РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

Koʻrsatkichlar Soni, kishi

1. Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar,
    jami

50

shulardan kelmaganlar

11

2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

25

3. Malaka imtihonidan oʻtmaganlar

14

 


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonunchilikni, shu jumladan sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni takomillashtirilishini davom ettirmoqda.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017 yil 4 sentyabrdagi 128-son “Sugʻurtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi qabul qilindi (roʻyxat raqami 1945-3, 2017 yil 21 sentyabr).

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori bilan (roʻyxat raqami 2329-4, 2017 yil, 28 iyul) Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maʼlum qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining umumtaʼlim va oʻquv-yordamchi muassasalarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi 2017 yil 13 iyul 226-sonli buyrugʻi tasdiqlandi (Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan).

Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106 sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan mazkur buyruqqa asosan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining umumtaʼlim va oʻquv-yordamchi muassasalarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻiga oʻzgartirish kiritildi.

Concrete

2017 yil 14 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida “Davlat moliyasi hamda davlat xaridlarini isloh qilish yoʻnalishida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat byudjeti gʻazna ijrosi sharoitida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Mazkur matbuot anjumani Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi hamda Oʻquv markazi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda vazirliklar, idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, OAV orqali jamoatchilikni davlat moliyasi tizimini isloh etish va mablagʻlarni boshqarishning joriy jarayonlari, dolzarb muammolari va tizimda amalga oshirilgan tarkibiy oʻzgartirishlar bilan tanishtirish boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi baʼzi hujjatlarga oʻzgarishlar kiritildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017 yil 19 iyuldagi 109-son “Sugʻurta tashkilotlari tomonidan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi (roʻyxat raqami 1517-2, 2017 yil 9 avgust) (QHT 2017 y., 32-son, 824-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017 yil 2 avgustdagi 118-son “Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyruqlari (roʻyxat raqami 1891-1, 2017 yil 29 avgust) (QHT 2017 y., 35-son, 938-modda) qabul qilindi.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 7 sentyabrdagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 28-29 sentyabr kunlari (imtihon boshlanishi 2017 yil 28 sentyabr, soat 10:00da) Oʻzbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy Assotsiatsiyasida oʻtkaziladi (manzil: Toshkent sh., Bodomzor yuli, 1A.).

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

F.I.Sh. F.I.Sh.
1 Bozorov  Dilshod 26 Pak Galina
2 Prokudina  Kristina 27 Akbarova Rabiya
3 Yusupova  Zamira 28 Deputat Liliya
4 Turabbayev  Babirjan 29 Raximdjanov Rashid
5 Xamrayev  Furkat 30 Xismatova Liliya
6 Fayziyeva  Muxayyo 31 Gaybulloyev  Muxidillo
7 Sirojiddinov  Ikromiddin 32 Rayimjonova  Gulnoza
8 Odilov  Shoxrux 33 Djamalov  Nodirbek
9 Shakarov  Kilich 34 Pirnazarov  Baxram
10 Shergoziyev  Sarvar 35 Ogay Larisa
11 Ergasheva  Gulandon 36 Xasanova Dilfuza
12 Isakov Alimjon 37 Zukal Stanislav
13 Shabanov Anatoliy 38 Mixaylov Aleksandr
14 Son Yevgeniya 39 Rampfel Tatyana
15 Ernazarov  Arifjon 40 Zulfikarov Xudoyberdi
16 Mirxanov  Mirkomil 41 Ergashev Berkin
17 Yakubdjanova Lutfi 42 Norkabilov Sanjar
18 Pulatov  Murod 43 Tsoy  Svetlana
19 Dadajonov  Rustamali 44 Saliyev Sirojiddin
20 Jukov Oleg 45 Davlatov  Shuxrat
21 Niyazova  Matlyuba 46 Nurmatov Atabek
22 Xolmatov Marufjon 47 Xodjayev Muzaffar
23 Xaknazarov  Bengnazar 48 Xoldorova Alfiya
24 Badin  Vyacheslav 49 Mavlyanov Rustam
25 Ososkov  Viktor 50 Jabbarov  Kamaliddin

Moliya vazirligi Gʻaznachiligi boshligʻining birinchi oʻrinbosari D. Pulatov Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi “Tarraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda “Mening yurtim” telekanalida “Tadbirkorlardan savol” mavzusi boʻyicha tayyorlangan dasturida ishtirok etdi.

Mazkur telekoʻrsatuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi PQ-3166-son bilan tasdiqlangan “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlar tizimini yanada isloh qilish chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaror ijrosi va tadbirkorlarni qiziqtirgan savollar bo’yicha suhbat boʻlib oʻtdi.

Ushbu telekoʻrsatuvda ishtirokchilar tomonidan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berilib, xususan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga kiritilgan yangiliklar toʻgʻrisida muhokamalar oʻtkazildi.

2016 yilning 5 oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unda “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi, shuningdek bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi bir qator (“Davlat xizmati toʻgʻrisida”gi, “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi) Qonunlarni ishlab chiqish koʻzda tutilgan.

Mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan Parlamentga “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi kiritildi. 2017 yilning 4 yanvar kuni qabul qilingan ushbu hujjat mamlakatimizdagi korruptsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslarini belgilab, u 6 ta bob va 34 moddadan tashkil topdi.

Qonunning asosiy maqsadi korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish sohasidagi munosabatlarni kompleks ravishda tartibga solish hisoblanadi.

Qonunda belgilangan asosiy yoʻnalishlar davlat idoralari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korruptsiyaga qarshi kurashish choralarining samardorligini oshirish, jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaga oid hodisalarga yoʻl qoʻymaslik, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iboratdir.

Joriy yilning 25-30 avgust kunlari Samarqand shahrida "Sharq taronalari" XI-xalqaro musiqa festivali boʻlib oʻtdi.

Agarda, birinchi marotaba 1997 yilda Samarqandda oʻtkazilgan musiqa bayramiga 31 ta davlatdan 57 ta ishtirokchilar tashrif buyurgan boʻlsalar, bu yilgi xalqaro festivalga 58 ta davlatdan 241 ta isteʼdodli ijrochilar ishtirok etdilar.

Shu bilan birga, festivalga 135 nafar diplomatik korpus vakillari va 150 nafar YUNESKOning xalqaro konferensiya ishtirokchilari ham tashrif buyurishdi.

Viloyat markazlari, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahri hamda investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan hududlarda suv taʼminoti xizmati tariflari darajalari toʻgʻrisida maʼlumot (ko'chirib olish PDF 0.26MB)

Viloyat markazlari, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahri hamda investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgan hududlarda oqova suv (kanalizatsiya) xizmati tariflari darajalari toʻgʻrisida maʼlumot (ko'chirib olish PDF 0.26MB)

Viloyat markazlari, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar va Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti xizmati tariflari darajalari toʻgʻrisida maʼlumot (ko'chirib olish PDF 0.26MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2017 yil 4 iyuldagi 94, 2017-34-son “Bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining minimal miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qarori davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. (roʻyxat raqami 2854-1, 2017 yil 11 iyul) (QHT 2017 y., 28-son, 669-modda).

Axborot texnologiyalari jamiyatning kundalik hayotiga mustahkam kirib bordi. Axborot texnologiyalarni faol rivojlantirish nafaqat yangi asbob-uskunani ishlab chiqish, balki bundan koʻra takomillashtirilgan, funktsional va foydalanishda qulay dasturiy taʼminotni yaratish bilan bogʻliq.

Shu bilan birga, bugungi kunda biz kuzatayotgan rivojlanishning axborot tendentsiyalari koʻp sonli yangi texnologiyalarni yaratishga tayanadi. Ularning aksariyati ochiq platformalar va standartlarga asoslangan. Internetdan foydalanadigan Google, Facebook, Amazon, Ebay tizimlarida qoʻllaniladigan saytlar va texnologiyalar aksariyati ochiq texnologiyalar asosida tuzilgan. Ayni damda zamonaviy ochiq texnologiyalar maʼlumotlar bazalarini boshqarish bozorida, shuningdek foydalanuvchi darajasidagi qarorlarda propretar tijorat tizimlaridan bozorni faol tortib olmoqda.

2017 yilning 19-21 iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Federal Gʻaznachilik boshligʻi oʻrinbosari S.E. Prokofьev boshchiligida Federal Gʻaznachilik (Rossiya Federatsiyasi) delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Rossiya deleatsiyasining tashrifi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yilning aprelida Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida Moskva shaxrida imzolangan Rossiya Federal Gʻaznachiligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻrtasida texnik hamkorlik Memorandumi doirasida tashkil etildi. 

1. Byudjet tashkilotlarida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari toʻgʻrisida

Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2017 yilning 1-yarim yilligida ish reja va huquq tartibot organlarining topshiriqlariga asosan 6 623 ta nazorat tadbirlari oʻtkazilgan va uning 5 978 tasida 48 150,7 mln.soʻm miqdorida kamomad, oʻzlashtirish va noqonuniy xarajatlar aniqlangan. 
Aniqlangan kamomad, oʻzlashtirish va noqonuniy xarajatlardan 
39 099,9 mln.soʻmi undirilib, 2 068 ta materiallar 35 701,8 mln.soʻmlik zarar bilan qonunda belgilangan tartibda chora koʻrish uchun huquq tartibot organlariga yuborildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Qarori 2017-2021 yillar mobaynida Toshkent shahrida elektrlashtirilgan tezyurar ikkiyoʻlli aylanma temir yoʻlini bosqichma-bosqich qurishni koʻzda tutadi.

Auditor malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 3 iyuldagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 27-28 iyul kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 27 iyul, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

F.I.Sh.

F.I.Sh.

1. Nasirova Lola 23. Gulbayev Mamat
2. Odilov Shoxrux 24. Shakarov Kilich
3. Ibragimov Azimxuja 25. Bekimbetov Zaripbay
4. Suyarkulov Nozim 26. Kosbergenov Batirbek
5. Xasanova Dilfuza 27. Shergoziyev Sarvar
6. Abdukodirov Otabek 28. Xujabekov Nizomiddin
7. Saliyev Ilxomjon 29. Kim Natalya
8. Bekerova Olesya 30. Ergasheva Gulandon
9. Tuxtaxujayev Saidkamal 31. Abdullayev Baxodir
10. Li Aleksandr 32. Tsoy Svetlana
11. Askarov Baxodir 33. Abdullayev Oybek
12. Mamatov Sherzod 34. Ummatov Vaxid
13. Kovaleva Marina 35. Saliyev Sirojiddin
14. Tolmacheva Aleksandra 36. Alavxonov Solexon
15. Son Yevgeniya  37. Muzaffarov Alisher
16. Turgunboyev Abdulvafo 38. Ruzimov Mansurbek
17. Nurtayev Asror 39. Pulatov Murod
18. Fisher Mariya     40. Dadajonov Rustamali
19. Nurmatov Atabek 41. Gofurjonov Sherzodbek
20. Nurimov Orif 42. Altibayev Kaxramon
21. Platonova Larisa 43. Paxomova Olga
22. Moskalenko Alla 44. Kushakov Asrorjon
    45. Karimov Feruz

 

 

Mamlakat hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan sugʻurta faoliyatini tartibga solish siyosati sugʻurta bozorini izchil rivojlantirish uchun barcha zarur shartgʻsharoitlarni yaratib, uning taraqqiy etishida yaratuvchanlik jarayonlarining yuqori darajasini taʼminlamoqda.  

Sugʻurta sohasida davlat siyosatining maqsadi sugʻurta hodisalari sodir boʻlganda fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning mulkiy manfaatlarini samarali himoya qilish imkoniga ega sugʻurta tizimini shakllantirishdir. 

Sugʻurta sohasida davlat siyosatining vazifasi sugʻurta faoliyatining qonunchilik asoslarini, uni nazorat qilish shakllari va uslublarini  shakllantirish va takomillashtirish hisoblanadi.

2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspektsiyasi tomonidan sugʻurta faoliyatiga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish va sugʻurta bozorini rivojlantirish boʻyicha ishlar davom ettirildi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-sonli qaroriga asosan 2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 159-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

Concrete

2017 yilning 6 iyun kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Botir Asadillayevich Xoʻjayev rahbarligidagi moliya vazirligi jamoasi, moliya tizimi pensioneri Vil Saveleich Beganovni tavallud kunining 80 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

Uning umumiy mehnat faolitining 35 yildan ziyod qismi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimi bilan bogʻliq  boʻlgan.

Moliya vazirligi markaziy apparatidagi 1961 yildan 1997 yilllar davomidagi mehnat faoliyati davrida, u oddiy nazoratchi-taftishchi lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgan davrda Vil Savelevich Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq Qoʻmitasi raisi soʻngra Rais oʻrinbosari lavozimlarida samarali mehnat qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi №PQ-1958 sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, 2017 yil 1 iyun holatiga Jamgʻarmani boshqarish departamenti tomonidan meliorativ tadbirlarni amalga oshirishga tizimli va kompleks yondoshishni taʼminlash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2017 yilga rejalashtirilgan meliorativ tadbirlarni bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasini 2017 yil davlat byudjeti va asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida”gi №PQ-2699 sonli qaroriga asosan jami 455,0 mlrd. soʻm, shundan 203,0 mlrd. soʻm qurilish va rekonstruktsiya obʼektlarida, 209,0 mlrd.soʻm taʼmirlash-tiklash obʼektlarida ishlarini bajarishga, 37,0 mlrd. soʻm melioratsiya va suv xoʻjaligi ishlariga ixtisoslashtirilgan pudrat va ekspluatatsiya korxonalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadlariga, 2,0 mlrd. soʻm tomchilatib sugʻorish ishlarini joriy etish ishlariga  va 4,0 mlrd.soʻm buyurtmachining boshqa harajatlari uchun ajratilgan.

2017 yilga belgilangan tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida respublika boʻyicha 270,5 ming gektardan ziyodroq maydonning meliorativ holati yaxshilanishi kutilmoqda.

Meliorativ tadbirlarning sifatini nazorat qilish va taʼminlash maqsadida buyurtmachi va loyihachi tashkilotlar, nazorat organlari hamda ekspluatatsion tashkilotlarlardan tashqari meliorativ ishlarni bajarish va qabul qilishda suv isteʼmolchilar uyushmasi xodimlari va fermer xoʻjaliklari jalb etilgan.  

Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun 2017 yilning 17 iyunida oʻtkaziladigan imtihonda qatnashishga ruhsat berilgan daʼvogarlar roʻyxati:

F.I.Sh.
1. Abdullayev Mirolimjon Maxmudjanovich    
2. Agjigitov Shamsutdin Sangilovich 
3. Aliyev Sherzod Abdixomidovich 
4. Artukmetov Bobir Ziyamitdinovich   
5. Askarov Zafarbek Davutovich   
6. Bolikulov Toir Urokboyevich 
7. Bozorov Eshbobo Abrayevich                   
8. Vaxidov Sirojiddin Anvarovich        
9. Dadaxanov Ulugbek Maxamadjonovich  
10. Davlatov Muxtorjon Farxodovich   
11. Djabbarov Jabbargan Farxadovich     
12. Doschanova Nadira Palvanovna  
13. Ishankulov Izzatilla Nurillayevich     
14. Kasimov Xayrulla Alimovich                   
15. Saidova Dilorom Baxtiyarovna                 
16. Mamasidikov Baxodir Botirovich            
17. Matyakubov Toxir Matyakubovich     
18. Normirzayev Baxtiyer Maxmudjonovich     
19. Muxamedsaidov Muzaffar Mamurjanovich  
20. Toshxujayeva Azizaxon Akbarxuja kizi    
21. Tursunov Obidjon Gulomjonovich  
22. Fayziyev Sodikjon Sayfiyevich 
23. Xojiboyev Shokir Xasanovich      
24. Egamberdiyev Ismoil Samiyevich   

 
 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 31.03.2017 yildagi 1-LF-sonli buyrugʻiga asosan “Bobur” nomli xalqaro jamoat fondiga lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun 27.04.2017 yilda  000047-sonli litsenziya berildi. 

Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tomonidan hajmi 20,0 mlrd.soʻmlik, shundan yutuq fondi 9,9 mlrd.soʻm (50%) boʻlgan “Baxt qushi” lahzali pul-buyum xayriya lotereyasi chiqariladi. 

“Baxt qushi” lahzali pul-buyum xayriya lotereyasida “Lassetti”, “Neksiya-3”, “Spark”, “Matiz” markadagi avtomobillar, “Artel Led” televizorlari, “Artel” mobil telefonlari, shuningdek, 10,0 mln., 5,0 mln. soʻmlik va boshqa pul yutuqlari oʻynaladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasining 2017 yil 1 kvartal xarajatlari ijrosi to‘g‘risida MA‘LUMOT

Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini  olishga daʼvogarlar diqqatiga!

2017 yil 17 iyun kuni soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihoni tashkil etish kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kursida belgilangan tartibda oʻqigan shaxslar Moliya vazirligiga malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat berish toʻgʻrisida ariza bilan joriy yilning 7 iyuniga qadar tegishli hujjatlarni topshirishlari mumkin.

Malaka imtihoniga Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (2007 yil 17 dekabrdagi roʻyxat raq. 1749) talablariga asosan hujjat taqdim etgan daʼvogarlar qoʻyiladi.

2017 yilning 25 may kuni Moliya vazirligi Gʻaznachiligi binosi Majlislar zalida “Moliya vazirligi tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi bilan oʻzaro hamkorlikni samarali tashkil etish” mavzusida videokonferentsiya boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbir Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Moliya boshqarmalari hamda boʻlinmalarida tayinlangan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish inspektorlari uchun tashkil etildi. Shuni taʼkidlash joizki, jismoniy va yuridik shaxslar murajaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish va nazorat qilish inspektori lavozimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 martdagi 2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq tasdiqlandi.

Mazkur videokonferentsiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, “UZINFOCOM” kompьyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminardan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini soʻzsiz bajarish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari, tuman va shahar moliya boʻlimlarining (tumanlarga boʻysunuvchi shaharlardan tashqari) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi bilan oʻzaro hamkorligini samarali tashkil etishdan iborat.

Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar murajaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish va nazorat qilish inspektori lavozimlari viloyat va tuman darajasida malakali, kerakli amaliy tajribaga ega boʻlgan va belgilangan talablarga mos keladigan salohiyatli kadrlar bilan toʻliq taʼminlangan.

Navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 16 maydagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 8-9 iyun kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 8 iyun, soat 10:00da) Buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasida qo'yidagi manzilda o'tkazildai: Toshkent shahri, Bodomzor yo'li ko'chasi, 1a-uy. 

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

1. Prokudina Kristina 21. Anvarov Mirzailxom
2. Mengliyev Yusup 22. Nazirov Abdusalom
3. Yusupova Zamira 23. Gaybulloyev Muxidillo
4. Niyozov Muxamadali 24. Ikromov Mirzoxid
5. Xalkulov Zulfikar 25. Shakarov Kilich
6. Yaxyayev Xabibullo 26. Uzakov Axmat
7. Bozorov Dilshod 27. Zinnurov Mansurjan
8. Kadirova Zulxumor 28. Xolmatov Zakir
9. Nazarov Baxrambay 29. Madraximov Lazizbek
10. Ergasheva Zebo 30. Turabayev Yokubjon
11. Isxakova Liliya 31. Turakulov Xabibullo
12. Kasparova Larisa 32, Xasanov Voxidjon
13. Abduraxmanov Nurmaxan 33. Maxmudova Gulnara
14. Majidov Nuridin 34. Turabbayev Babirjan
15. Maxametov Bagdat 35. Isakov Mirzamurod
16. Karimov Jamshid 36. Deputat Liliya
17. Daminov Oleg 37. Shabanov Anatoliy
18. Kim Viktor    
19. Nurmatov Avazbek    
20. Botirov Maxammad    


 

2017 yil 3 may kuni Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazida Moliya vazirligi xodimlariga: “Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligi sohasida ijtimoiy injeneriya usullari va ularga qarshi harakatlar” mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Seminar davomida ijtimoiy injeneriya usullari muhokama qilindi: notexnikaviy usullar bilan konfidensial maʼlumotlarga ega bo'lishning turli xil usullari (fishing, kvi-pro-kvo, yelka serfingi, teskari ijtimoiy injeneriya, hamda ochiq manbalardan ma'lumotlar yig'ish, jumladan ijtimoiy tarmoqlardan), hamda shu tahdidlarga qarshi choralar ham ko'rib chiqildi.    

Moliya vazirligi xodimlari bilan axborot xavfsizligi bo'yicha, xorijiy ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, kirib keluvchi telefon va pochta xabarlarini e'tiborli tarzda ko'rib chiqib, tasdiqlangan ko'rsatmalar va axborot xavfsizligi qoidalari bilan bog'liq talablarga rioya qilish, bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilishi muhimligi ta'kidlab o'tildi.

Moliya vazirligi
Axborot hisoblash markazi

Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda aholini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Respublika ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirishga oid muhim ustuvor yoʻnalishlar, dasturlar va loyihalarning hayotga izchil tatbiq etilishi shahar va tumanlarda, jumladan qishloq joylarda markazlashtirilgan suv taʼminoti va kanalizatsi xizmatlarini sezilarli ravishda yaxshilash imkonini berdi.

Faqat 2011-2016 yillarda mamlakatimizda uzunligi qariyb 13,0 ming. km yirik suv quvurlari va tarmoqlari, inshootlarda 1,6 mingdan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek 1,4 ming suv minora va rezervuarlar qurildi hamda rekonstruktsiya qilindi.

Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banklari kabi xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablagʻlarini jalb etish hisobidan ichimlik suvdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlmagan koʻplab aholi punktlari bugungi kunda sifatli ichimlik suv taʼminoti bilan qamrab olindi.

Shu bilan birga, bugungi kunda Respublikamizning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarining ayrim chekka hududlarida ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq bir qator yechilmagan muammolar mavjud.

Shahar va qishloq aholi punktlarida istiqomat qiluvchi aholining demografik oʻsishi, yuzlab yangi turar joy dahalari, aholi punktlari barpo etilayotgani va shaharlarning kengayayotgani suv taʼminoti tizimini tubdan yaxshilash borasida suv chiqarish va kanalizatsiya-tozalash inshootlari, suv oʻtkazgichlar, nasos stantsiyalari, taqsimlash uzellari, suv va kanalizatsiya tarmoqlarini energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.

2017 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi va Byudjet mablagʻlari hisobidan, 2017/2018 oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlimi muassasalariga 1, 4, 6, 7-sinflar uchun oʻzbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirgʻiz, tojik tillarida jami 34 939,1 ming nusxa darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalarni chop etishga 81 223,3 mln.soʻm rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi tomonidan umumtaʼlim maktablarining kutubxona fondiga 28 nomdagi 1,2 mln. nusxada lotin grafikasi  asosida yaratilgan oʻzbek va chet el yozuvchilarining badiiy adabiyotlari, entsiklopediyalar va oʻrganish kitoblari bilan toʻldirish bilan taʼminlash va yetkazib berishga 8,6 mlrd.soʻm Byudjet va Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 41% moliyalashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.04.2017y. 119-sonli “Dehqon xoʻjaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorini tegishli bandlarini bajarish yuzasidan Sugʻurta nazorati davlat inspektsiyasi tomonidan Oʻzbekiston sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi va respublikadagi sugʻurta kompaniyalari bilan birgalikda joriy yilning 14 martida moliya vazirligida yigʻilish oʻtkazilib tegishli bayon tasdiqlandi.

Unga koʻra yuqorida koʻrsatilgan qarorning talabidan kelib chiqib, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarning qaytmaslik xavfini sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta sherikchiligi aʼzolari aniqlandi va ishtirokchilarning birinchi rahbarlaridan 9 kishidan iborat kushatuv kengashi tashkil qilinib uning raxbari va raxbar oʻrinbosari tayinlandi.

Shuning bilan birga, sugʻurta sherikchilik aʼzolari va ishchi organ oʻrtalarida tegishli shartnomalar tuzilib, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkasi egalariga ajratiladigan kreditlarning qaytmaslik xavfini sugʻurtalash boʻyicha namunaviy shartnoma tasdiqlandi.

Hozirgi kunga qadar dexqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlarida 100 boshdan  parranda boqish, limon yetishtirishga moʻljallangan issiqxonalar tashkil etish, unabi va grek yongʻogʻi yetishtirish yuzasidan namunali tumanlarda 10 mlrd.soʻmga yaqin sugʻurta xizmatlari koʻrsatildi (maʼlumot ilova qilinadi PDF MB). 
 

Toshkentga yangi ikkita “Afrosiyob” elektropoyezdlari olib kelindi va ular Toshkent-Buxoro-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovni amalga oshiradilar. Bugungi kungacha ushbu yoʻnalish boʻyicha “Afrosiyob” elektropoyezdining ikkita tarkibi xizmat koʻrsatar edi. 

Respublikaga olib kelinayotgan jami 38,0 mln. yevro qiymatidagi ikkita tezyurar yoʻlovchi Talgo-250 (Ispaniya) poyezdlarining moliyalashtirish manbalari qilib quyidagilar belgilangan: 50 % - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari, 50 % - Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining krediti, Oʻzbekiston TIA Milliy banki orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat kafolati ostida moliyalashtirilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.

Keltirilgan yangi tarkiblar oldingi tarkiblardan bir oz farq qiladi, ularda oʻtirish joylari koʻpaygan boʻlib, endi elektropoyezdlar bitta reysda 287 ta yoʻlovchilarni tashish imkoniyatiga ega boʻladi.
 


 
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hayʼatida 
oʻtkazilgan yigʻilish toʻgʻrisida

2017     yilning 21 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish samaradorligini tanqidiy koʻrib chiqish va hududiy boʻlinmalar tomonidan ijro intizomini tizimli tashkil qilinishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hayʼatining 2017 yilning I choragi yakunlariga bagʻishlgangan kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomini mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Maxkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar raxbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat tomonidan belgilab berilgan maqsad va vazifalarni  Moliya vazirligi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalar tomonidan toʻliq, sifatli va oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha barcha darajadagi mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish va ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Koʻrsatkichlar

Soni, kishi

1. Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar, jami

38

                          shulardan kelmaganlar

7

2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

18

3. Malaka imtihonidan oʻtmaganlar

13


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maʼlum qiladi:

1.     Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Bir nafar tarbiyalanuvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 6 martdagi 22 va 7-sonli qoʻshma qarori tasdiqlandi (ko'chirib olish PDF 0.55MB);

2.    Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “Bir nafar oʻquvchiga xarajatlarning bazaviy normativlaridan kelib chiqqan holda umumtaʼlim maktablarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2017 yil 6 martdagi 23 va 8-sonli qoʻshma qarori tasdiqlandi (ko'chirib olish PDF 0.5MB).

Mazkur Nizomlarga asosan 2017 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tassarrufida boʻlgan umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarining 2017 yilgi byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirish tartibi belgilandi.

Koʻrsatkichlar

Alkogolli mahsulotlar uchun

Tamaki mahsulotlari uchun

  1.  

Alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aktsiz markalarining joriy etilishi

2017 yil 1 apreldan boshlab

2017yil 1 apreldan boshlab

  1.  

Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eski namunadagi aktsiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining sotilishi

2017 yil 1 avgustga qadar

2017yil 1 avgustga qadar

  1.  

Eski namunadagi aktsiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi

2017 yil 1 avgustga qadar

2017yil 1 avgustga qadar

  1.  

Savdo korxonalari tomonidan eski namunadagi aktsiz markalari bilan markalangan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlarining sotilishi

2018 yil 1 yanvarga qadar

2018 yil 1 yanvarga qadar

  1.  

Eski namunadagi aktsiz markalari nominal qiymati

25 soʻm 60 tiyin

9 soʻm 30 tiyin

  1.  

Yangi namunadagi aktsiz markalari nominal qiymati

30 soʻm 50 tiyin

11 soʻm 50 tiyin

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga  muvofiq 2018 yil uchun moʻljallangan soliq va byudjet siyosati Konsepsiyasini ishlab chiqish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon qiladi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirigi  - manfaatdor vazirlik va idoralar, davlat ilmiy izlanish va nodavlat tashkilotlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va fuqarolarni 2018 yil uchun ishlab chiqilayotgan soliq-byudjet siyosati Konsepsiyasini ishlab chiqish jarayonda fikr mulohazalari va takliflari bilan faol qatnashishlarini soʻraydi.

Soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar quyidagi yoʻnalishlarda:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan qaror va farmoyishlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga moʻljallangan harakatlar strategiyasida belgilab berilgan maqsadlarga erishish va ustuvor vazifalarni bajarish;
  • iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish evaziga davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish, shaxsiy mulkning rolini oshirish va tadbirkorlar ishonchli himoyasini taʼminlash, makroiqtisodiy muvozanatni va iqtisodiy barqaror oʻsish suraʼtlarini taʼminlash;
  • davlat qarzining asossiz ravishda oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, aholi daromadlarining oʻsishi va turmush darajasi oshishini taʼminlash;
  • Byudjetlar-aro munosabatlarni takomillashtirish, hududlar daromadlari bazasini oshirish, mahalliy byudjetlar xarajatlarini optimallashtirish va subvensiya oluvchi hududlar sonini kamaytirish;
  • Byudjet va soliq siyosatining boshqa yoʻnalishlari.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2018 yil uchun ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan soliq-byudjet konsepsiyasiga tashabbuskor manfaatdor vazirlik va idoralar, davlat ilmiy izlanish va nodavlat tashkilotlar, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subʼektlar va fuqarolar yuborayotgan takliflarida byudjetlashtirishning yangi va ilgʻor yoʻnalishlarini, hamada amaldagi soliq tizimini chuqur tahliliga koʻra ishlab chiqilgan takliflarni kiritishingiz soʻraladi.     

Barcha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markaziga yuborishingiz soʻraladi. 

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani Istiqlol-29 uy - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi (4-qavat).
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 
Aloqa uchun masʼul shaxs: Atabayeva Sevara Baxtiyarovna 239-12-81; 239-19-18.
 


Tashqi savdo faoliyatini xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan bojxona-tarif jihatdan boshqarish usullarini qoʻllash asosida yuqori sifatli tayyor mahsulotni mamlakatimizda ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 martdagi PQ-2862-son “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qarori (13-2-sonli ilova) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan keltiriladigan aktsiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aktsiz soligʻi stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Ushbu oʻzgartirishlar chetdan olib kelinadigan ayrim turdagi aktsiz soligʻiga tortiladigan tovarlarning stavkalari pasaytirishni, shuningdek ayrim aktsiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni chiqarib tashlashni nazarda tutadi.

Shu bilan birga shuni taʼkidlash joizki, yuqorida aytib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan ushbu qarorning meʼyorlari 2017 yilning 1 aprelidan  boshlab kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, import bojxona bojlarining stavkalari esa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 5 avgustdagi PQ-1169-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilangan.

Oʻzgarishlar boʻyicha solishtirma jadval rus tilida (ko'chirib olish PDF 0.3MB) beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2017 yil I choragi davomida oʻtkazilgan muzokaralar toʻgʻrisida maʼlumot 
(2017 yil 6-aprel sanasiga)

Muzokaralar maqsadi

Muzokaralar soni

- Moliya vazirligi rahbariyatining halqaro moliyaviy institutlari (HMI), xorijiy mamlakatlar hukumatlari, xorijiy banklar va kompaniyalari vakillari bilan uzoq muddatli moliyaviy iqtisodiy hamkorlik, hamkorlikning yangi istiqbolli sohalarini muhokama etish, shuningdek, ayrim strategik jihatdan muhim investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan rasmiy uchrashuvlari;

25

 - HMI va donor mamlakatlari missiyalari va vakillari bilan yangi loyihalarni tayyorlash va joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari boʻyicha ishchi uchrashuvlar;

 - boshqa joriy masalalar yuzasidan uchrashuv va muzokaralar.

Respublika dehqon bozorlarini rekonstruktsiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish yoʻli bilan meʼmoriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, zamonaviy savdo-bozor infratuzilmasini shakllantirish, aholining har xil turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va isteʼmol tovarlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruktsiyaqilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualariqurish Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-2853-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga asosan:

- bozorlarga isteʼmolchilar ehtiyoji mavjudligini va dehqon bozorlari hududidagi savdo rastalari va turgʻun savdo shoxobchalari yuklamasini hisobga olgan holda respublika boʻyicha 59 ta dehqon bozorlari sonini va ularning egallab turgan maydonlarini optimallashtirish;

Keksalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning har biri toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, keksalarning hayot faoliyati va dam olish tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, ular uchun shahar yoʻlovchi tashish transportidan foydalanishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 martdagi 128-sonli “Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan pensionerlarni Toshkent metropolitenida 2017 yil 15 martdan boshlab soat 10:00 dan 16:00 gacha bepul tashish, buning natijasida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan olinmay qoladigan daromadlarni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash mexanizmi joriy qilindi. 

Shu bilan birga, yuqoridagi qarorga asosan, Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining olinmay qoladigan daromadlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

2017 yilning 11 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini yanada rivojlantirish choralari toʻgʻrisida"gi 129 sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 2017-2019 yillar poytaxt Toshkentda jamoat transporti tizimida qilinishi lozim boʻlgan ishlar istiqboli belgilab berilgan.

Unda, xususan, Toshkent shaxrida jamoat transporti faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, qatnovlar xavfsizligini yanada oshirish, yoʻlovchilarga yuqori madaniyatli xizmat koʻrsatish, "Toshshahartransxizmat"AJ tarkibidagi avtokorxonalarning moliyaviy ahvoli va infrastrukturasini tubdan yangilash yoʻlida qilinadigan vazifalar koʻrsatib oʻtilgan.

Xususan, qarorda Toshkent shahri jamoat transportini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shahar aholisining transportga boʻlgan ehtiyojini chuqur oʻrganib, toʻliq qondirish, avtosaroylarni yangi, zamonaviy avtobuslar bilan bos¬qichma-bosqich taʼminlab borish, metropolitenning yangi bekatlari qurib bitkazilishi, shaharda olib borilayotgan yangi koʻpriklar qurilishlari inobatga olinib yangi bekat va yoʻnalishlar ochish nazarda tutilgan.

2017 yil 3 aprel holatiga davlat tomonidan tartibga solinadigan narx (tarif)lar toʻgʻrisida maʼlumot (ko'chirib olish PDF 0.22MB)

Auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlarning 2017 yilning 1 aprel holatiga (ko'chirib olish PDF 0.5MB)

2017 yilning 1 aprel holatiga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari Reyestri  (ko'chirib olish PDF 0.5MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oracle dasturiy taʼminoti uchun texnik yordam koʻrsatish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Takliflarni topshirish mudddati: 15 aprel 2017 yil 18:00gacha.

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni 5. tel: 239-15-31.

Auditor malaka sertifikatini olish uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2017 yil 27 martdagi buyrugʻiga asosan 2017 yilning 14-15 aprel kunlarida (imtihon boshlanishi 2017 yil 14 aprel, soat 10:00da) Gʻaznachilikning maʼmuriy binosida (manzil: Toshkent sh., Istiqlol koʻch., 29-uy) Moliya vazirligi qoshidagi Moliya organlari hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv markazida oʻtkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi daʼvogarlar qoʻyildi:

1. Temirbekova Malika 20. Nazirov Abdusalom
2. Daminov Oleg 21. Abdullayev Yunusxon
3. Mamatov Sherzod 22. Abduraxmanov Nurmaxan 
4. Grishkina Irina 23. Xamraliyev Botirali
5. Sofina Irina 24. Sulaymonov Zafarali
6. Saliyeva Muniraxon 25. Odilov Shoxrux
7. Lim Tixon 26. Tsoy Lyudmila
8. Li Aleksandr 27. Xaknazarov Bengnazar
9. Gaybulloyev Muxidillo 28. Shabanov Anatoliy
10. Shayxiislamova Zulfiya 29. Lesnikova Anna
11. Asfandiyarov Ravshan 30. Muzaffarov Alisher
12. Urinbayev Ikromjon 31. Tsoy Svetlana
13. Nasirova Lola 32. Shakarov Kilich
14. Gaynulina Galiya 33. Shaymatov Nuriddin
15. Ibragimov Baxtiyar 34. Uzakov Axmat
16. Ergashev Azizbek 35. Nurimov Orif
17. Ikromov Mirzoxid 36. Nuriddinova Shaxnoza
18. Kim Svetlana 37. Karimov Farxat
19. Ismailov Naufal 38. Anvarov Mirzailxom

“Ishonch telefoni” 24 soat davomida ishlab turishi va fuqarolardan tushayotgan murojaatlarni uzluksiz qabul qilish uchun, ishdan tashqari vaqtlarda kelayotgan shikoyatlarni avtomatik tarzda yozib olish va saqlash sistemasi ishga tushurildi (TP-Link rusumli modem drayver komponentlari qoʻyildi hamda kompyuterga Ventafax 5.0 dasturi oʻrnatilib avtootvetchik funktsiyasiga ulandi).

Gʻaznachilik, Pensiya, ish haqi toʻlovi masalalari hamda tender va tanlov savdolarining toʻgʻri oʻtkazilishi yuzasidan 2017 yilning 20-mart kuniga qadar bosh boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga fuqarolardan 288 ta murojaatlar kelib tushdi.

24.03.2017 yil holatiga sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokkerlariga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish xuquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri (ko'chirib olish PDF 0.3MB)

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrugʻiga muvofiq “Agros Hayot” masʼuliyati cheklangan jamiyat sugʻurta kompaniyasiga hayotni sugʻurta qilish tarmogʻida I, II, III, IV klasslar boʻyicha va umumiy sugʻurta tarmogʻida 1 va 2 klasslar boʻyicha ixtiyoriy va majburiy sugʻurtani amalga oshirish uchun 2017 yil 18 martdagi SF 00219 - sonli litsenziya berildi. 

2017 yil 10 mart holatiga malaka sertifikatiga ega bo‘lgan soliq maslahatchilari ro‘yxati (ko'chirib olish PDF 0.24MB)

Koʻrsatkichlar Soni, kishi
1. Malaka imtixoniga qoʻyilgan daʼvogarlar,  jami 40
shulardan kelmaganlar 8
2. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar 18
3. Malaka imtihonidan oʻtmaganlar 14

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi №PQ-1958 hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining  2017 yil uchun investitsiya dasturi toʻgʻrisida” gi PQ-2697-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida, 2017 yilda Jamgʻarmani boshqarish departamenti tomonidan quyidagi tadbirlarni, jumladan:

- 735,0 km ochiq va 349 km yopiq kollektor-drenaj tarmoqlarida, 6 dona meliorativ nasos stantsiyasi va 79 dona tik drenaj quduqlarida, 131 dona gidrotexnik inshoot va 2,7 km inspektorlik yulida hamda 30,0 km uzunlikda lotok tarmoqlarida qurish va rekonstruktsiya qilish tadbirlari uchun 203,0 mlrd.soʻm;

Oʻzbekiston  Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 14 dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida kadrlar bilan ishlashning butun tizimini takomillashtirishga doir belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini buxgalteriya hisobini yuritish va hisobotini tuzish boʻyicha kasbiy mahoratlarini va amaliy koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish maqsadida 2017 yil 24-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 12-sonli, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2-q/q sonli,  Xalq taʼlimi vazirligining 1-sonli,  Sogʻliqni saqlash vazirligining 1-sonli  va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 5-sonli  qarori qabul qilindi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishonch telefoni orqali 2019 yil I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni ko'rib chiqish yuzasidan ma'lumot

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Oktyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
  1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31      

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 239 15 62

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 454 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!