РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYASI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH KONSEPSIYASI LOYIHASINING MUHOKAMASI

08
May 2018
823 marta ko'rildi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYASI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH KONSEPSIYASI LOYIHASINING MUHOKAMASI

ConcreteJoriy yilning 4 may kuni Moliya vazirligi tashabbusi bilan vazirlikning rasmiy saytida avvalroq joylashtirilgan Konsepsiya loyihasi doirasida davlat moliyasi tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari muhokama qilindi.

Muhokamada byudjet jarayonlarida bevosita ishtirok etuvchi tarmoq vazirlik va idoralarining mutaxassislari, shuningdek, mustaqil mahalliy va xalqaro ekspertlar hamda ilmiy xodimlar qatnashishdi.   

Davlat moliyasining mavjud tizimi zamonaviy talablarga javob bermasligi, amalga oshirilayotgan byudjet siyosati va byudjet xarajatlari o’rta muddat uchun qabul qilingan Davlat dasturlari va tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan bog’liq holda baholana olmayotgani qayd etildi.  

Shu munosabat bilan byudjetni rejalashtirishning e’tirof etilgan yangi xalqaro usullarini qo’llash, byudjet jarayonini avtomatlashtirish, shuningdek, byudjetni shakllantirishda fuqarolar ishtirokini ta’minlash taklif etilmoqda.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan o’rta muddatli byudjetni rejalashtirishga o’tish zaruratiga alohida e’tibor berilayotir. Masalan, 2019 yildan boshlab byudjetni 3 yilga (2019-2021 yillar) tuzish taklif etilmoqda, bunda 2019 yil bazaviy yil bo’lib, byudjet aniq yo’nalishlar bo’yicha tasdiqlanadi, 2020-2021 yillar esa maqsadli yo’nalishlar ko’rinishida namoyish etiladi.

Byudjetni rejalashtirishning yillik muddatidan o’rta muddatliga o’tishning asosiy omillari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

- o’rta muddatli rejalashtirish byudjetni kelgusi yillar uchun bugun qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholash (soliq va yig’imlar stavkalarining o’zgarishi, soliq yoki yig’imlarni bekor qilish yoki amalga kiritish, soliq imtiyozlarini joriy etish, ish haqi va pensiya miqdorini oshirish, xorijiy kreditlarni jalb etish va boshqalar) hamda ehtimoliy xatarlarni hisobga olgan holda soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z vaqtida qabul qilish imkonini beradi;

- istiqboldagi makroiqtisodiy o’zgarishlar va ularning fiskal tushumlarga ta’sirini prognoz qilishda davlat dasturlarini amalga oshirish jarayonida qabul qilinayotgan qo’shimcha chora-tadbirlar manbalarini oldindan aniqlashtirish imkoniyati tug’iladi;

- o’rta muddatli byudjet ijrosining monitoringi byudjet shakllanishi va ijro etilishi shaffofligi darajasini oshiradi.

Concrete

Xalqaro ekspert – Xalqaro valyuta jamg’armasining maslahatchisi janob Yoxann Byorvinsson o’z chiqishida qayd etganidek, O’zbekiston byudjetni yillik rejalashtirishdan o’rta muddatli rejalashtirishga puxta o’tishning chora-tadbirlarini ko’rib bormoqda.

O’rta muddatli byudjetlashtirishga o’tilishi vazirlik va idoralar tomonidan o’rta muddatli rivojlanishning tarmoqli dasturlarini qabul qilishni nazarda tutuvchi dasturiy byudjetlashtirishni joriy etishga imkon beradi, bu esa, o’z navbatida, byudjetdan ajratiladigan mablag’larning manzilli foydalanilishini oshiradi, shuningdek, mablag’larni o’rta muddatli davrda sarflashning ustuvor yo’nalishlarini ishlab chiqishga turtki beradi va amalga oshirilayotgan  investitsiyalar shaffofligini ta’minlaydi.

Dasturiy byudjetlashtirish – byudjet xarajatlari samaradorligini maxsus indikatorlar va erishilgan maqsadlar yordamida baholay olishning afzalliklari alohida ta’kidlab o’tildi. Qabul qilingan barcha davlat, tarmoq va hududiy dasturlar tasniflanishi nazarda tutilmoqda, bu esa ularni monitoring qilish va muvofiqlashtirish jarayonini yaxshilaydi hamda qo’yilgan maqsadlarga erishishda ijrochilarning shaxsiy javobgarligini oshirishga ko’maklashadi.

O’z navbatida, o’rta muddatli byudjet bilan birga tarmoqli byudjetlar (chiziqli byudjet) shakllanishi tartibining joriy etilishi byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning ajratilgan byudjet mablag’laridan o’z vaqtida va samarali foydalanilishi uchun javobgarligini oshirishga imkon beradi.

Shuningdek, byudjetning shakllanish jarayoni va uning muhokamasida fuqarolar ishtirokiga e’tibor qaratildi. Qayd etildiki, davlat moliyasi boshqaruvini fuqarolarning faol ishtirokisiz va aholi hamda davlat o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlamasdan turib takomillashtirib bo’lmaydi. Buning uchun «partisipator byudjetlashtirish (participatory budgeting)» usulini qo’llash va   2019 – 2021 yillarga Davlat byudjeti loyihasi bilan bir vaqtda «Fuqarolar uchun byudjet»ni tayyorlash taklif etildi.

Muhokama davomida ekspertlar davlat moliyasi tizimini isloh qilish o’z vaqtida amalga oshirilayotganini ta’kidlashdi, shuningdek, uning samaradorligini oshirish bo’yicha o’z takliflarini bildirishdi. Xususan, tarmoq vazirliklarining IT-infratuzilmasini mustahkamlash, byudjet jarayonida ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar mutaxassislarining malakasini oshirish zarurligiga hamda Konsepsiya loyihasida nazarda tutilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun ishchi guruhlarini tuzishga e’tibor qaratildi.  

Shu bilan birga muhokamani tarmoq vazirliklari – byudjet mablag’larini taqsimlovchilar, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati organlari ishtiroki bilan ishchi guruhlarda davom ettirish taklif etildi.

 

 

 

Oxirgi o'zgartirish Seshanba, 08 May 2018 16:05

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 740 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!