РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI ISH HAQI TOʻLOVLARINING TOʻLANISH AHVOLI BOʻYICHA AXBOROT BERADI

16
May 2018
414 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI ISH HAQI TOʻLOVLARINING TOʻLANISH AHVOLI BOʻYICHA AXBOROT BERADI

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil may oyi uchun ish haqi boʻyicha avans toʻlovlarini toʻlanishi yuzasidan monitoring doirasida quyidagilarni maʼlum qiladi. Joriy yilning 14 may kuni Moliya vazirligi tomonidan quyi moliya organlariga ish haqi boʻyicha avans toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash maqsadida 149,7 mlrd. soʻm miqdorda maqsadli mablagʻlar ajratildi.

Natijada hududiy gʻazna hisob raqamlarida ish haqi boʻyicha avans toʻlovlarini respublika miqyosida oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab berilishi uchun yetarli miqdorda mablagʻlar shakllantirildi.

Shu bilan birga, byudjet tashkilotlari rahbarlari va bosh hisobchilari tomonidan gʻaznachilik organlariga taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq joriy yilning 16 may holatiga may oyi uchun ish haqi boʻyicha avans toʻlovlarining toʻlanishi respublika miqyosida 93,0 foizni tashkil etdi. Jumladan hududlar kesimida:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi    88,6%
Andijon viloyati    85,8%
Buxoro viloyati    91,4%
Jizzax viloyati    94,0%
Kashkadaryo viloyati     81,2%
Navoiy viloyati    98,9%
Namangan viloyati    95,8%
Samarkand viloyati    93,5%
Surxondaryo viloyati    88,9%
Sirdaryo viloyati    97,3%
Toshkent viloyati    94,8%
Fargʻona viloyati    99,1%
Xorazm viloyati    96,5%
Toshkent shahri    100,0%
Jami    93,0%

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet tashkilotlarining ish haqi boʻyicha avans toʻlovlarini kechiktirmay toʻlanishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan Qashqadaryo, Andijon va Surxondaryo viloyati Moliya bosh boshqarmalariga byudjet tashkilotlarida ish haqi boʻyicha avans toʻlovlarini hisoblanishi va tegishli toʻlov hujjatlarini gʻaznachilik organlariga oʻz vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq vazirliklar hamda byudjet tashkilotlariga amaliy yordam koʻrsatish ishlari olib borilmoqda.
 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 16 May 2018 17:47

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 519 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd