РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

SIYOSIY PARTIYA TIZIMIDA BUXGALTERIYA HISOBINI “BYUDJET TASHKILOTLARI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIM” DASTURIY MAJMUASIDA YURITILISHI BOʻYICHA MOLIYA VAZIRLIGI GʻAZNACHILIGI HAMDA AHM BILAN BIRGALIKDA XPD OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI

16
May 2018
410 marta ko'rildi

SIYOSIY PARTIYA TIZIMIDA BUXGALTERIYA HISOBINI “BYUDJET TASHKILOTLARI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIM” DASTURIY MAJMUASIDA YURITILISHI BOʻYICHA MOLIYA VAZIRLIGI GʻAZNACHILIGI HAMDA AHM BILAN BIRGALIKDA XPD OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi hamda Axborot-hisoblash markazi mutaxassislari tomonidan 2018 yilning 11 may kuni Xalq demokratik partiyasining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yanada takomillashtirish va buxgalteriya hisobotini yuritishda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda mazkur sohadagi yangiliklardan partiya xodimlarini kengroq xabardor qilish maqsadida, partiyaning ushbu yoʻnalishdagi masʼul xodimlari ishtirokida “Byudjet tashkilotlari uchun avtomatlashtirilgan tizim” dasturiy majmuasining qulayligi va afzalliklari boʻyicha oʻquv seminari oʻtkazildi.

Mazkur seminarda partiya tizimida buxgalteriya hisobini yuritilishi, shu jumladan, xodimlarga ish haqi hisoblanishi, barcha buxgalteriya operatsiyalarini elektron tarzda amalga oshirish hamda moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri shakllantirishni taʼminlashda dasturiy majmuaning imkoniyatlari toʻliq tushuntirildi.

Oʻquv seminarida dasturiy majmua bilan bogʻliq koʻpgina masalalar muhokama qilindi va tomonlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

“Byudjet tashkilotlari uchun avtomatlashtirilgan tizim” dasturiy majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yaratilgan boʻlib, “UzASBO” nomi va DGU 02946 raqam bilan 2014 yil 30 dekabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Unda nafaqat byudjet tashkilotlari uchun, balki siyosiy partiyalarda buxgalteriya hisobini toʻliq yuritishda keng foylanish imkonini beradi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 16 May 2018 17:47

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 712 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd