РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

FARGʻONA VILOYATI YOZYOVON TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA OʻTKAZILGAN DAVLAT MOLIYAVIY NAZORAT NATIJALARI YUZASIDAN MAʼLUMOT

15
May 2018
697 marta ko'rildi

FARGʻONA VILOYATI YOZYOVON TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA OʻTKAZILGAN DAVLAT MOLIYAVIY NAZORAT NATIJALARI YUZASIDAN MAʼLUMOT

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan 2018 yil 1-choragida Yozyovon tuman Tibbiyot birlashmasida oʻtkazilgan moliyaviy nazorat tadbirida jami 1 198,8 mln.soʻmlik noqonuniy xarajatlarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi, jumladan:

- birlashma ishchi-xodimlarga 101,3 mln.soʻm moddiy yordam va mukofot pullarini notoʻgʻri hisoblanib, toʻlab yuborilgan. 

- birlashma hisobxonasi tomonidan 17,5 mln.soʻmlik naqd pullar asossiz xarajatga chiqarib yuborilgan.

- ishchi-xodimlarga tasdiqlangan tarifikatsiya roʻyxatida belgilangan ish xaqlariga nisbatan 254,7 mln.soʻm oylik ish haqlari ortiqcha hisoblanib toʻlab yuborilgan.

- mehnat taʼtili pullarini notoʻgʻri hisoblanishi natijasida 55 mln.soʻm mablagʻ ortiqcha toʻlab yuborilgan.

- ishchi-xodimlarning ish haqlaridan 1031-tartib, yaʼni elektr-energiya, tabiiy gaz va suv oqava boʻyicha, toʻlov-kontrakt toʻlovlariga hamda boshqa toʻlovlar uchun ish haqlaridan 127,4 mln.soʻm mablagʻlar tegishli manbaalar uchun oʻtkazib berilgan boʻlsada, lekin hisobxona tomonidan ishchi-xodimlarning ish haqlaridan tekshirish kuniga qadar ushlab qolinmagan.

- birlashma hisobxonasi tomonidan 642,8 mln.soʻmlik ish haqi toʻlovlari xodimlarga hisoblangan ish haqilariga nisbatan ularning platik kartochkalariga ortiqcha oʻtkazib berilgan. 

Bundan tashqari tibbiyot xodimlarining taʼrif razryadlarini, uzluksiz ish stajlarini va zararli sharoitda ishlaganligi uchun qoʻshimchalarni hamda ortiqcha shtat birliklarini notoʻgʻri kiritilishi natijasida 134,8 mln.soʻm mablagʻlar ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan. 

Yuqorida aniqlangan holatlar boʻyicha tekshirish materiallari xuquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 15 May 2018 17:34

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 1118 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!