РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI TASHKILIY TUZILMALARIDAGI O’ZGARISHLAR VA ULARNI MOLIYALASHTIRISH TO’G’RISIDA MA’LUMOT

04
May 2018
934 marta ko'rildi

DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI TASHKILIY TUZILMALARIDAGI O’ZGARISHLAR VA ULARNI MOLIYALASHTIRISH TO’G’RISIDA MA’LUMOT

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari bilan 2017 yil dekabr oyi va 2018 yil 1-choragida Davlat hokimiyati, boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimliklari, prokuratura va sud organlarining vazifalari tahlil etilib, ularning tuzilmalari yangidan tasdiqlandi va xodimlar soni ko’paytirildi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari Agentligi va uning hududiy bo’limlari (boshqaruv xodimlari soni 219 ta), Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi (boshqaruv xodimlari soni 96 ta), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (boshqaruv xodimlari soni 55 ta), Innovatsion rivojlantirish vazirligi (boshqaruv xodimlari soni 82 ta), O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati huzuridagi Media-markaz (boshqaruv xodimlari soni 18 ta) va Xalqaro Press klub va Strategiya markazi faoliyati yangidan tashkil etilib, Respublika byudjetidan joriy yilning I-choragi davomida yangidan tashkil etilgan tashkilotlarni saqlab turish xarajatlari uchun 5,3 mlrd. so’m mablag’ ajratilishi ta’minlandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi va uning hududiy boshqarmalari (boshqaruv xodimlari soni 302 ta), Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi va uning hududiy boshqarmalari (boshqaruv xodimlari soni 936 ta), Xotin-qizlar qo’mitasi va uning hududiy boshqarmalari (boshqaruv xodimlari soni 335 ta) va boshqa davlat organlarining tashkiliy tuzilmalari qaytadan ko’rib chiqilib tasdiqlandi. Mazkur tashkilotlarning shtat birliklarini saqlash uchun davlat byudjetidan joriy yilning I-choragi uchun 5,8 mlrd. so’m mablag’ ajratildi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 04 May 2018 15:25

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 188 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd