РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

2018 YIL 9 DEKABRDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA OʻTKAZILDI

10
Dek 2018
630 marta ko'rildi

2018 YIL 9 DEKABRDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA OʻTKAZILDI

Concrete

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda buxgalterlar va auditorlar professional jamoati tomonidan buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi Rossiya va xalqaro auditorlik tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari ishtirokida “Iqtisodiyotning globallashuvi sharotida buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni takomillashtirish: nazariya, amaliyot, istiqbol” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʻtkazildi.

Concrete

Konferentsiyaning asosiy maqsadi 2018 yil uchun auditorlik xizmatlari bozorini rivojlantirish natijalarini shakllantirish va 2019 yil uchun auditorlik faoliyatini rivojlantirishning navbatdagi yoʻnalishlarini aniqlash hamda Auditning xalqaro standartlarini qoʻllashning Rossiya amaliyotini oʻrganish boʻldi. Konferentsiyada auditorlik faoliyatini isloh qilishning milliy amaliyoti bilan tanishtirish uchun Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi boʻlim boshligʻi – Haydarov Sh.U. soʻzga chiqdi.

Concrete

Konferentsiya ishtirokchilari uchun xoʻjalik yurituvchi subʼektlar faoliyati samaradorligi va tahlilini aniqlash masalalari boʻyicha M.V. Lomonosov nomidagi MDU kafedrasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori Sheremet A.D. (RFda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, RFda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi, Rossiya Moliya vazirligi qoshidagi Auditorlik faoliyati boʻyicha kengashning Ishchi organi aʼzosi, NNT “Hamdoʻstlik auditorlari assotsiatsiyasi” Prezidenti) tomonidan mahorat darsi oʻtkazildi.

Concrete

Shuningdek, konferentsiya davomida Rossiyada auditni rivojlantirishning muammolari va istiqbollari boʻyicha Nosova O.A. maʼruza qildi (“Hamdoʻstlik auditorlari assotsiatsiyasi” Bosh direktori, auditorlik va nazorat-tashtif faoliyatini qonunchilik bilan taʼminlash boʻyicha RF Davlat Dumasining Ekspert kengashi aʼzosi). I.f.n. N.V. Kobozovaning (“Hamdoʻstlik auditorlari assotsiatsiyasi” sifat nazorati boʻyicha direktori, Rossiya Moliya vazirligi qoshidagi Auditorlik faoliyati boʻyicha kengashning Ishchi organi aʼzosi, “Konsalt-Audit” MChJ direktori) maʼruzasi auditorlik xizmatlari sifatini oshirish instrumenti sifatida tashqi nazoratga bagʻishlandi. Konferentsiya doirasida Tulaxodjayeva M.M. (Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengash raisi, TDIUning “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi professori) “Auditorlik tashkilotlari renkingini oʻtkazish” taqdimotini taqdim qildi. Maʼruzalar va taqdimot materiallari hamda buxgalteriya hisobi, tahlil va audit sohasidagi amaliy masalalar boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi.

Concrete

Concrete

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Dekabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
            1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 402 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!