РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

2016 YILDA DAVLAT DASTURIGA KIRITILGAN MELIORATIV OBʼEKTLARDA QURISH VA QAYTA QURISH ISHLARI YAKUNLANGAN LOYIHALARNI FOYDALANISHGA TOPSHIRISH

29
Sen 2016
930 marta ko'rildi

2016 YILDA DAVLAT DASTURIGA KIRITILGAN MELIORATIV OBʼEKTLARDA QURISH VA QAYTA QURISH ISHLARI YAKUNLANGAN LOYIHALARNI FOYDALANISHGA TOPSHIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2016 yil 30 maydagi №50-sonli bayoni va Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Jamgʻarmasini boshqarish Departamentining 2016 yil 30 maydagi №32-AGʻ-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nazorat rejasi asosida:

joriy yilning 1 sentyabr holatiga 107,56 mlrd. soʻmlik 631,2 km ochiq va 199,4 km uzunlikdagi yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 3 dona meliorativ nasos stantsiyalarini, 129 dona vertikal drenaj quduqlarini va 25 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va qayta qurish ishlari

shuningdek 128,0 mlrd.soʻmlik, jumladan 12008,0 km ochiq va 648,9 km yopiq-yotiq kollektor drenaj tarmoqlari, 435 dona vertikal drenaj quduqlari, 3 dona meliorativ nasos agregatlari, 638 dona kuzatuv quduqlari va 1205 dona gidrotexnik inshootlarda taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi.

Ushbu tadbirlar doirasida rekonstruktsiya qilish va qurish ishlari yakunlangan 36 ta meliorativ obʼektlarni yakunlash va ekspluatatsiyaga tantanali topshirish ishlarini joylardagi viloyat va tuman xokimligi, fermer xoʻjaliklari, suv isteʼmolchilari uyushmalari va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida grafik asosida amalga oshirildi, jumladan Buxoro viloyatida (6 ta obʼekt), Jizzax viloyatida (5 ta obʼekt), Surxondaryo viloyatida (10 ta obʼekt), Sirdaryo viloyatida (5 ta obʼekt), Samarqand viloyatida (3 ta obʼekt), Qashqadaryo viloyatida (2 ta obʼekt), Namangan viloyatida (2 ta obʼekt).

Qishloq xoʻjaligi sohasida ish olib borayotgan fermer xoʻjaliklari ekin maydonlari meliorativ holatini yaxshilash maqsadida:

- Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Jilvon” kollektorida quvvati 1,1 m³/sek boʻlgan 1942 ga maydon suv taʼminotini hamda 700 ga sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga xizmat qiladigan meliorativ nasos stantsiyasini qurish ishlari;

- Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidagi “Bobotogʻ inʼomi” va “Otaqum mirishkori” SIUlar hududidagi 188 ga sugʻoriladigan maydonda sizot suvlari sathini pasaytirish, yomgʻir va sel suvlarini Amu-Zang kanaliga olib chiqib ketuvchi 12,58 km uzunlikdagi kollektor-drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va qurish ishlari;

- Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 635 ga sugʻoriladigan maydondagi sizot suvlari sathini meʼyoriga tushirish maqsadida 15,77 km uzunlikda yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini qurish ishlari;

- Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 1890 ga maydandagi yer sathidan sizot suvlarini sathini 2,0-2,5 m.gacha pasaytirish maqsadida 12 dona vertikal drenaj quduqlarni rekonstruktsiya qilish va qurish (1-bosqich) ishlari;

- Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagimeliorativ holati nobop boʻlgan 1450 ga maydondagi sizot suvlari sathini pasaytirish va meʼyorida saqlash maqsadida“Yoʻl boʻylab” kollektorining PK92+50 va PK121+10 dagi quvurli oʻtish joylarini rekonstruktsiya qilishishlari;

- Namangan viloyati Uychi tumanidagi 763 ga maydodangi sizot suvlari sathini pasaytirish va meʼyorida saqlash maqsadida 5,378 km uzunlikda “Sassiqsoy” xoʻjaliklararo kollektorini rekonstruktsiya qilish ishlariyakunlanib, mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik bayramiga sovgʻa sifatida tantanali ravishda foydalanishga topshirilishi Respublikamizning agrar sohasini rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biridir.

Oxirgi o'zgartirish Payshanba, 29 Sentyabr 2016 10:40

Izoh qoldiring

Make sure you enter the (*) required information where indicated. HTML code is not allowed.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Aprel 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 238 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!