Print this page
04
May 2018
275 marta ko'rildi

SOLIQ MASLAHATCHISINING MALAKA SERTIFIKATINI OLISHGA DA’VOGARLAR DIQQATIGA

2018 yil 26 may kuni soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihonlari tashkil etish kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, soliq maslahatchilarini tayyorlash bo’yicha maxsus o’quv kursida belgilangan tartibda o’qigan shaxslar Moliya vazirligiga malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat berish to’g’risida ariza bilan joriy yilning 14 mayiga qadar tegishli hujjatlarni topshirishlari mumkin.

Malaka imtihoniga Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida Nizom (2007 yil 17 dekabrdagi ro’yxat raq. 1749) talablariga asosan hujjat taqdim etgan da’vogarlar qo’yiladi.

Oxirgi o'zgartirish Juma, 04 May 2018 12:37
DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd