РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI, “OʻZPAXTASANOAT” AJ HAMDA TEGISHLI VAZIRLIK VA IDORALARNING RAHBAR XODIMLARI ISHTIROKIDA VIDEOSELEKTOR YIG'ILISHI HAQIDA MA'LUMOT

30
Apr 2018
590 marta ko'rildi

MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI BOSH BOSHQARMASI, “OʻZPAXTASANOAT” AJ HAMDA TEGISHLI VAZIRLIK VA IDORALARNING RAHBAR XODIMLARI ISHTIROKIDA VIDEOSELEKTOR YIG'ILISHI HAQIDA MA'LUMOT

2018 yilning 26 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari N.Otajonov raisligida Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va “Oʻzpaxtasanoat” AJ hamda tegishli vazirlik va idoralarining rahbar xodimlari ishtirokida videoselektr yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Yigʻilishda Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3281-sonli qarorining ijrosi yuzasidan “Oʻzpaxtasanoat” AJ paxta tozalash korxonalarida 2017 yil paxta hosilidan 2018 yil uchun urugʻlik chigitni tayyorlanishi va zahira yaratilishi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida paxta tozalash korxonalarining moliyaviy natijalariga taʼsir koʻrsatgan holatlar muxokama qilindi.

Shuningdek, yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 yanvardagi PQ-3483-sonli qaroriga asosan 2017 yilda yetishtirilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlashni tugallagan paxta tozalash korxonalarida qayta ishlangan paxta xom-ashyosi xajmi, olingan tola va boshqa mahsulotlar qoldigʻini inventarizatsiya qilish masalalari muhokama qilinib, tegishli chora tadbirlar belgilandi.

Muhokamalar natijasi boʻyicha “Oʻzpaxtasanoat” AJga kelgusi yil paxta hosili uchun urugʻlik chigitni tayyorlash prognoz koʻrsatkichlari loyihasini tayyorlashda avvalgi yillarda haqiqatda ekishga sarflangan urugʻlik chigit va saqlash uchun olib qoʻyilgan urugʻlik chigit hajmlari hamda Hukumat tomonidan paxta ekin maydonlarini kamaytirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni hisobga olish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, “Oʻzpaxtasanoat AJga joriy yil 1 iyuligacha har bir paxta tozalash korxonalarida:
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini aniqlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha;
- moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini chuqur taxlil qilib,  xarajatlar tarkibidagi samarasiz va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish choralarini belgilash;
- tahliliy maʼlumotlar asosida har bir korxonaning rentabel faoliyat yuritishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasini topshirilishi.

Oxirgi o'zgartirish Chorshanba, 02 May 2018 14:25

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 494 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd