASHUVI

Concrete

O’zbekiston Respublikasi hamda Fransiya Respublikasi o’rtasidagi  moliyaviy-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash kelishuviga erishish maqsadida O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o’rinbosari – Ahadbek Haydarovning  Fransiya taraqqiyoq agentligining (FTA) Osiyo yo’nalishi bo’yicha direktor o’rinbosari – Jan-Klod Pires boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Concrete

Uchrashuv FTA va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish sohasidagi byudjetni qo’llab-quvvatlash dasturini amalga oshirish bo’yicha hamkorklik masalalari, hamda FTA tomonidan mamlakat chorvachilik sohasini rivojlantirish bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish, Toshkent shahrining isitish tizimini modernizatsiya qilish, quyosh fotoelektrik stansiyasining qurilishi va "Chorvoq" erkin turistik zonasini tashkil etish kabi masalalarni muhokamasiga bag’ishlandi.

Concrete

Ushbu uchrashuv davomida isitish tizimi boshqaruvini modernizatsiya qilish, samarali tarif siyosatini amalga oshirish, shuningdek, davlat-xususiy sektorni isitish tizimiga davlat-xususiy hamkorligini amalga oshirish masalalarining  muhimliligi va dolzarbligiga alohida ur’gu berib o’tildi. 

FTA vakillari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga ijobiy fikr bildirilganligini inobatga olgan holda, byudjetni qo’llab-quvvatlash dasturini amalga oshirish bo’yicha keyingi qadamlar belgilab olindi. Agentlik tomonidan Jahon bankining “Taraqqiyot maqsadlari uchun operatsiyalar” loyihasi bilan birgaklikda 2019 yildan boshlab keyingi yillar uchun qo'shimcha moliyalashtirish imkoniyatini ko’zda tutgan holda 150 million yevro hajmida moliyaviy ko’mak ko’rsatish tayyorligi ifoda etildi.

Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) energetika, sog'liqni saqlash, bioxilma-xillik, raqamli texnologiyalar va kadrlarning kasbiy malakalarini oshirish yo’nalishlari bo’yicha  108 mamlakatlarda 2500 dan ortiq loyihalarini barqaror rivojlantirishda yordam berish uchun faoliyatni amalga oshiradi.   

 

 Moliya vazirligi 
Axborot xizmati

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 29 May 2018 16:19

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 853 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!