РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGINING DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI TOMONIDAN 2018 YIL 1-CHORAGIDA ANDIJON VILOYATIDA OʻzR “FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI IJROSI YUZASIDAN NAZORAT TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI

15
May 2018
561 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGINING DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI TOMONIDAN 2018 YIL 1-CHORAGIDA ANDIJON VILOYATIDA OʻzR “FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI IJROSI YUZASIDAN NAZORAT TADBIRLARI AMALGA OSHIRILDI

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan 2018 yil 1-choragida Andijon viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirildi.  

Nazorat tadbirlarida byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Andijon viloyati tuman va shahar boʻlimlarida 180 ta holatda 358,2 mln.soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.

Jumladan, Pensiya dasturi bazasiga ish haqi va boshqa maʼlumotlarni asossiz ravishda oshirilib koʻrsatilishi natijasida 36 fuqarolarga 29,6 mln.soʻm mablagʻlar ortiqcha toʻlab berilgan.

Fuqarolarga pensiya tayinlashda tashkilotlar va korxonalar tomonadan ish haqi va mehnat stajlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga notoʻgʻri raqamlar  kiritilishi hamda soxtalashtirilishi oqibatida 8 ta holatda 28,1 mln.soʻm pensiya pullari ortiqcha tayinlanib, toʻlab yuborilgan.

Andijon shahrida 140 mln.soʻm, Ulugʻnor tumanida 86,6 mln.soʻm, Xoʻjaobod tumanida 28,3 mln.soʻm va Asaka tumanida 3,2 mln.soʻm koʻchib ketgan yoki vafot etgan hamda mavjud boʻlmagan fuqarolarga qayta pensiya tayinlanishi va toʻlov roʻyxatlari qayta tuzilishi natijasida 50 ta holatda 258 mln.soʻm noqonuniy sarflangan.

AT “Xalq banki” Andijon viloyat filiali Amaliyot boʻlimining 17-sayyor kassasi xodimlari tomonidan 71 nafar fuqarolarning 28,5 mln.soʻmlik pensiya va nafaqa pullari oʻzlashtirilgan. 

Yuqorida aniqlangan holatlar boʻyicha toʻplangan tekshirish materiallari xuquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 15 May 2018 17:53

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 738 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd