РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISLOM BANKCHILIGI VA MOLIYASI INFRATUZILMASINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” QARORI LOYIHASI

16
May 2018
874 marta ko'rildi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ISLOM BANKCHILIGI VA MOLIYASI INFRATUZILMASINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” QARORI LOYIHASI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi  PF-№4947 "Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida"gi farmoniga muvofiq Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish choralari koʻrilmoqda.

Bank va moliya xizmatlari bozorini tahlili, fuqarolar va tadbirkorlarda bank foizlarisiz (sudxoʻrliksiz) bank va moliyaviy xizmatlarga boʻlgan ehtiyoj va qiziqish  juda yuqoriligini koʻrsatmoqda.

Bundan tashqari, bugungi kunda tijorat banklari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar, bank va mijoz oʻrtasida moliyalashtirilayotgan loyihaning muvaffaqiyati boʻyicha xavf-xatarni mutanosib ravishda taqsimlash qismida, fuqarolar va tadbirkorlar kutayotgan natijani bermayapti, chunki anʼanaviy bank ishi qarzdorning faoliyati natijalaridan qatʼiy nazar, qarz foizini undirishga qaratilgan.

Bank va mijoz oʻrtasida foyda va zararni teng taqsimlash ularning hissalariga mutanosib ravishda islom bankchiligi va moliyasi tamoyillarini qoʻllash asosida erishiladi, bunda bank va qarz oluvchi loyiha muvaffaqiyati va samaradorligida teng huquqli va birgalikda manfaatdor sheriklarga aylanadi.

Moliyalashtirishning muqobil imkoniyatlarini yaratish maqsadida va aholi va tadbirkorlarni oʻsib borayotgan talablarini qondirish, hamda bank-moliya xizmatlari koʻlamini kengaytirish, tashqi va ichki bozor resurslarini islom bankchiligi va moliyasi tamoyillari asosida safarbar etish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining:

islom bankchiligi va moliyasi tamoyillari asosida tadbiq etiladigan bank-moliya xizmatlari va mahsulotlari tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; 

islom bankchiligi va moliyasi tamoyillarini ishlab chiqish va amalga tadbiq etish komissiyasi tarkibi (bundan buyon matnda – Komissiya) 2-ilovaga muvofiq takliflari maʼqullansin.

2. Komissiya zimmasiga quyidagilar yuklatilsin:

Respublikada islom bankchiligi va moliya tamoyillarini zarur infratuzilmasini yaratish, shu jumladan foizga asoslangan toʻlovlarni (ribo)  taʼqiqlash, foyda va zararni tadbirkor bilan teng taqsimlash, hamda islomiy moliyalashtirishning boshqa tamoyillarini tadbiq etish;

sugʻurta faoliyati (takaful), lizing faoliyati (idjarax), qimmatli qogʻozlar bilan amaliyotlar (sukuk) va boshqa islomiy moliyalashtirish tamoyillari asosida amalga oshirish uchun islom bankchiligi va moliyasi infratuzilmasi tamoyillarini joriy qilish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish  va qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish boʻyicha ishlarni tashkil etish;   

tegishli meʼyoriy-xuquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor  vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqish, kelishish va tasdiqlash jarayonini tezkor muvofiqlashtirish;

islom bankchiligi va moliyasi tamoyillariga asoslangan bank moliya  xizmatlarining afzallik va imkoniyatlaridan foydalanishni aholi va tadbirkorlar oʻrtasida keng targʻibot qilish hamda ularning anʼanaviy bank xizmatlaridan asosiy farqlarini tushuntirish choralarini koʻrish. 

3. Islom bankchiligi va moliya tamoyillarini respublikamizda joriy etish loyihasi Komissiyasining ishchi organi Moliya vazirligi tomonidan islom bankchiligi va moliyasi boʻyicha  ekspertlar va mutaxassislardan iborat tashkil etiladigan “Tashabbus guruhi” ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

4. Komissiyaning quyidagi takliflariga:

Islom Tariqqiyot Bankining grant mablagʻlarini jalb qilingan holda, “Oʻzbekiston Respublikasida islom bankchiligi va moliyasi  infratuzilmasini tashkil etishning qonunchilik asoslarini yaratish” Ishchi loyihasini (keyingi oʻrinlarda Ishchi loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish;

Islom Tariqqiyot Banki bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan Ishchi loyihani amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasi loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi hukumatiga tasdiqlash uchun kiritishga rozilik berilsin. 

5. Komissiyaga Ishchi loyiha yakunlangandan soʻng qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining: 

keng koʻlamda standart chakana xizmatlar, shu jumladan eksport-importni moliyalashtirish, uy-joyni moliyalashtirish, tijoriy koʻchmas mulkni moliyalashtirish, lizing xizmatlari, sugʻurtalash, hamda qimmatli qogʻozlar bozorida xizmatlarni infratuzilmaviy boʻlinmalari orqali koʻrsatuvchi; 

murakkab tuzilmalashtirilgan moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi, shu kabi  venchur kapitaliga investitsiyalar kiritish, shuningdek toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondlari, va/yoki xatarlarni xedjlashtirish bilan shugʻullanuvchi;
aholi va tadbirkorlik subʼektlar uchun “islomiy darchalar” orqali xizmat koʻrsatish maqsadida respublika tijorat banklarini qayta moliyalashtiruvchi Oʻzbekiston islom taraqqiyot bankini tashkil etish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirilsin. 

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qoʻmitasi, shuningdek boshqa vazirlik va idoralarga komissiya murojaati boʻyicha: 

islom bankchiligi va moliyasiga asoslangan xizmat turlarini anʼanaviy bank va nobank moliya tashkilotlarining xizmatlari bilan bir qatorda (parallel) yuritilishini taʼminlash uchun tegishli tahlillar oʻtkazish va amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritish;

islom bankchiligi va moliyasi tamoyillari boʻyicha bank va nobank moliya tashkilotlari faoliyatini yuritish va tartibga solish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni har tomonlama va sifatli koʻrib chiqish, shuningdek amaliyotga tezkor joriy etishni taʼminlash vazifasi yuklatilsin. 
 
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ishchi loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan chet el fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi va yashashi uchun viza va boshqa ruxsatnomalarni tezkor taqdim etishni taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga mazkur qaror bandlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish, shuningdek aholi va tadbirkorlik subʼektlarining islom bankchiligi va moliyasi boʻyicha xabardorligini oshirish uchun axborotlarni bepul joylashtirish tavsiya etilsin. 

9. Mazkur farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, moliya vaziri D.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatilsin. 

    
Oʻzbekiston Respublikasi 
           Prezidenti                                                                         Sh. Mirziyoyev

       

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga 1-ilova

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga 2-ilova


 

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 16 May 2018 15:49

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 783 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!