РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

RESPUBLIKANI OBODONLASHTIRISH VA KOMMUNAL XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH

21
May 2018
521 marta ko'rildi

RESPUBLIKANI OBODONLASHTIRISH VA KOMMUNAL XIZMATLARNI RIVOJLANTIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Xududlarni obodonlashtirish va uy joy kommunal xizmatlarni rivojlantirish ishlari, hususan, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar bilan tasdiqlangan dasturlar ijrosini taʼminlash hamda shahar/tumanlarni Obodonlashtirish maqsadida davlat byudjeti mablagʻlari xisobidan 2018 yilda jami 1 316 888,1 mln. soʻm ajratilgan boʻlib, respublikaning shaxar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarida mavjud shtat birliklari 54 090,0 tani tashkil etadi, shulardan: 

- shaxarlar va tumanlar xududlarida obodonlashtirish boshqarmalarida xududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari uchun 694 229,4 mln. soʻm mablagʻlar ajratilgan;

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi 2922-sonli “2017-2021 yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan jami 69 440,0 mln soʻm ajratilgan boʻlib, shundan, Toshkent shaxridagi koʻp xonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini taʼmirlash va almashtirish ishlari uchun 22 440,0 mln. soʻm xamda, shaxar va tumanlardagi koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlariga 47 000,0 mln.soʻm mablagʻlar ajratilgan. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 maydagi 2954-sonli “2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018 yil Davlat byudjeti parametrlarida mahalliy hokimliklar balansida boʻlgan tik quduqlar va ochiq/yopiq kollektorlarni mukammal taʼmirlash ishlari uchun 20 207,4 mln. soʻm mablagʻlarajratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi 68-sonli “Viloyatlar markazlarida va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Toshkent shahrida, viloyatlar markazlari va shaharlarda tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari uchun 43 616,2 mln. soʻm mablagʻlar koʻzda tutilgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari balansida boʻlgan ichki  yoʻllarini taʼmirlash tadbirlariga 191 075,6 mln soʻm ajratilgan. 
 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 21 May 2018 11:02

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 787 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd