РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI O’QUV MARKAZI TOMONIDAN O’TKAZILGAN “DAVLAT XIZMATCHISINING XIZMAT MAJBURIYATLARI BAJARILISHINING SAMARADORLIGI MEZONLARI, STANDARTLARI VA UNING SIFATINI BAHOLASH TIZIMI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA” MAVZUSIDAGI KONFERENSIYA

30
Apr 2018
547 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI O’QUV MARKAZI TOMONIDAN O’TKAZILGAN “DAVLAT XIZMATCHISINING XIZMAT MAJBURIYATLARI BAJARILISHINING SAMARADORLIGI MEZONLARI, STANDARTLARI VA UNING SIFATINI BAHOLASH TIZIMI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA” MAVZUSIDAGI KONFERENSIYA

Concrete

2018 yil 27 aprel kuni soat 10:30 da “Poytaxt” biznes markazi binosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi tomonidan tashkillashtirilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-son “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni samarali ijrosi, shuningdek, davlat va jamiyat hayot faoliyatining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2017-2018 yillarga mo’ljallangan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturi doirasida “Davlat xizmatchisining xizmat majburiyatlari bajarilishining samaradorligi mezonlari, standartlari va uning sifatini baholash tizimi: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamkorligida o’tkazildi. Shuningdek, unda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent moliya instituti hamda boshqa vazirlik va idoralar vakillari ham ishtirok etishdi.

Mazkur konferensiyaning maqsadi davlat xizmatchisining xizmat majburiyatlari bajarilishining samaradorligi mezonlari, standartlari va uning sifatini baholash tizimiga oid milliy va xalqaro tajriba mamlakatimizdagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi bilan uzviy bog’liq holda o’rganishdan iboratdir.

Konferensiya ishini O’quv markazi direktori M.M.Adilov ochib berib, kirish so’zini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o’rinbosari A.Ya.Xaydarovga berdi. Vazir o’rinbosari - “albatta, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, davlat xizmatini zamonaviy bilim va malakalarga ega bo’lgan kadrlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Ayni vaqtda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish belgilab qo’yilganligi haqida, hamda bugungi konferensiya O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini, shuningdek, davlat va jamiyat hayot faoliyatining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida 2017-2018 yillarga mo’ljallangan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturi doirasida olib borilayotganligi, davlat xizmatchisiga e’tibor qaratilganligi va ular tomonidan o’z xizmat majburiyatlarini bajarilishining samaradorligi, hamda ushbu mezonlarni belgilab olish joizligini va konferensiya mavzusining dolzarbligi haqida so’z yuritdi. Shuningdek, konferensiyada ma’ruzachilar tomonidan quyidagi masalalar ko’rib chiqildi, xususan:

“O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashish islohotlari” nomli ma’ruza 2017-2018 yillarda korruptsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining ijrosiga bag’ishlangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Tergovni metodik ta’minlash boshqarmasining katta prokurori S.Urazboev Davlat dasturi ijrosining barcha jihatlariga to’xtalib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Yuridik bo’limi boshlig’i D.Matrasulov “Davlat xizmatida xodimning o’zini tutishi va qadrlashi printsiplari” mavzuida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruza Odob-ahloq komissiyalari faoliyati va odob-ahloq qoidalariga amal qilish tartiblarini tushuntirishga bag’ishlandi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 62-sonli qarori qabul qilingan. Ma’ruzachi ushbu hujjatga muvofiq belgilangan vazifalar; davlat xizmatchilarining majburiyatlari; davlat organlarida tashkil etilgan komissiyalar faoliyati; davlat organlari xodimlari va rahbarlarining bu boradagi vazifalari; davlat organlarida manfaatlar to’qnashuvi va bunday vaziyatda davlat xizmatchilarining xatti-harakatlari; ularning odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun javobgarligi; davlat organlarida odob-axloq komissiyalarini tuzish va ularning ishlash tartiblari hamda ish mexanizmi to’g’risida ma’lumot berdi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Respublika idoralararo Komissiyasining Ekspert guruhi a’zosi N.Zikrillaeva tomonidan Davlat organlarida korruptsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini samarali bajarilishi va odob-axloq komissiyasining faoliyati: xalqaro va milliy tajriba haqida ma’lumotlarni yoritib berdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tayanch doktoranti F.Yuldasheva tomonidan qilingan ma’ruza “O’zbekistonda davlat xizmatchisining o’ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari”ga bag’ishlandi. Tadqiqotchi o’z ma’ruzasida “davlat xizmati” tushunchasi; davlat xizmatini tashkil etishdan asosiy maqsad; davlat xizmatiga oid asosiy vazifalar; mavzuga doir o’tkazilgan so’rovnoma yuzasidan ma’lumotlar keltirdi. Ma’ruzachi tomonidan davlat xizmati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorlik darajasi, davlat xizmati sohasining isloh qilinish zarurati, uni isloh qilishning asosiy natijalari qanday bo’lishi lozimligi, davlat xizmatchisining o’ziga tortuvchi jozibali jihatlar nimalardan iboratligi, davlat xizmati kadrlarining salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi omillar, soha kadrlari zaxirasini shakllantirish, samarali faoliyat olib borish yo’llari, davlat boshqaruvi organlari va jamoatchilik o’rtasidagi aloqa turlari, davlat xizmatida korruptsiyaning oldini olish uchun qanday chora-tadbirlar qabul qilinishi lozimligi, davlat xizmatchilari uchun qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy kafolatlarning etarlilik darajasi kabi masalalar yuzasidan o’tkazilgan so’rov natijalari tahlil qilindi.

“Kadrlar siyosati, xizmat vazifalarining bajarilishini baholash tizimi va standartlari” deb nomlangan so’nggi ma’ruzani O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kadrlar bo’limi xodimi S.Buzrukxodjaev olib borordi. Ma’ruzada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmoniga ko’ra 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida, shuningdek, 2017 yil 22 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida, «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat Dasturida qo’yilgan asosiy vazifalar doirasida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida amalga oshirilish lozim bo’lgan vazifalar, mazkur vazirlikda xodimni kompleks baholash va mehnat qilishga intilishini kuchaytirish usullari, kasbiy omilkorlikni baholash jarayoni, ularni  baholash usullari haqida so’z yuritildi.
Konferensiya ishi davomida ishtirokchilar qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar va o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar.

Konferensiya yakunida 2017-2018 yillarga mo’ljallangan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha Davlat dasturi doirasida davlat xizmatchisining xizmat majburiyatlari bajarilishining samaradorligi mezonlari, standartlari va uning sifatini baholash tizimiga oid milliy va xalqaro tajriba yuzasidan fikr almashindi hamda xulosaviy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu taklif va tavsiyalar aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlab, chek qo’yish hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabablar va oqibatlarni bartaraf etishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Umuman, o’tkazilgan tadbirda har bir ma’ruzaning mazmuni konferensiya maqsadlariga javob beradi.

Concrete

Concrete

Concrete

Concrete

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 30 Aprel 2018 18:27

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 914 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!