РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

“BYUDJET TASHKILOTLARI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIM” DASTURIY MAJMUASINING QULAYLIGI VA AFZALLIKLARI BOʻYICHA MOLIYA VAZIRLIGI GʻAZNACHILIGI HAMDA AXBOROT HISOBLASH MARKAZI BILAN BIRGALIKDA ADLIYA VAZIRLIGIDA OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI

15
May 2018
467 marta ko'rildi

“BYUDJET TASHKILOTLARI UCHUN AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIM” DASTURIY MAJMUASINING QULAYLIGI VA AFZALLIKLARI BOʻYICHA MOLIYA VAZIRLIGI GʻAZNACHILIGI HAMDA AXBOROT HISOBLASH MARKAZI BILAN BIRGALIKDA ADLIYA VAZIRLIGIDA OʻQUV SEMINARI OʻTKAZILDI

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi hamda Axborot-hisoblash markazi mutaxassislari tomonidan 2018 yilning 11 may kuni Adliya vazirligining hududiy Moliya-xoʻjalik boshqarmalari xodimlari ishtirokida “Byudjet tashkilotlari uchun avtomatlashtirilgan tizim” dasturiy majmuasining qulayligi va afzalliklari, shuningdek Gʻaznachilik bilan oʻzaro bogʻliqligi yuzasidan oʻquv seminari oʻtkazildi. 

Mazkur seminarda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlarga oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarini hisoblanishi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotlarini toʻgʻri yuritilishini taʼminlashda dasturiy majmuaning imkoniyatlari toʻliq tushuntirildi.

Oʻquv seminari koʻtarinki ruhda va ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, unda tomonlarni qiziqtirgan barcha savollarga seminarning oʻzida batafsil javob berildi hamda bildirilgan takliflar yuzasidan dasturiy majmuani kelgusida yanada takomillashtirilishi bildirib oʻtildi.

“Byudjet tashkilotlari uchun avtomatlashtirilgan tizim” dasturiy majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yaratilgan boʻlib, “UzASBO” nomi va DGU 02946 raqam bilan 2014 yil 30 dekabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 15 May 2018 11:39

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 523 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd