РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

Moliya vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari boʻyicha hamda uni muvofiqlashtirish bilan ishlaydigan boʻlim tashkilga etishga doir yangi Buyruq qabul qilindi (ko'chirib olish PDF 0.25MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2016 yil 14 oktabrdagi 79-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik hisobot shakllarini tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 8 noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2837) ko'chirib olish (PDF 0.8MB)

Shahar transporti infrastrukturasini yanada rivojlantirish, Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishida yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirish, hamda yoʻlovchilar tashish darajasi va sifatini oshirish, shahar jamoat transportida yuklanishni kamaytirish, shuningdek ekologiya va atrof muhit muxofazasini yaxshilash maqsadida,

1.    Toshkent shahar xokimiyati va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 2017-2019 yillarda “Toshkent metropoliteni” UK Yunusobod yoʻnalishi ikkinchi bosqichi qurilishini yakunlash toʻgʻrisida taklifi kiritilgan;

2.    Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining tugallanmagan ikkinchi bosqichi obʼektlarining bahosi, kayta baxolash xisobi bilan,  2016 yil 1 oktyabrь holatiga koʻra 6,91 mlrd. soʻmga teng.

“Toshkent metropoliteni” DUK  boshqarish strukturasini  takomillashtirish maqsadida, metropolitenyoʻnalishlarini yanada rivojlantirish,  yoʻlovchilar oqimini koʻpaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga  moliya-xoʻjalik faoliyatini samaradorligi va rentabelligini oshirish  maqsadida Toshkent shahaor Xokimiyati, Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi  “Toshkent metropoliteni” DUK ni   “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tashkiliy tuzilmasiga  oʻtkazish haqida taklif kiritdilar.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning korxonalari va “Toshkent metropoliteni” DUK orasida begʻaraz asosida oʻtkazilayotgan mol-mulk qoʻshimcha qiymat soligʻi va yuridik shaxslaring daromad soligʻiga tortilmasligi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20.09dagi 330 –sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 17.09 dagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 273-sonli qaroriga oʻzgartirishlar kiritilgan, statistik maʼlulotlarni tayyorlashda hisobga olinadigan, turli toifadagi yoʻlovchilarni  bepul yurishga xuquq beradigan  oylik yoʻl chiptalari turlari va yagona guvoxnomalar boʻyicha yoʻlovchilarni tashilish soni aniqlangan. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida turizm soxani jadal rivojlantirilishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861 sonli farmonini bajarish yuzasidan va O'zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo'mitasi faoliyatining samarali tashkil etilishini ta'minlash maqsadida:

O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasini faoliyatining asosiy vazifalari va yo'nalishlari etib quyidagilar belgilangan:

- mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga Turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasidagi yagona davlat siyosati o'tkazilishiga yo'naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit kontseptsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta'minlash;

- ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va xududiy dasturlari ishlab chiqarilishini muvofiqlashtirish va amalga oshirish monitoringi, turizm turlarining doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlariga muvofiq bo'lgan turizm infraturizilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarining kredit va grandlarni jalb etish;

Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishda energiya tejamkor texnologiyalarni va tizimlarni joriy qilish ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻlib hisoblanmoqda.

Shunindek yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar va barcha tarmoqlarda energiyani tejash boʻyicha dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi 68-sonli “Viloyatlar markazlarida va shaharlardagi tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. 

Mazkur qarorga muvofiq 2016-2019 yillarda tashqi yoritish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.

I.    Davlat Dasturining bajarilishi 

Melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishiga ixtisoslashtirilgan suv xoʻjaligi ekspluatatsiya va pudrat  tashkilotlarini, shuningdek, suv istʼemolchilarining faoliyatini qoʻllab quvvatlash borasida Kompaniya tomonidan Davlat dasturi asosida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyurtmasiga koʻra  Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2016 yilda jami qiymati 41,2 mlrd soʻmlik 140 dona zamonaviy texnika xarid qilish rejalashtirilgan, shundan 60 dona zamonaviy ekskavator, 21 dona buldozer va 59 dona boshqa texnika va mexanizmlar. Shuningdek, joriy yilda Kompaniya oʻz mablagʻlari  hisobidan qiymati 12,5 mlrd soʻmlik 30 dona zamonaviy texnikalarni xarid qilib, lizing oluvchilarga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga davlat dasturi boʻyicha texnikalarni xarid qilish yuzasidan texnikalar qiymatining 85 foizi miqdorida 37,6 mlrd.soʻm moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga buyurtmanomalar berildi va Jamgʻarma tomonidan 26,7 mlrd soʻm mablagʻ moliyalashtirib berildi. 

Oʻz navbatida, Jamgʻarmadan texnikalar xaridi boʻyicha olingan qarz mablagʻlari boʻyicha Jamgʻarmaga 24,6 mlrd.soʻm qaytarildi.

2016 yilning 9 oyligi davomida davlat dasturi boʻyicha 51 dona va Kompaniya oʻz mablagʻlari hisobidan 16 dona texnika xarid qilinib, shundan 36 dona texnika lizing oluvchilarga yetkazib berildi.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2016 yil 20 dekabrdagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 13-14 yanvar kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 13 yanvar, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

 

1. Yakubov Azad 23. Kim Aleftina
2. Shergoziyev Sarvar 24. Xolmatov Nosirjon
3. Baratov Obid 25. Usmanov Lazizxuja
4. Kambarov Kurbonali 26. Rajapov Jaloliddin
5. Rafeyev Baxriyor 27. Maxametov Kudrat
6. Yusupjanov Alisher 28. Mukimov Maʼrufjon
7. Tursunov Maxamadjon 29. Turabbayev Babirjan
8. Abdullayev Yunusxon 30. Xudoyberdiyev Xoshim
9. Tadjibayev Yerbol 31. Mamatov Sherzod
10. Babanazarova Nilufar 32. Shomarufov Oybek
11. Radjapov Xasan 33. Kirgizbayev Sanjar
12. Tuxsanov Xamza 34. Nurimov Orif
13. Yakubov Matrasul 35. Tashmanov Golib
14. Kim Svetlana 36. Merkulova Valentina
15. Xusaynov Soxibboy 37. Ruzmetova Katerina
16. Xaknazarov Bengnazar 38. Baymatov Rustam
17. Jabborov Neʼmatulla 39. Nosirov Shoodil
18. Jumanov Gulom 40. Xaltayeva Shaxla
19. Kasimov Kaxramon 41. Ikromov Mirzoxid
20. Abduraimova Zarifa 42. Abduraxmanov Nurmaxan
21. Odilov Shoxrux 43. Bozorov Dilshod
22. Nigmatova Aziza    

2016 yil 7 va 14 may kunlari Samarqand shahrida erkaklar oʻrtasida tennis boʻyicha xalqaro “Chellendjer” musobaqasi oʻtkazildi.

Ushbu musobaqada xorijiy davlatlardan 50 ta va 10 ta Oʻzbekistonlik sportchilar ishtirok etib bosh sovrin uchun kurash olib bordilar.

Shuningdek, joriy yil 13-21 may kunlari Samarqand shahrida oʻsmirlar oʻrtasida ham tennis boʻyicha xalqaro “Chellendjer” musobaqasi boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekiston va xorijiy davlatlardan jami 64 nafar oʻsmir tennischilar qatnashishdi.

Tennis boʻyicha xalqaro “Chellendjer” musobaqalarning sovrin miqdori 133100 AQSh dollarini tashkil qildi.

Musobaqalar yuqori saviyada oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 15 sentyabrdagi “2016-2020 yillarda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishga oid chora-tadbir toʻgʻrisida”gi PQ-2592-sonli Qarori, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, charm-poyabzal sanoatini modernizatsiya va diversifikatsiyalash, teri xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshilgan qymatga ega boʻlgan eksportbop tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va ushbu maqsadlar uchun chet el investitsiyalarini keng jalb etish maqsadida qabul qilingan.  

Ushbu qaror bilan teri xom ashyosini qayta ishlash asosida, tashqi bozorda charm-poyabzal maxsulotlariga boʻlgan talabdan kelib chiqib, ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida topshiriq tasdiqlangan. 

Mazkur topshiriqda, 2016-2020 yillar mobaynida 1 683,5 mln. dollar evaziga sanoat maxsulotlararini ishlab chiqarishni tashkil etish koʻzda tutilgan. Jumladan, 29 157 ming juft poyabzal, 2 990,1 mln. kv. dm. Teri xom ashyosini qayta ishlash, shuningdek, 35,6 mln. dollar evaziga teri maxsulotlarini ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. 

2016 yil 9 dekabr kuni “ENG YAXSHI AUDITOR–2016”, “ENG YAXSHI BUXGALTER–2016”, “ENG YAXSHI ICHKI AUDITOR–2016” tanlov natijalariga bagʻishlangan har yilgi tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.  Unda anʼanaga koʻra, Respublika Tanlov Komissiyasining Tashkiliy qoʻmitasi barcha nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni eʼlon qildi.

Mazkur tanlovlarning asosiy maqsadi buxgalter va auditorlik kasblarining nufuzini oshirish, ijtimoiy ahamiyatini kuchaytirish hamda uni yanada rivojlantirishdan iboratdir. Tanlov olti yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda va u barcha kasb egalarini birgalikda toʻplab tanlov gʻoliblarini qutlash uchun ajoyib anʼanaga aylandi.  

Tanlov tashkilotchilari boʻlib, Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi, Oʻzbekiston buxgalterlar federatsiyasi, “Soliq va bojxona xabarlari” haftalik moliyaviy-iqtisodiy gazetasi, “Soliq Info” haftalik ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 17 maydagi 180-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida tashkil topgan.

Bank-moliya akademiyasining koʻp yillik samarali faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasidagi 1000 dan ortiq moliya va sugʻurta tizimlari xodimlari iqtisod magistri darajasiga ega boʻldilar va akademiyaning avval 3 (uch), soʻngra 4 (toʻrt) oylik malaka oshirish kurslarida  90 dan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi rahbar xodimlari  malakalarini oshirdilar.

Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi buyurtmachiligi ostida loyihachi “Yoʻl loyiha byurosi” MChJ tashkiloti tomonidan mukammal ravishda ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida 4R6 “Toshkent shahri – Chirchiq shahri – Chimyon qishlogʻi”  avtomobil yoʻlining 66.6 - 76.5 kilometri va 80 - 81 kilometrlari qismida jami 10.9 kilometr uzunlikdagi 95100 m2 avtomobil yoʻli, 8700 m2 avtoturargohlarga asfaltobeton qoplama yotqizilib, 28288 m2, yaʼni 9.9 km uzunlikdagi yoʻl yoqasini mustahkamlash ishlari, 1 km uzunlikda zamonaviy talablar asosida svetodiodli yoritish tizimlari va metal qovurgʻali ajratuvchi tasmalar toʻliq qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi buyrugʻi bilan 2016 yil 1 dekabrdan eʼtiboran “UVT - INSHURANS” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasiga 2010 yil 1 iyunda berilgan seriyasi SF 00142-sonli litsenziyaning amal qilishi tugatildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini oʻz vaqtida yuritishni va hisobotini tuzishni taʼminlash maqsadida hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining gʻazna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida  2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik oʻquv seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan navbatdagi oʻquv seminarlar joriy yilning 20 oktyabridan  11 noyabriga qadar Andijon viloyatining Andijon shahrida (194 nafar), Xonobod shahrida (33 nafar), Andijon tumanida (126 nafar), Asaka tumanida (124 nafar), Baliqchi  tumanida (111 nafar), Buloqboshi tumanida  (83 nafar), Boʻz tumanida (78 nafar), Jalaquduq tumanida (119 nafar), Isboskon tumanida (115 nafar), Marhamat tumanida (101 nafar), Oltinkoʻl tumanida (106 nafar),  Paxtaobod tumanida (77 nafar),  Ulugʻnor tumanida (62 nafar),   Qoʻrgʻontepa tumanida (140 nafar), Shahrixon tumanida (125 nafar),  Xoʻjaobod tumanida (81 nafar) moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari uchun oʻtkazildi. Mazkur seminarlarda jami 1675 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari oʻz malakalarini oshirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 2016 yil 28 iyunda 163-sonli “Bolalar musiqa va saʼnat maktablarining taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalarini hamda oʻquv rejalariga tushuntirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi tasdiqlandi ko'chirib olish PDF 0.2 MB, Ilova-1 ko'chirib olish PDF 0.4 MB, Ilova-2 ko'chirib olish PDF 0.2 MB;

Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 avgustda 2820-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar taʼminoti uchun ota-onalar toʻlovini undirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2016 yil 12 iyuldagi 7-mh va 52-sonli qoʻshma qarori roʻyxatdan oʻtkazildi;

Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 23 avgustda 2821-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining “Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2016 yil 25 iyuldagi 8-mh va 55-sonli qoʻshma qarori roʻyxatdan oʻtkazildi;

Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 30 sentyabda 2827-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining “Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 2016 yil 23 sentyabrdagi 7, 30-q/q va 72-sonli qoʻshma qarori roʻyxatdan oʻtkazildi;

Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 oktyabrda 2828-son bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki boshqaruvining “Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Salomatlik-3” loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2016 yil 16 sentyabrdagi 66, 70 va 340-V-sonli qoʻshma qarori roʻyxatdan oʻtkazildi.

2016 yilning yanvar - sentyabr oylari holatiga ko’ra O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2011 yil 7 fеvraldagi PQ-1475-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 26 martdagi 69-sonli qarorlari ijrosi haqida ma`lumot  (ko'chirib olish  PDF 0.3MB)

Birjalar savdolar tashkil qilishning maxsus shakli sifatida bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik faoliyatida muhim rol oʻynaydi. Milliy iqtisodiyotlar va jahon xoʻjaligi aloqalar tizimini rivojlantirishda birjalarning oʻrni kattadir.

Bizning yurtimizda ham qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda birja faoliyati muhim rol oʻynaydi. “Toshkent” Respublika Fond Birjasi tomonidan 2016 yil 9 oyi davomida birja bitimlari hajmi 170,4 mlrd.soʻmni tashkil qilgan, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshgan (2015 yil 9 oyi davomida – 113,5 mlrd.soʻmni tashkil qilgan). Hisobot davrida 95 ta aksiyadorlik jamiyatlarining jami 222,8 mln.dona qimmatli qogʻozlari sotilgan. Oʻsish surʼatlari birja bitimlari sonining oʻsishi bilan bogʻliqdir, ularning soni 2193 ni tashkil qilgan, bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan (1844 dona bitim) 1,2 barobarga oshgan.

2016 yil 30 sentyabr holatiga birja kotirovka varagʻiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari kapitallashuvining bozor koʻrsatkichi 9054,0 mlrd.soʻmni tashkil qilgan.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi veb-saytida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabuli uchun Azimov Rustam Sodikovich, virtual qabulxonasi ochdi. 

Virtual qabulxona manzili www.mf.uz. Mazkur veb-sayt foydalanuvchilari yuqoridagi manzilga kirib, maxsus shaklini toʻldirish orqali oʻz arizalari, shikoyatlari va takliflarini qoldirishlari mumkin. 

Moliya vazirligi murojaat yuborishida elektron raqamli imzo boʻlishi talab qilinmaydi.

Koʻrsatkichlar Soni, kishi
1.    Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami 37
shulardan kelmaganlar 8
2.    Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 23
3.    Malaka imtihonidan oʻtmaganlar 6

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi stavkalari toʻgʻrisida ma'lumot (ko'chirib olish PDF 0.3MB)

24.10.2016 yil holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokkerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri (ko'chirib olish PDF 0.3 MB

“Ishonch telefoni” 24 soat davomida ishlab turishi va fuqarolardan tushayotgan murojaatlarni uzluksiz qabul qilish uchun, ishdan tashqari vaqtlarda kelayotgan shikoyatlarni avtomatik tarzda yozib olish va saqlash sistemasi ishga tushurildi (TP-Link rusumli modem drayver komponentlari qoʻyildi hamda kompyuterga Ventafax 5.0 dasturi oʻrnatilib avtootvetchik funktsiyasiga ulandi).

Gʻaznachilik, Pensiya, ish haqi toʻlovi masalalari hamda tender va tanlov savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi yuzasidan 2016 yil 3-choragida bosh boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga fuqarolardan 451 ta murojaatlar kelib tushdi.

2016 yilning uchinchi choragida umumiy qiymati 75,0 mln. doll. teng 50 ta grant quyidagi yoʻnalishlarga jalb qilindi:

- sogʻliqni saqlash, taʼlim va xodimlarning malakasini oshirish (32 grant) -   38,3 mln. doll.
 
- qishloq va suv xoʻjaligi (2 grant) -   15,0 mln. doll.
 
- ijtimoiy himoya, madaniyat va sportni rivojlantirish (10 grant) -11,1 mln. doll.
 
- huquqni muhofaza qilish va bojxona organlarini texnik jihozlash va institutsional rivojlantirish (2 grant) -   8,3 mln. doll.
 
- iqtisodiyot, moliya bozori va tadbirkorlikni rivojlantirish (1 grant) -   0,5 mln. doll.
 
- boshqa yoʻnalishlar (3 grant) - 1,8 mln. doll.
 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 sentyabr kuni oʻtkazilgan 78-sonli yigʻilish bayoni va Moliya vazirligining 2010 yil 22 martdagi 48-sonli buyrugʻi talablari ijrosi yuzasidan hududiy Gʻaznachilik boshqarmalari va ularning tuman (shahar)lari boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning rahbarlari hamda moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari ishtirokida 2016 yilning noyabr oyida oʻtkaziladigan seminar-yigʻilishlarda Moliya vazirligi Gʻaznachiligi tomonidan ishtirok etadigan masʼullar ko’rish uchun ushbu havola (PDF 0.34MB) orqali yuklab olishingiz mumkin.   

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21martdagi PQ-1730-son "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorida davlat organlari tomonidan aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng koʻlamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni taʼminlash boʻyicha bir qator vazifalar nazarda tutilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi 445-son “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, ulardan chakana savdoda, kommunal xizmatlarga va xizmatlarning boshqa turlariga toʻlovlarni amalga oshirishda foydalanish, shuningdek pul mablagʻlarining bankdan tashqari aylanishini qisqartirish koʻzda tutilgan.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2016 yil 11 oktyabrdagi buyrugʻiga asosan 2016 yilning 28-29 oktyabr kunlarida (imtihon boshlanishi 2016 yil 28 oktyabr, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:
 

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                (mln. doll. AQSH)

Loyiha nomi

 

XMI/

donor mamlakatlar

 

Kredit summasi

Loyiha summasi

 

Loyiha maqsadi

Imzolangan sana

1.

Kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatdan o’tkazish tizimini takomillashtirish

Jaxon banki

20,0

35,77

Kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatdan o’tkazish integratsiyalashtirilgan informatsion tizimini ishlab chiqib tadbiq etish, ko’chmas mulk va kadastr bo’yicha ma’lumotlarni elektron shaklga o’tkazish, ma’lumotlar bazasi va texnik qo’llanmalar ishlab chiqish

16.09.2016y.

Jami:

 

20,0

35,77

 

 

Muzokaralar maqsadi

Muzokaralar soni

- Moliya vazirligi rahbariyatining halqaro moliyaviy institutlari (HMI), xorijiy mamlakatlar hukumatlari, xorijiy banklar va kompaniyalari vakillari bilan uzoq muddatli moliyaviy iqtisodiy hamkorlik, hamkorlikning yangi istiqbolli sohalarini muhokama etish, shuningdek, ayrim strategik jihatdan muhim investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan rasmiy uchrashuvlari;

54

 - HMI va donor mamlakatlari missiyalari va vakillari bilan yangi loyihalarni tayyorlash va joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha ishchi uchrashuvlar;

- boshqa joriy masalalar yuzasidan uchrashuv va muzokaralar.

 

Toshkent shahar Xoʻjalik sudining 2016 yil 24 maydagi hal qiluv qaroriga asosan “Agro Invest Sug'urta” Aktsiyadorlik jamiyatiga 2014 yil 21 oktyabrda berilgan seriyasi SF 00199 - raqamli litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Toshkent shahar Xoʻjalik sudining appelyatsion instantsiyasining 2016 yil 28 iyuldagi qaroriga asosan Toshkent shahar Xoʻjalik sudining 2016 yil 24 maydagi hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining kassatsiya instantsiyasining 2016 yil 21 sentyabrdagi qaroriga asosan Toshkent shahar Xoʻjalik sudining 2016 yil 24 maydagi hal qiluv qarori va Toshkent shahar Xoʻjalik sudining appelyatsion instantsiyasining 2016 yil 28 iyuldagi qarori oʻzgarishsiz qoldirildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrugʻi bilan 2016 yil 27 sentyabrda “Agro Invest Sug`urta” Aktsiyadorlik jamiyatiga muvaqqat maʼmuriyat tayinlandi.
 

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2016 yil 30 maydagi №50-sonli bayoni va Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Jamgʻarmasini boshqarish Departamentining 2016 yil 30 maydagi №32-AGʻ-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nazorat rejasi asosida:

joriy yilning 1 sentyabr holatiga 107,56 mlrd. soʻmlik 631,2 km ochiq va 199,4 km uzunlikdagi yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 3 dona meliorativ nasos stantsiyalarini, 129 dona vertikal drenaj quduqlarini va 25 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va qayta qurish ishlari

shuningdek 128,0 mlrd.soʻmlik, jumladan 12008,0 km ochiq va 648,9 km yopiq-yotiq kollektor drenaj tarmoqlari, 435 dona vertikal drenaj quduqlari, 3 dona meliorativ nasos agregatlari, 638 dona kuzatuv quduqlari va 1205 dona gidrotexnik inshootlarda taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini taʼminlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining gʻazna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida  2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik oʻquv seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan navbatdagi oʻquv seminarlar joriy yilning 11 avgustidan 23 avgustiga qadar Xorazm viloyatining Urganch  shahrida (139 nafar), Urganch tumanida (89 nafar), Yangibozor tumanida (79 nafar), Gurlan tumanida (114 nafar), Shovot tumanida (118 nafar), Qoʻshkoʻpir tumanida  (123 nafar), Xiva tumanida (133 nafar), Yangiariq tumanida (89 nafar), Bogʻot tumanida (105 nafar), Xazorasp tumani (143 nafar), Xonqa tumani (123 nafar) moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari ishtirokida oʻtkazildi. Mazkur seminarlarda jami 1255 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari oʻz malakalarini oshirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda qonunchilik normalariga muvofiq byudjet tashkilotlarida belgilangan buxgalteriya hisobi va hisobotining sifatli ijrosini taʼminlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlarini Davlat byudjetining gʻazna ijrosi sharoitida ishlashga tayyorlash borasida  2016 yil davomida respublikamizning har bir tuman va shaharlarida byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari uchun bir kunlik oʻquv seminarlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

Yuqorida qayd qilingan va tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan navbatdagi oʻquv seminarlar joriy yilning 05 avgustidan 16 avgustiga qadar Navoiy viloyatining Uchquduq  tumanida (48 nafar), Tomdi (42 nafar), Zarafshon tumanida (43 nafar), Konimex tumanida (69 nafar), Navbahor tumanida (85 nafar), Qiziltepa tumanida  (109 nafar), Karmana tumani (74 nafar), Navoiy shahri (77 nafar), Xatirchi tumani (123 nafar), Nurota tumani (116 nafar) moliya-hisob boʻlinmalari xodimlari uchun oʻtkazildi. Mazkur seminarlarda jami 786 ta byudjet tashkilotlarining moliya-hisob xodimlari oʻz malakalarini oshirdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi PQ-2458-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbek milliy avtomagistrali” tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllari uchastkalarini qurish va rekonstruktsiya qilish dasturiga asosan joriy yilda 513,0 km uzunlikdagi (451,0 km asfaltobeton va 62,0 km tsementobeton qoplamali) avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlarini bajarish rejalashtirilgan.

Respublika yoʻl jamgʻarmasi tomonidan 2016 yil 1-yarim yilligida tasdiqlangan dasturga muvofiq, 158,3 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarida qurilish, rekonstruktsiya va toʻla taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan boʻlib amalda 190,8 km uzunlikdagi avtomobil yoʻllarida qurilish ishlari bajarildi. Amalga oshirilgan loyihalarda 157,1 km qayta qurish ishlari hamda 33,7 km toʻla taʼmirlash ishlari bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tashabbusi bilan Shayxontohur tuman Moliya, Gʻaznachilik hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari uchun 2016 yil yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi.

Rasmlar ko'rish uchun quyidagi havolagani bosing

2016 yilning ikkinchi choragida umumiy qiymati 47,7 mln. doll. teng 89 ta xorijiy grant quyidagi yo‘nalishlarga jalb qilindi :

 

sog‘liqni saqlash, ta'lim va xodimlarning malakasini oshirish (42 grant) -20,0 mln. doll.
huquqni muhofaza qilish va bojxona organlarini texnik jihozlash va institutsional rivojlantirish (7 grant) -9,6 mln. doll.
uy-joy, transport va energetik infratuzilmalarni rivojlantirish (4 grant) -6,8 mln. doll.
davlat boshqaruvi organlarini institutsional rivojlantirish va moddiy-texnika bilan jizohlash (3 grant) -6,2 mln. doll.
ijtimoiy himoya va madaniyatni rivojlantirish
(12 grant)
-2,1 mln. doll.
qishloq va suv xo‘jaligi (11 grant) -1,4 mln. doll.
ekologiya (4 grant) -0,9 mln. doll.
boshqa yo'nalishlar (6 grant) -0,7 mln. doll.

Ko‘rsatkichlar

Soni, kishi

 1. Malaka imtixoniga qo‘yilgan da‘vogarlar, jami

39

shulardan kelmaganlar

7

2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

23

3. Malaka imtihonidan o‘tmaganlar

9

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1989-son qaroriga muvrfiq “Elektron hukumat” axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarini yaratish, telekommunikatsiya infrastrukturasini yanada rivojlantirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi oʻlaroq, mamlakatimiz elektron hukumati xalqaro miqyosda eʼtirof etildi. Joriy yilning 30 iyulida eʼlon qilingan “Birlashgan millatlar tashkilotining elektron hukumat boʻyicha tadqiqoti” nomli hujjatda Oʻzbekiston 20 pogʻonaga koʻtarildi va 193 davlat orasida 80-oʻrinni egalladi. Ushbu hujjatga koʻra, Oʻzbekiston rivojlanish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan oʻn davlatdan biri boʻlib, oʻrtacha rivojlanish indeksiga ega boʻlgan davlatlar guruhidan yuqori rivojlanish indeksiga ega davlatlar guruhiga kiritildi.

Miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra juda ulkan va murakkab bo‘lgan bunday zamonaviy loyihani aynan hozirgi kunda – mustaqil O‘zbekistonning salohiyat va imkoniyatlari yanada yuksalib borayotgan bir paytda amalga oshirishga erishganimiz albatta bejiz emas. 

Bugungi voqeaning mohiyati va ahamiyati haqida gapirganda, avvalo Qamchiq tunneli orqali Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning markazi va boshqa hududlari bilan bog‘laydigan ushbu temir yo‘l qurib bitkazilishi bilan O‘zbekistonda yagona, mustaqil milliy transport kommunikatsiya tizimi to‘la shakllangani, hech shubhasiz, hammamizga xursandchilik va g‘urur-iftixor yetkazadi. 

Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari paydo bo’lishi va Moliya vazirligining axborot tizimlarini rivojlanishi tashkilotdagi axborot xavfsizligiga yangi tahdidlar yaratadi hamda axborot xavfsizligiga zamonaviy tizimlar kiritish ehtiyojini yaratadi.
 

2016 yil 20 iyul kuni Xalqaro Bank-Moliya Markazida “Oʻzbekiston lizing beruvchilar uyushmasi”ning 2016 yil I yarim yillik yakunlariga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish davomida hisobot davri yakunlari muhokama qilindi va Oʻzbekistonda lizing bozori rivojlanishining vazifa va ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi

organlari rahbarlari diqqatiga

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 18 dekabrdagi PQ-2450 sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibini yanada takomillashtirish va xodimlari sonini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan boshqaruv xodimlarining belgilab qoʻyilgan cheklangan sonini davlat va xoʻjalik boshqaruv organlarining tomonidan rioya qilinishi ustidan Moliya vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi doimiy monitoring oʻtkazib, monitoring natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga jamlanma axborot taqdim etish belgilangan. 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 937 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!