РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

XALQARO VALYUTA FONDINING VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

14
May 2018
476 marta ko'rildi

XALQARO VALYUTA FONDINING VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Concrete

Joriy yilning 12-may kuni O’zbekiston Respublikasining Bosh vazir o’rinbosari, moliya vaziri J.Qo'chqorovning Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) direktorining o’rinbosari – Tao Djang janoblari boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va iqtisodiyotimizda yuz berayotgan o’zgarishlar, xususan makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi, mamlakatimizning soliq tizimini isloh etishning dolzarbligi, hamda ushbu olib borilayotgan islohotlarda XVJning o’rni kabi asosiy masalalar muhokama qilindi.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, XVJning ekspertlari valyuta bozorini erkinlashtirish, pul siyosatini takomillashtirish va bank faoliyatini tartibga solish, shuningdek, iqtisodiy ma'lumotlarning oshkoraligini oshirish kabi yo’nalishlarda aktiv ko’mak berishmoqda.

Concrete

Janob Tao Djang iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlarini amalga oshirishning murakkabligi va ahamiyatini ta'kidlab o’tdi.

Bunda davom etayotgan islohotlarning aniq natijalariga erishish hamda mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlash yo’lida, ularning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, shu bilan birga ularning uzoq muddatga qoldirilmasligi lozimligi ta’kidlandi. 

Shuningdek, XVJ direktorining o’rinbosari O’zbekiston Respublikasining amalga oshirib kelayotgan islohotlarining Markaziy Osiyoda ham strategik ahamiyatiga ega ekanligiga alohida urg’u berib o’tdi. Bu O’zbekistonda yuz berayotgan islohotlarning ijobiyligi, nafaqat mamlakat iqtisodiyoti, balki butun Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti uchun ham katta ahamiyat kasb etadi.

Concrete

Kelajakda tomonlar yanada yaqin va samarali hamkorlikni davom ettiradilar.

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 14 May 2018 12:09

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 1059 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd