РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

MOLIYA VARLIGI MA'LUM QILADI

30
Apr 2018
411 marta ko'rildi

MOLIYA VARLIGI MA'LUM QILADI

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Daryo.uz” va “Sputnik” sahifalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “O’zbekistonda tamaki mahsulotlari narxi 50 foizga oshadi” ruknidagi ma’lumotlarni  ko’rib chiqib quyidagilarni ma’lum qiladi.

2018 yil uchun o’rnatilgan aktsiz soliq stavkalarining o’zgarishi hozirgi kunga qadar  qayta ko’rib chiqilmagan va  ularning qayta oshirilishi to’g’risidagi ma’lumotlar asosli emas.

Ma’lumot uchun: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-3454-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 yanvardan aktsiz markalarining oshirilishi amalga kiritilgan bo’lib, ular mutlaq summada (har bir birlik uchun so’mda) belgilangan.

Bundan tashqari, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi qonun hujjatlariga muvofiq ko’chmas mulkning belgilanadigan kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shu munosabat bilan mol-mulk soliq stavkasi qayta ko’rib chiqilgan va 0,2 foiz miqdorida belgilangan (2017 yilda bu ko’rsatkich 1,7 foizni tashkil qilgan).

Eslatib o’tamizki, yuqorida ta’kidlab o’tilgan  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3454-sonli qaroriga muvofiq, kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda mol-mulkni soliqqa tortish tartibiga o’tishda soliq yukini keskin ortib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida, kadastr qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlangan jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i summasi 2017 yilda hisoblangan soliq summasining 1,2 barobaridan oshmasligi qat’iy belgilab qo’yilgan.

 

 

Oxirgi o'zgartirish Dushanba, 30 Aprel 2018 18:04

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 699 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!