РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

UZASBO DASTURIY MAJMUIDA BUXGALTERIYA XISOBINI YURITILISHIDA SHARTNOMALAR VA HISOB-FAKTURALARNI ELEKTRON TARZDA TAKDIM ETISH VA BOSHQA MASALALARGA BAG’ISHLANGAN O’QUV-SEMINAR BO’LIB O’TDI

28
May 2018
501 marta ko'rildi

UZASBO DASTURIY MAJMUIDA BUXGALTERIYA XISOBINI YURITILISHIDA SHARTNOMALAR VA HISOB-FAKTURALARNI ELEKTRON TARZDA TAKDIM ETISH VA BOSHQA MASALALARGA BAG’ISHLANGAN O’QUV-SEMINAR BO’LIB O’TDI

Concrete

2018 yil 23 may kunida Surxondaryo viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi, OʻzRTXAB Surxondaryo filiali bilan birgalikda  Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xaridlari toʻgʻrisida Qonuni,  byudjet tashkilotlari tomonidan UzASBO dasturiy majmuida buxgalteriya xisobini yuritilishida shartnomalar va hisob-fakturalarni elektron tarzda takdim etish va boshqa masalalarga bagʻishlangan oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi. Seminarga viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi, Termiz shahar, Angor va Termiz tumanlari boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmasi xodimlari, Termiz shahar, Angor va Termiz tumanlari hududida joylashgan byudjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlar bosh hisobchilari ishtirok etdilar.

Yigʻilishni Surxondaryo viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmsi boshligʻi oʻrinbosari R.Hamrayev kirish soʻzi bilan ochib, ushbu seminar-oʻquv mashgʻuloti Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 29 martda maʼqullangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xaridlari toʻgʻrisida Qonuni  talablari bilan tanishtirib oʻtdi.

Concrete

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi davlat xaridlari maxsus axborot portalida oʻzgarishlar, talablar bilan OʻzRTAB Surxondaryo filiali registratori A.Toʻrayev maʼruza qildi. U oʻz maʼruzasida maxsus axborot portalda ishlash tartibi, eʼlonlar, elektron savdolarga buyurtmalar kiritish haqida batafsil tushunchalar berib oʻtdi. “Oʻzbekiston respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” aktsiyadorlik jamiyatining maxsus axborot portalida buyurtmachilar tomonidan reja-jadval, eʼlon (buyurtmanoma)larni joylashtirishni elektron tarzda bajarib oʻrgatish ishlari amalga oshirdi. 

Kun tartibida 2-masala yuzasidan, Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi mutaxassisi B.Siddiqov UzASBO dasturida (new.mdm.uz/uzasbo) ishlash haqida batafsil tushunchalar berdi. UzASBO dasturida shartnomalarni, hisob-fakturalarni elektron tarzda taqdim etish ishlarini amalda qoʻllab koʻrsatdi.  

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 28 May 2018 10:23

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 697 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!