РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2019 yilning 27 may kuni ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bor shaxslar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati (O’zKOJ), O’zbekiston karlar jamiyati, O’zbekiston nogironlar uyushmasi a’zolari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlanitirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi va Davlat soliq qo’mitasi vakillari ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuvda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, moddiy va ma’naviy qullab-quvvatlashga alohida etibor berilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, bu toifa insonlarni soliqqa tortish bo’yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Concrete

Jahon banki (JB) mutaxassislari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida seminar bo'lib o'tdi. Tadbir davlat xarajatlari va investitsiyalar boshqaruvi, shuningdek sohadagi  davlat-xususiy sheriklik (DXSh) masalalariga bag'ishlandi.

Jahon banki mutaxassislari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat xarajatlarini boshqarish sohasidagi islohotlarni ijobiy baholab o’tdilar. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2025 yilgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Investitsion siyosatining strategik loyihasi yuqori baholandi. 

Seminar boshida ishtirokchilar Jahon banki mutaxassislari va O'zbekistonning bir qator davlat organlari vakillari bilan hamkorlikda tuzilgan davlat xarajatlarining dastlabki tahlil natijalarini ko'rib chiqdilar.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro E.N. 1999 yil 24 avgustda imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlashni so’rab Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatchi o’z arizasiga imtiyozli mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma hamda pensiya tayinlash uchun boshqa zarur hujjatlar nusxasini ilova qilgan. Arizaga asosan Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limi tomonidan imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlangan.

Pensioner E.N.da 2 ta fuqarolik pasporti mavjud bo’lgan. Ushbu fuqaroga o’zining qonunchilikka zid ravishda 2002 yil 4 noyabrda Pensiya jamg’armasining Toshkent shahar Yashnobod tuman (sobiq Xamza tuman) bo’limiga mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni asosan 54 yoshdan yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan. Arizachining taqdim qilgan xujjatlarida hech qanday shubhali holat kuzatilmaganligi sababli Pensiya jamg’armasi Yashnobod tuman (sobiq Xamza tuman) bo’limi tomonidan yana bir bor yoshga doir pensiya tayinlangan.

Concrete

Davlatimiz rahbari yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. Unga ko’ra to’rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan edi. 

Shuningdek, butun dunyo bo’ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram munosabati bilan turli-tuman madaniy ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, kontsertlar tashkil etiladi.  Ahvoli og’ir bemor, davolanishga muhtoj va nogironligi bo’lgan bolalar uchun xayriya aktsiyalari va tadbirlar ham o’tkaziladi. 

Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o’rinbosari Tleuov Medet Abdimuratovich joriy yilning 30 may sanasida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi nogironlik nafaqasini oluvchilar hamda nogiron farzandi bo’lgan fuqarolar xonadonlarga tashrif buyurdi.

Qaror loyihasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarorining 10-bandini ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi. 

Qaror loyihasining maqsadi auditning xalqaro standartlarini (AXS) joriy etish tartibini aniqlash, AXS matnini davlat tiliga tarjima qilish  va ularni O’zbekiston Respubilkasi Moliya vazirligi veb – saytiga e’lon qilish buyicha tashkiliy choralar majmuini amalga oshirishni nazarda tutadi. 

Xalqaro amaliyotda AXSni joriy etish milliy iqtisodiyotlarning ochiqligini va ularning o’zaro aloqasini oshirish hamda jahon iqtisodiy tizimi integratsiyalashuvini takomillashtirishdan kelib chiqadi.  

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro E.N. 1999 yil 24 avgustda imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlashni so’rab Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatchi o’z arizasiga imtiyozli mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma hamda pensiya tayinlash uchun boshqa zarur hujjatlar nusxasini ilova qilgan. Arizaga asosan Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limi tomonidan imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlangan.

Pensiya jamg’armasi Mablag’larni boshqarish va hisobini yuritish boshqarmasi bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni hamda «Pensiyalar va nafaqalar to’lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalarni o’z vaqtida hamda to’liq etkazib berilishi to’lovlar plastik kartochkalarga asossiz ravishda o’tkazish, yotoqdagi pensionerlarga pensiya va nafaqalarning o’z vaqtida etkazib berilishi va boshqa pensiya va nafaqalar tarqatilishi doimiy turda monitoring qilib boriladi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan Oliy o’quv yurtlarining moliya va moliyani boshqarish, iqtisodiyot (makro/mikro), bank ishi, statistika, amaliy matematika yoki matematikaga ixtisoslashgan shunga yaqin yo’nalishlar bo’yicha bakalavriatning kunduzgi bo’limi 3-4 kurslarida yoki magistraturaning 1-2-kurslarida tahsil olayotgan talabalarni vazirlikda yangi tashkil etilgan Davlat tashqi va ichki qarzi Departamentida amaliyot o’tash uchun taklif etadi:

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Evroosiyo mintaqasidagi Buxgalterlar xalqaro federatsiyasining (IFAC) a’zolari va a’zolikka nomzodlari uchun Moskva shahrida bo’lib o’tgan “Etika kodeksi buxgalter va auditor kasbining asosi sifatida: chaqiriqlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada va “Evroosiyo mintaqasidagi buxgalterlar va auditorlar professional tashkilotlarining rolini oshirish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi. 

Xalqaro konferensiyada buxgalteriya hisobi va audit sohasini tartibga soluvchi davlat organlari: Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillari, shuningdek Jahon banki, Buxgalterlar xalqaro federatsiyasi (IFAC) ekspertlari, MDH mamlakatlari buxgalterlar va auditorlarining professional jamoat tashkilotlari, ilmiy xodimlar va boshqalar ishtirok etdi. 

Konferensiyaning asosiy maqsadi bo’lib xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirishning kelgusi yo’nalishlarini aniqlash hisoblandi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi PQ-4325-son “Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan “Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi” tarkibidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qilinadi.

DAVLAT ISHTIROKIDAGI TIJORAT BANKLARINI
ISLOH QILISHNI MUVOFIQLASHTIRISH
BOSHQARMASINING ASOSIY VAZIFALARI

1. Markaziy bank va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda tijorat banklarida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutib, ularni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni ta’minlash bo’yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Davlat ishtirokidagi tijorat banklarining raqobatbardoshligi, rentabelligi faoliyatining tijoratlashganligi holatini, shu jumladan ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar ulushuning zamonaviy bozor sharoitlariga mos kelishi nuqtai nazaridan tahlil qilish, shuningdek, banklardagi korporativ boshqaruv tizimining samaradorligini baholash.

3. Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish jarayonlarining samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash.

4. Markaziy bank va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi tijorat banklarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash bilan bog’liq tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar hamda zarur tartib-taomillarni o’z vaqtida va to’la-to’kis amalga oshirish.

5. Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish, shu jumladan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ularning boshqaruvi tarkibiga yuqori malakali chet ellik mutaxassislarni faol jalb etish jarayonlari doirasida xorijiy va xalqaro institutlar bilan ishlarni samarali tashkil etish.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 maydagi 465-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “CONTINENTAL-AUDIT” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2011 yil 2 fevralda berilgan 00721-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 23 mayidan tugatildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 maydagi 464-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “MEZON AUDIT SERVIS” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2008 yil 10 aprelda berilgan 00027-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 23 mayidan tugatildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, hamda ASSA va EBRR xalqaro tashkilotlari ko’magida PROFI TRAINING biznes-maktabi tomonidan tashkil etilgan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) va Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS): transformatsiya boshlanmoqda” mavzusidagi konferentsiya “Grand Mir” mehmonxonasining konferents-zalida bo’lib o’tdi. 

Konferensiya ishida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakillari, moliyaviy maslahatchilar, banklar, yirik kompaniyalar, aktsiyadorlik jamiyatlari xodimlari, hamda Profi Training biznes-maktabi rahbarlari va qatnashchilari ishtirok etishdi.

Konferensiyada O’zbekistonda buxgalteriya hisobini isloh qilishning dolzarb masalalari, hamda MHXSni joriy qilish va uning investitsiya muhitiga ta’siri masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, konferentsiya ishtirokchilari MHXSni joriy qilishning xalqaro tajribalari bilan almashishdi, MHXS asosida BHMSni uyg’unlashtirishning (muvofiqlashtirishning) asosiy jihatlarini o’rganishdi. 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat tashqi va ichki qarzi departamenti tarkibidagi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi.

1. BO’LIM BOSHLIG’I

Talablar:
1. Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash, tashqi (ichki) moliya bozorlarida qarz majburiyatlarini chiqarish, ularning hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish yoki moliyaviy tahlil sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi (staj)ga ega bo’lish.
2. Moliya, statistika, iqtisodiyot va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.

Vazifalar:
1. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari va boshqa vazirlik va idoralar bilan statistik, makroiqtisodiy va boshqa tegishli ma’lumotlar va tahliliy axborotlarni olish va tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilish.
2. Davlat qarz majburiyatlarini chiqarish, ularni ichki va xalqaro moliya bozorlarida joylashtirish, davlat qarz majburiyatlarining hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish jarayonini tegishliligi bo’yicha mufoviqlashtirish.
3. Investorlar uchun prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, investorlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish.
4. Xodimlar malakasini oshirish, ularning samarali va natijaviy faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda jamoaviy ish olib borishni ta’minlash.
5. Yuqoridagi vazifalardan tashqari joriy topshiriqlarni (ijro intizomi) o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.

Concrete

2019 yilning 24 may kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agnetligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.  Unda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mutaxassislari, Savdo-sanoat pallasi vakillari, tadbirkorlar va xususiy biznes va OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirdan ko’zlangan maqsad joriy yilning 10 may sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tadbirkorlaga atroflicha tushuntirishdan iborat. Shuningdek Davlat rahbari tomonidan 2019 yilning aprel oyida  qabul qilingan “Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy   investitsiyalarni   jalb   qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori doirasida 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim bo’lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari xaqida batafsil ma’lumot berishdir.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 maydagi 463-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “SHARQIY MASLAK” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2008 yil 28 martda berilgan 00514-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 23 mayidan tugatildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 fevraldagi 113-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga muvofiq “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati 2019 yilning 1 iyuligicha belgilangan.

Qonun loyihasining asosiy ishlab chiquvchisi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi.

Qonun loyihasi kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda keng jamoatchilik muhokamasi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ikki marta joylashtirildi (ID-1436 va ID-2401).

Qonun loyihasini yanada atroflicha muhokama qilish maqsadida uni Moliya vazirligining veb–saytiga (https:G’G’www.mf.uz) ham joylashtirildi. Bulardan tashqari, Qonun loyihasi bo’yicha professional muhokamani tashkil qilish maqsadida bevosita auditorlar, xalqaro auditorlik tashkilotlari, auditorlarning professional birlashmasi hisoblangan O’zbekiston Auditorlar palatasi, O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi vakillari ishtirokida qator seminarlar o’tkazildi.

Concrete

Moliya vazirligi Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bo'yicha global faol, professor Jeffrey Sachs boshchiligidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdilar. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhimligini va bu o'zgarishlarning amalga oshirilishida yordam berishdan mamnun bo'lishlarini ta'kidlab o'tishdi.

"Evroosiyo endi diqqat markazida. O'zbekiston va uning qo'shnilari tez rivojlanmoqda va katta salohiyatga ega, bu yerda ko'plab imkoniyatlar mavjud. Geografik jihatdan mamlakatingiz strategik rol o'ynaydi. Toshkent mintaqadagi moliyaviy markaz va logistika markaziga aylanishi mumkin. Biz ushbu maqsadlarga erishish uchun o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirishni istaymiz"dedi Jeffrey Sachs. 

Concrete

2019 yil 23 may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda vazirlik tizimidagi yosh xodimlar uchun “Harakatlar strategiyasi va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Undan maqsad, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va uning ustuvor yo’nalishlari O’zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun muhim ahamiyat kasb etayotgani to’g’risida yoshlarni kengroq xabardor qilish, strategiyadan belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda har bir fuqaro, jumladan yosh mutaxassislarning muhim o’rni borligini mutaxassislar qalbiga singdirish va dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ularni yaqindan tanishtirishdan iborat.

Concrete

Joriy yilning aprel-may oylarida Davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari tashqi va ichki moliya bozorlarida oshishni (foiz stavkalari mos ravishda pasayishni) davom etdi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasining suveren xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozorlarida o’z nominal qiymatida yoki undan yuqori darajada (premiya bilan) savdo qilindi.

Jumladan, joriy yilning 21 may kuni respublikamizning 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalarining narxi ikkilamchi bozorda o’z nominal qiymatiga nisbatan 101,723 foiz va 102,025 foizni (daromadliligi 4,343 foiz va 5,107 foiz) tashkil etdi.

Concrete

Ishmetov T.A. 1979 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Moliya va huquqshunos mutaxassisliklariga ega.

Tayinlovga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o’rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko’rsatib kelgan.

Ishmetov T.A. pul-kredit va soliq-byudjet siyosatining makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini, xalqaro rezervlar va davlat aktivlari hamda investitsiyalarni boshqarishning asosiy tamoyillarini, shuningdek moliyaviy bozorlarni rivojlantirishning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi. 

Concrete

Sharaxmetov Sh.Sh. 1977 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 1999 yilda Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari bo’yicha bo’linmasining bosh konsultanti lavozimida samarali faoliyat ko’rsatib kelgan. Moliya – iqtisod sohasidagi ish staji 18 yil.

Sharaxmetov Sh.Sh. ijtimoiy soha - ta’lim, sog’liqni-saqlash, madaniyat va sport, shuningdek fan sohalari moliyasini yaxshi tushunadigan, byudjet mablag’larini boshqarish va oqilona foydalanish tartib-qoidalarini, shuningdek davlat byudjet siyosatining istiqboldagi ustivor vazifalarini chuqur biladigan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi. 

Concrete

2019 yilning 20 may kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan OAV vakillari uchun “Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik” mavzusida brifing tashkil etildi. Unda joriy yilning 10 may kuni Prezident Sh.M.Mirzieev “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni mazumun-mohiyati xususida jurnalistlarga batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilagindek mazkur qonunni tayyorlashda va uni mukammal darajaga etkazishda respublikaning ko’pgina vazirlik va idoralari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, OTB, ETTB, JB, XMK ekspertlari keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Xozirgi kunda respublikaga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muxitni yaxshilash bo’yicha keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Mazkur isloxotlar instutsional tiklanishga, zamonaviy qonunchilik asosini yaratishga va investorlar bilan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Shu o’rinda Davlat-xususiy sheriklikni xam tutgan o’rni juda muxim. Chunki Davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy investitsiyalar kirib kelishi va ilg’or zamonaviy boshqaruv tajribasining joriy qilinishi orqali mamlakatdagi infratuzilma va Davlat xizmatlari sifati oshadi. Bunda moliyaviy resurslar xususiy sherik tomonidan ta’minlanadi va asosiy biznes xatarni xususiy sherik o’z zimmasiga oladi. Shu bilan birga 49 yillik shartnomalar juda ham murakkab va yuqori darajali mutaxassislarni jalb qilinishini talab qiladi.

Concrete

2019 yilning 17 may kuni “O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati” mavzusida birinchi xalqaro forum bo’lib o’tdi.

Mazkur forum, O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi imidjini yaxshilash, davlatimizning reytinglardagi nufuzini oshirishda xalqaro hamkorlikni jadallashtirish, respublikada olib borilayotgan islohotlarning xalqaro reyting va indekslardagi ahamiyatini davlat idoralari va keng jamoatchilikka etkazish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar, tijorat banklar, sug’urta tashkilotlari va xususiy sektor vakillari uchun o’quv amaliy seminarlarni tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

Xalqaro miqyosda o’tkazilgan tadbirda xorijiy davlatlar hukumatining vakillari, xalqaro moliya tashkilotlari, reyting agentliklari, xalqaro investitsiya banklari, xorijiy davlatlarning O’zbekistondagi elchixonalari rasmiylari, vazirlik va idoralarning rahbar va reytinglar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlari, mahalliy tijorat banklari, sug’urta kompaniyalar, xususiy korxonalar hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.

"O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reytinglar va indekslarning ahamiyati" mavzusidagi xalqaro forumining yakuni haqida O'zbekiston24 telekanalining lavhasida.

17-may kuni, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida "O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reyting va indekslar ahamiyati" mavzusidagi Xalqaro Forum bo'lib o'tadi.

Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonun davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Hujjatga binoan endilikda Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimning taraflari o'z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgar bo'ladi.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Davlat xaridlari mavzusida o'quv seminar-treninglarni tashkil etish va o'tkazish to'g'risida” 2019 yil 10 maydagi 71-son buyrug'iga asosan  joriy yilning 15 mayidan 26 iyuniga qadar respublikamizning barcha hududlarida Moliya vazirligi tizimi xodimlari uchun 20 soatga (3 kunlik) mo'ljallangan “Davlat xaridlari” mavzusida seminar-treninglar tashkil etish belgilangan.  

Ushbu seminar-trening Osiyo taraqqiyot bankining O'zbekiston Respublikasidagi vakilligi bilan hamkorlikda Moliya vazirligining malakali mutaxassislari, Moliya vazirligi huzuridagi O'quv markazining professor-o'qituvchilari va “O'zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi” AJ vakillari  ishtirokida tashkil etilmoqda.  

O’zbekiston Respublika Valyuta birjasida (O’zRVB) 2019 yil 8 va 15 may kunlari bir yillik Davlat qimmatli qog’ozlarini birlamchi joylashtirish yuzasidan o’tkazilgan elektron savdolar yakuni bo’yicha:

- bir yillik Davlat qimmatli qog’ozlarining o’rtacha tortilgan daromadliligi 10,47 %ni (obligatsiya narxi o’z nominal qiymatiga nisbatan 104,1%) tashkil etib, joriy yilning fevral-mart oylaridagi 12,94% - 14,94% darajasidagi benchmark yangilandi;

- auksionlar yakunida bir yillik Davlat qimmatli qog’ozlarining sotib olish bo’yicha qabul qilingan buyurtmalar soni taklifga nisbatan 5 baravar ko’p bo’ldi.

Xususan, 8 va 15 may kunlari o’tkazilgan auksionda 100 mlrd. so’m miqdoridagi obligatsiyalarni sotib olish uchun mos ravishda 504 mlrd.so’m va 479 mlrd. so’mga teng buyurtmalar kelib tushgan).

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi vakillari, jumladan, jamg’arma ijro etuvchi direktorining birinchi o'rinbosari Tleuov Medet va boshqa bir qator mutaxassislar Xalqaro ijtimoiy xavfsizlik assotsiatsiyasi Bosh kotibi Marselo Аbi-Ramia Kaetano taklifiga binoan Baku shahrida bo’lib o’tayotgan “Yevropa mintaqaviy ijtimoiy himoya” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etishmoqda.

Tadbirning birinchi kunida ijtimoiy himoya sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish va ularning yechimlari bo’yicha masalalar ko’rib chiqilmoqda. Xususan, Ozarbayjon Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg’armasi raisi G.Mamishov o’z ma'ruzasida Ozarbayjon Respublikasida aholini ijtimoiy himoya qilishning o’ziga xos xususiyatlari, sohada erishilayotgan yutuqlar va tizimning asosiy vazifalari to’g’risida ma'lumot berib o’tdi.

Concrete

2019 yil 10 may kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Jaxon banki vakillari bilan yo’l - transport sohasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Muloqotlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha keng ko’lamdagi islohatlar amalga oshirilayotgani, buning natijasida ijtimoiy-ifqtisodiy sohalarda istiqbolli loyihalar xayotga samarali joriy etilayotgani takidlandi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirsh agentligi tomonidan 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim bo’lgan loyihalar tasdiqlangan. Xozirgi kunda umumiy qiymati 2 mlrd AQSh dollari bo’lgan 10 dan ko’p loyiha ustida ish olib borilmoqda. 

Concrete

Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Xotira-kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib tursa, qadr-insonni yuksaklikka ko’taradi.

Mamlakatimizda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” keng miqyosda nishonlanadi. Ushbu bayram mustaqil O’zbekistonda asrlar davomida qaxramona himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag’ishlangan. Ushbu kun munosabati bilan mamlakatimizda mana bir necha kundan buyon turli tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilib, keksalar holidan  xabar olinib, hamda o’tganlar xotirasi yod etilmoqda.

Concrete

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.   Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.             

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida juda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Buning birgina misolini yaqinda  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4298-sonli qarori imzolanib, ushbu kunni ko’tarinki ruhda o’tkazish, xalqimiz ayniqsa yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun joylarda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilayotganida ko’rishimiz mumkin.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil aprel oyida vazirlik markaziy apparatida mavjud vakant lavozimlarga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yhatdagi nomzodlar:

Concrete

Sizning bergan taklifingiz yoki ovozingiz yashab turgan tuman yoki shaxringizni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Moliya vazirligi tomonidan tuman (shahar)lar byudjetlaridan shakllangan qo’shimcha manbalarini kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida belgilangan tadbirlarni moliyalashtirishga yo’naltirilish maqsadida openbudget.uz axborot portalida “tashabbusli byudjet” dasturi joriy etilgan bo’lib, unda 2019 yil 1 choragi yakunlariga ko’ra qo’shimcha manbalar shakllangan tuman (shahar)lar byudjetlari o’z mablag’lari miqdorini taklif va ovozlar yig’ish uchun joylashtirishgan. 

Ushbu dastur yurtimizda ilk bor qo’llanilayotgani uchun xamda Siz aziz fuqarolarni ushbu dasturda yanada faol qatnashishingizni ta’minlash maqsadida takliflar berish va takliflarga ovoz berish muddati 2019 yil 31 mayga qadar uzaytirildi. 


Aziz fuqarolar ushbu dasturda faol ishtirok etishingizni so’raymiz, unutmang byudjet mablag’lari – bu halq mablag’laridir!

O’zbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi
 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n to’qqizinchi yalpi majlisida “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonun ko’rib chiqildi. 10 ta bob va 44 ta moddadan iborat mazkur qonun davlat va biznes olami vakillari o’rtasida ishonchli va manfaatli aloqalarni yo’lga qo’yishi bilan ahamiyatlidir. Rivojlangan davlatlar tajribasi va milliy qonunchilik asosida yaratilgan ushbu muhim hujjat endilikda tadbirkorlarga yangicha rag’bat va ishonchli hamkor topish imkonini yaratadi. Samara va yuqori daromad manbaiga ega bo’lish istagida bo’lgan xar qanday tadbirkor, investor endi Davlat-xususiy sherikligidan bemalol foydalanishlari mumkin. Buning asosi bo’lgan “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi qonun senatorlar tomonidan bir ovozdan maqullandi.

Concrete

Joriy yilning 2 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Ommaviy axborot va kommunikatsiya agentligida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) mutaxassisi Amanda Sayeg ishtirokida brifing o’tkazildi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 458-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “MAN GROUP AUDIT” auditorlik tashkilotiga barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2015 yil 28 avgustda berilgan 00738-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 16 aprelidan tugatildi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shaharda yashovchi fuqaro T.E.ga ilk bor 1994 yil 18 martdagi nogironlik pensiya tayinlashni so’rab yozgan arizasi va TMEK tomonidan berilgan nogironlik ma’lumotnomasiga asosan Nukus shahar sobiq Ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan 2-guruh nogironlik pensiyasi tayinlangan va 2018 yil 30 noyabriga qadar to’lovi amalga oshirib kelingan.

Mazkur holatlar o’rganish jarayonida fuqaro T.E. ikkita fuqarolik pasporti mavjudligi natijasida ikki joydan pensiya olib kelganligi aniqlandi.

Jumladan, Nukus shahar sobiq Ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan nogironlik pensiyasi tayinlangan bo’lsada, 2004 yil 27 mayda Nukus tumani hududiga doimiy yashash uchun ro’yhatga olingan yangi pasporti (ikkinchi pasport) va 2004 yil 23 iyunda TMEK tomonidan berilgan nogironlik ma’lumotnomasi hamda boshqa hududdan pensiya olishi to’g’risida ma’lum qilmasdan, Nukus tuman sobiq Ijtimoiy ta’minot bo’limiga yozgan arizasiga asosan pensiya tayinlanib, 2009 yil 30 sentyabrga qadar noto’g’ri to’lovlar amalga oshirilgan.

O’tkazilgan malaka imtihonining natijalariga ko’ra da’vogarlar Muxitdinov Abrar Axbarovich, Sadikov Sur’at Rustamovich va Shakenov Rinat Kanatovich malaka imtixonini muvaffaqiyatli topshirdilar.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buyrug’iga asosan joriy yilning 22-aprelida aktuariy malaka sertifikatlari topshirildi.

Ma’lumot uchun. 

aktuariy - aktuariy malaka sertifikatini olgan, amalga oshirilayotgan sug’urta va investitsiya operatsiyalarining xavflilik darajasini aniqlash, shuningdek sug’urtalovchining moliyaviy holatini baholash maqsadida sug’urtalovchining sug’urta va moliyaviy faoliyati ko’rsatkichlarining tahlilini o’z ichiga oluvchi aktuar tekshiruv o’tkazuvchi jismoniy shaxs.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil aprel oyida vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan 6 nafar nomzodlar joriy yilning 26 aprel kuni moliya vazirligiga suhbatga taklif etilgan edi.

Suhbat natijalariga ko'ra 2 nafar quyidagi nomzodlar:

1

Baxodir Xikmatillaev

2

Saidislombek Saidxonov Komissiya tomonidan ma’qullandi.

 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil aprel oyida vazirlik G’aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan nomzodlar joriy yilning 29 aprel kuni moliya vazirligiga suhbatga taklif etilgan edi.

Suhbat natijalariga ko'ra quyidagi nomzodlar:

1

Juraev Sirojiddin Sherali o’g’li

2

Zokirov Jasurbek Shoyatjonovich

3

Xayrullaev Xumoyun Asadillo o’g’li Komissiya tomonidan ma’qullandi.

 

Concrete

Joriy yilning 25 aprelda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligida byudjet tashkilotlarining tegishli mutaxassislari uchun “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish” mavzusida seminar o’tkazildi.

Seminar ishtirokchilariga xarajatlarni kassali rejalashtirishda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 avgustdagi 245-son qarorining talablaridan kelib chiqib, xarajatlar ketma-ketligini rejalashtirilishini 
va “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo’yicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnomani (ro’yxat raqami 3009, 11.05.2018 y.) amalda qo’llash tushuntirildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyrug’iga asosan Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi «APEX INSURANCE» sug’urta kompaniyasiga umumiy sug’urta tarmog’ida 17 klass bo’yicha majburiy sug’urtani amalga oshirish uchun 2019 yil 20 apreldagi SF 00241-sonli litsenziya berildi.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi o'rtasida hamkorlik doirasida 2019 yil 23-25 aprel kunlari Toshkentda Iqtisodiyotning reforma tizimini shakllantirishning dolzarb masalalari bo'yicha ekspert-konsultant seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar o'tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi "Tadqiqot moliya instituti" Federal davlat tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

Seminarning so`nggi 25 aprel kunida "Elektron ijtimoiy sertifikatlarni joriy etish tajribasi" mavzusidagi taqdimot bilan MEGAR tijorat direktori Ekaterina Melnikova ma`ruza qildi. Hisobotda quyidagi masalalar ko`rib chiqildi: fuqarolarga ijtimoiy yordam ko'rsatishda kamchiliklar; moliyaviy bo'lmagan qayta ishlash tizimining xususiyatlari va uning ishlash sxemasi; Elektron ijtimoiy sertifikatlar (ESS) dan foydalanish va ularni O'zbekistonda foydalanish imkoniyatlari; identifikatorlarning va mobil ilovalarning turlari; elektron guvohnomalarni joriy etish bosqichlar Axborot tizimi haqida batafsil ma'lumotni www.megar.ru saytida topishingiz mumkin. Munozara davomida ishtirokchilar O'zbekistonda elektron ijtimoiy sertifikatlar tizimini joriy etishning eng muhim masalalariga e'tibor qaratdilar.

Muhokama chog'ida ESSni joriy etish ijtimoiy imtiyozlarning samaradorligini oshirish va xarajatlarni maqbullashtirish yo'li bilan pul mablag'larining taxminan 10 foizini tejash, provayderlar xizmatlarining sifatini aniqlash uchun sharoit yaratish, to'lovlar oshkoraligini oshirish, xizmatlarni tanlash erkinligini kengaytirish va yaxshilash imkonini beradi. davlat xizmati statistikasi. Umumlashtirilganda, bu mijozlarni jalb qilish va sotishni oshirish uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratadi.

Concrete

“O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo’yicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 3009, 11.05.2018 y.) talablari ijrosini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan holda byudjet tashkilotlari “UzASBO” DM orqali xarajatlar prognozini Moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi dasturiga elektron hujjat ko’rinishida yuborish bo’yicha

2019 yil 25 aprelda Moliya vazirligi G’aznachiligi xodimlari ishtirokida Toshkent viloyati G’aznachilik boshqarmasi hamda Yangiyo’l, Toshkent, Zangiota, Chinoz, Bustonliq tumanlari, Chirchiq va Yangiyo’l shaharlar G’aznachilik bo’linmalari va byudjet tashkilotlarining ma’sul xodimlariga yig’ilish seminari o’tkazildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil aprel oyida vazirlik G’aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yhatdagi nomzodlardan:

1

Juraev Sirojiddin Sherali o’g’li

2

Zokirov Jasurbek Shoyatjonovich

3

Xayrullaev Xumoyun Asadillo o’g’li

 

2019 yil 29 aprel kuni soat 10:00 ga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy manzili bo’yicha suhbatga etib kelishlari so’raladi.

Eslatma: Nomzodlar vazirlik binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kiritiladi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 239-17-01 va (71) 239-47-66.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi o'rtasida hamkorlik doirasida 2019 yil 23-25 aprel kunlari Toshkentda majburiy tibbiy sug'urta tizimini shakllantirishning dolzarb masalalari bo'yicha ekspert-konsultant seminarlari, davra suhbatlari va uchrashuvlar o'tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet- soliq tadqiqotlari instituti va Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining "Ilmiy-tadqiqot moliya instituti" (ITMI) Federal davlat tashkiloti tomonidan tashkil etildi.

Seminarning birinchi 23 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o'rinbosari Bahrom Ashrafxonov ishtirokchilarni qutladi. Shu bilan birga seminar ishtirokchilarini Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi ITMI direktori Vladimir Nazarov qutladi, hamda ekspert-ma`ruzachilarni tanishtirdi, ular orasida: Vitaliy Omelianovskiy (Sog'liqni saqlash moliya markazi rahbari), Nikolay Avksentyev (ITMI maslahatchisi), Andrey Ryjakov (Tibbiy sug`urta kengashi raisi).

Concrete

“O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo’yicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 3009, 11.05.2018 y.) talablari ijrosini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan holda byudjet tashkilotlari “UzASBO” Dasturiy majmuasi orqali xarajatlar prognozini G’aznachilikga elektron hujjat ko’rinishida yuborish bo’yicha joriy yilning 23 aprelda Moliya vazirligi G’aznachiligi xodimlari ishtirokida Toshkent viloyati G’aznachilik bo’linmalari va byudjet tashkilotlarining ma’sul xodimlariga yig’ilish seminari o’tkazdi.

Seminardan asosiy maqsad bugungi kundagi yuzaga kelayotgan mavjud muammolar eshitildi va ularning echimi bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar haqida gapirildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirlikning “Davlat tashqi va ichki qarzi departamenti”da tashkil etilishi munosabati bilan quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi.

1.    BO’LIM BOSHLIG’I 

Talablar:

1. Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash, tashqi (ichki) moliya bozorlarida qarz majburiyatlarini chiqarish, ularning hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish yoki moliyaviy tahlil sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.
2. Moliya, statistika, iqtisodiyot va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.

Vazifalar:

1. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari va boshqa vazirlik va idoralar bilan statistik, makroiqtisodiy va boshqa tegishli ma’lumotlar va tahliliy axborotlarni olish va tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilish.
2. Davlat qarz majburiyatlarini chiqarish, ularni ichki va xalqaro moliya bozorlarida joylashtirish, davlat qarz majburiyatlarining hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish jarayonini tegishliligi bo’yicha mufoviqlashtirish.
3. Investorlar uchun prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, investorlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish.
4. Xodimlar malakasini oshirish, ularning samarali va natijaviy faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda jamoaviy ish olib borishni ta’minlash.
5. Yuqoridagi vazifalardan tashqari joriy topshiriqlarni (ijro intizomi) o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil aprel oyida vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yhatdagi nomzodlar:

1

Alisher Rashidov

2

Baxodir Xikmatillaev

3

Sevara Qurbonova

4

Saidislombek Saidxonov

5

Eler Nishonov

6

Donier Xujaev

2019 yil 26 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy manzili bo’yicha suhbatga etib kelishlari so’raladi.

Eslatma: Nomzodlar vazirlik binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kiritiladi.

Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 239-48-04 va (71) 239-45-43.

Concrete

18-20 aprel kunlari Toshkent shahrida (Oʻzbekiston) Xalqaro pensiya va ijtimoiy fondlar assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan "Oʻzbekistonda va Yevrosiyoda pensiya islohoti. Muammolar va yechimlar" mavzusida Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtyapdi. Bu mamlakatimizda boʻlib oʻtgan birinchi shu turdagi forumdir.

Konferensiyada Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston davlatlarining pensiya va ijtimoiy fond hamda muassasalarining rahbarlari, shuningdek “Gazfond” nodavlat Pensiya jamgʻarmasi vakillari ishtirok etdi.

Joriy yilning 13 fevral kuni umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollar miqdoridagi 5 va 10 yil muddatli O’zbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalari (xalqaro obligatsiyalar) jahon moliya bozorlarida joylashtirilgach, 14 fevral kunidan ularning ikkilamchi bozordagi savdosi boshlandi. 

O’tgan 2 oy mobaynida xalqaro obligatsiyalarning ikkilamchi bozordagi narxlari barqaror darajada saqlanib turdi hamda jahon moliyaviy bozorlaridagi umumiy trendlar doirasida o’zgarib, global iqtisodiyotda yuz berayotgan jarayonlar, makroiqtisodiy o’zgarishlar va kutilmalar ta’siri ostida shakllanib bordi:

- 5 yillik xalqaro obligatsiyalar narxlarining o’z nominal qiymatiga nisbatan tebranishi 99,200-100,950% (daromadliligi mos ravishda 4,532– 4,933%) oralig’ida, shu jumladan 19 aprel kuni holatiga - 100,333% (daromadligi - 4,670%);
- 10 yillik xalqaro obligatsiyalar narxlarining o’z nominal qiymatiga nisbatan tebranishi 98,000-100,523% (daromadliligi mos ravishda 5,306 – 5,640%) oralig’ida, shu jumladan 19 aprel kuni holatiga - 100,160% (daromadligi - 5,353%). 

Oxirgi kunlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining tuman jismoniy tarbiya va sport bo’limlari xodimlari mart oyi uchun oylik maoshi to’lanmaganligi haqida ma’lumotlar tarqalib ketdi. Ushbu holat yuzasidan munosabatni bildirish Moliya vazirligi o’z burchi deb hisoblaydi.

Birinchidan, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlashtirish jamg’armasining (Jamg’arma) ma’lumotiga asosan tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo’limlari xodimlariga 2019 yilning mart oyi uchun bo’nak (avans) to’lovlari mart oyida to’langan.
2019 yilning 10 apreliga qadar Jamg’arma va uning hududiy bo’linmalarining g’azna hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldig’i 13,4 mlrd.so’mni tashkil etgan.

Ya’ni, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va sport bo’limlarining bir oylik ish haqi xarajatlari o’rtacha 1,5 mlrd.so’mni tashkil etishini inobatga olib, Jamg’arma mablag’lari qoldig’i ushbu xarajatlarni amalga oshirish uchun etarli bo’lgan.

Concrete

Mamlakatimiz, xalqimiz hayotida har kuni yangidan-yangi o’zgarishlar, yangilanishlar ro’y bermoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish, xalq bilan ochiq-oshkora muloqot qilishning yangicha tizimi – Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari institutlarining o’tgan vaqt mobaynida bajarilgan ishlardan ko’ra hal etilishi lozim bo’lgan vazifalar yanada ko’proq ekanligini namoyon etdi. Zotan, haqiqat bahslarda, oshkora muloqotlarda bo’y ko’rsatadi. Prezidentning joylarda Xalq qabulxonalari, virtual qabulxonasi tashkil etilganidan keyin xalqning real hayotidan xabardor bo’lish, odamlarning ko’p yillik muammolarini, talab va ehtiyojlarini yaqindan o’rganish, ularni hatto joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni belgilab, ijtimoiy adolatni ta’minlash imkoniyati paydo bo’ldi.

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha shahar hamda tumanlarida, chekka-chekka qishloqlarda, mahallalarda ommaviy qabullar, xalq bilan yuzma-yuz suhbatlar tashkil etilmoqda. Qisqacha qilib aytganda, xalq ichiga kirib borilmoqda. Odamlarning yuraklarida yig’ilib qolgan dardlari, allaqachon hal qilinishi mumkin bo’lgan-u, lekin to’rachilik, o’zibo’larchilik, sansolarlik oqibatida yillar davomida echilmay kelgan muammolar yuzaga chiqa boshladi. Eng muhimi, odamlar dardlarini aytishi, kattayu kichik idoralar rahbarlari bilan yuzma-yuz gaplashishi, muammolariga qisqa fursatda echim topishi uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Nafaqat muammolar, ularning talab va takliflariga ham quloq tutilib, bu takliflar yig’ilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi yo’lga qo’yildi. Prezidentimizning “Rahbarlar xalqning xizmatkori bo’lishi zarur”, “Asosiy maqsadimiz – xalq roziligi, xalq bizdan rozi bo’lsa, ishimizda unum va baraka bo’ladi”, degan qat’iy talablari amalda o’z ifodasini ko’rsatdi. Bugungi kunda ana shu izlanishlar samarasi sifatida ko’plab yangiliklar hayotga tatbiq etilmoqda.

Joriy yilning I choragi davomida O’zbekiston respublikasi Moliya vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan 15 404 ta (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi bilan birgalikda) yozma, og’zaki va elektron murojaatlar kelib tushgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari orqali 4 753 ta murojaat, bevosita vazirlik va uning hududiy bo’linmalariga kelib tushgan murojaatlar 10 651 tani tashkil etmoqda.

Concrete

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar bugungi kunda yangi bosqichga ko’tarilgani, uning samarasi jamiyatimiz taraqqiyoti va xalqimiz turmush farovonligida o’z ifodasini topayotganini ta’kidlab o’tishimiz lozim.

Davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida huquq va qonuniy manfaatlar ustuvorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirishning ahamiyati katta. Zero, har bir shaxsning vakolatli davlat organlariga, muassasalariga va xalq vakillariga murojaat qilish huquqi Konstitutsiyamizning 35-moddasida belgilab qo’yilgan va u demokratik tamoyillardan biri sifatida jamiyat ravnaqiga xizmat qilishi kerak.

Joriy yilning 19 mart kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O’zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo’lgan 1 mln.so’m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 80 mlrd.so’mlik 80 ming dona davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo’yicha auktsion savdolari o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz to’lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auksionda 6ta diler ishtirok etgan bo’lib, ular tomonidan 142,8 mlrd.so’m hajmidagi 140 469 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 80 000 dona qimmatli qog’ozlar 81,46 mlrd.so’m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Concrete

Ushbu mavzu bo'yicha Milliy matbuot markazida 17 aprel kuni Moliya vazirligining mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing bo'lib o'tdi.

Moliya vazirining o'rinbosari Odilbek Isakov "O'zbekiston uchun chin tarixiy qadam - Xalqaro kredit reyting va ilk suveren obligatsiya" mavzusida taqdimot o'tkazdi.


- Bunday reytinglarda bizning mamlakatimizning o`rnini takomillashtirish, avvalambor, butun dunyoga o'zining iqtisodiy salohiyatini namoyish etadi. Ularni tayyorlash jarayonida vaziyatni tahlil qilish yutuqlar va muammolarni hal qilishni ko'rsatib beradi ", - dedi O. Isakov. - Dunyoda yuzdan ortiq reyting agentliklari mavjud bo'lib, ulardan S & P, Fitch va Moody's kompaniyalari eng ta'sirli hisoblanadi. Biz ular bilan hamkorlik qila boshladik va o'z vakillarini Toshkentda ishlashga taklif qildik. Natijada, o'tgan yilning dekabriga qadar biz S & P va Fitchdan "Barqaror" reytingga erishdik. Bundan tashqari, O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatning kredit xavfini tasniflash bo'yicha oltinchi o'rindan beshinchi o'ringa ko'tarildi.

Concrete

Ikki bo'linma o'rtasidagi munosabatlarning yuqori darajasini va davlat moliyalari sohasidagi hamkorlikning mustahkam poydevorini yaratishga intilishlarini hisobga olgan holda, 2019 yil 17 aprelda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Fransiya Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi o'rtasida niyatlarning bayonnomasi imzolandi.

Bu 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasining rivojlanishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakat strategiyasida belgilangan davlat moliyasini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirishga yordam beradi. Hujjatga ko'ra, g`azna tizimini takomillashtirish, daromadlarni soliqqa tortish, davlat byudjeti daromadlarini yig'ish, ichki audit (tajriba almashish va axborot almashish, o'zaro tashriflarni tashkil etish va boshqalar) va shuningdek, axborot tizimlarini joriy etish bo'yicha kelgusi hamkorlik rejalashtirilgan.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 2019 yil 16-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda deputatlar birinchi o'qishda konseptual tarzda "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi qonun loyihasini ma'qulladilar.

Deputatlarning bir ovozdan qabul qilgan qarori (93 ovoz) loyiha ishlab chiquvchilariga bir oy muddatda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasida qonun loyihasini ikkinchi o'qishga tayyorlash va taqdim etish bo'yicha tayyorgarlik ishlarini yakunlash topshirildi.

Moliya vazirligi huzuridagi
DXSH rivojlantirish agentligi
O'zbekiston Respublikasi
04/16/2019 Seshanba

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surulgan besh tashabbusning to’rtinchisi-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida, O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi Etakchilar kengashi tomonidan kitob targ’iboti uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbir Yashnabod tumanida joylashgan, 151-sonli umumta’lim maktabi o’quvchilari  uchun tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi Etakchilar kengashi raisi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi etakchilari ishtirok etishdi. 

Concrete

Joriy yilning 16 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari - Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov boshchiligida “Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiya”ning ilk yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Komissiya yig’ilishi O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda o’z o’rnini yaxshilash va xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirish maqsadida o’tkazildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi PQ-4127-son “O’zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish Agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-4127-son qaroriga asosan Agentlik lotereyalar tashkil etish faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash bo’yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, lotereyalar tashkil etish faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash bo’yicha masalalar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish Agentligiga murojaat qilishingizni so’raymiz.

O’zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish Agentligi manzili: 100047, Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko’chasi, 13-uy. (orientir: AJ «O’zavtosanoat» binosi, 3-qavat).

Concrete

“O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti pul mablag’larini kassali rejalashtirish va boshqarishni amalga oshirish bo’yicha hujjat shakllari va ularni taqdim qilish tartibi to’g’risida”gi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 3009, 11.05.2018 y.) talablari ijrosini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llagan holda Davlat byudjeti daromadlari tushumi prognozini tuzish bo’yicha ma’lumot almashuvi elektron hujjat ko’rinishida Moliya vazirligi hamda Davlat soliq va bojxona qo’mitalarining axborot tizimlari o’rtasida ma’lumot almashuvini avtomatlashtirish, ya’ni elektron shaklida Moliya vazirligi G’aznachiligi bo’linmalariga yuborish bo’yicha ishlarni amalga oshirishni yo’lga qo’yish bo’yicha joriy yilning 16 aprel kuni Moliya vazirligida yig’ilish o’tkazildi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o’rinbosari O. Isakov rahbarligida o’tkazilgan ushbu yig’ilishda Moliya vazirligi, Moliya vazirligi G’aznachiligi, Moliya vazirligi axborot hisoblash markazi, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq va bojxona qo’mitalari, axborot tizimlarni avtomatlashtirish bo’yicha mas’ul “Fido-biznes” MChJ ma’sul xodimlari ishtirok etishdi.

Davlat  xaridlarini oqilona va sifatli amalga oshirilishi mamlakatda barqaror rivojlanish natijalariga erishish, shuningdek, iqtisodiy o’sishga ko’maklashish, yangi ish o’rinlarini yaratish va ijtimoiy ta’minot sohasini jadal rivojlantirishda davlat mablag’laridan unumli foydalanish imkonini yaratuvchi muhim ahamiyatga ega bo’lgan strategik vazifa sifatida tobora keng e’tirof etilmoqda.

Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik (PRIMO) 15 – Forumi manfaatdor tomonlar uchun davlat xaridlarini samarali boshqarish, jumladan, yirik investitsiya loyihalari doirasida davlat xaridlarini amalga oshirish va bu sohada etakchi horijiy ekspertlarning fikr va mulohazalarini o’rganish hamda tahlil qilish asosida chuqur islohotlarni joriy qilishda tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Evropa investitsiya banki, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon savdo tashkiloti, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo’yicha komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu forumda Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat xaridlari bo’yicha 100 dan ziyod mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar vakillari ishtirok etdilar.

Concrete

2019 yilning 1-11 aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga “Davlat qarzini boshqarishning o’rta muddatli strategiyasi” (MTDS)ni ishlab chiqish doirasida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg’armasining texnik ko’maklashish bo’yicha qo’shma missiyasi tashrif buyurdi.

Missiyaning asosiy maqsadi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga o’rta muddatda bozor munosabatlariga asoslangan moliyalashtirishga o’tish, “Davlat qarzini boshqarishning o’rta muddatli strategiyasi” (MTDS)ni ishlab chiqishga ko’maklashish orqali uning tahliliy imkoniyatlarini oshirish hamda mahalliy qarz bozorini rivojlantirish bo’yicha ko’maklashishdir. 

Ma’lumot uchun: “Davlat qarzini boshqarishning o’rta muddatli strategiyasi” (Medium Term Debt Management Strategy – MTDS) hukumatning xarajat va xatar o’rtasidagi tanloviga (cost-risk trade-off) asoslanib davlat qarzi portfelining o’rta muddat uchun shakllantirilishini nazarda tutadi.

Vashingtonda XVJ va Jahon Bankining bahorgi sessiyasi bo'lib o'tmoqda. Uning doirasida O'zbekiston delegatsiyasi bir qator davlatlar hukumatlari a'zolari bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazdi. 12 aprel kuni ana shunday uchrashuvlarning biri Shveysariya Prezidenti, moliya vaziri Ulrix Maurer bilan bo'lib o'tdi.Vashingtonda XVJ va Jahon Bankining bahorgi sessiyasi bo'lib o'tmoqda. Uning doirasida O'zbekiston delegatsiyasi bir qator davlatlar hukumatlari a'zolari bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazdi. 12 aprel kuni ana shunday uchrashuvlarning biri Shveysariya Prezidenti, moliya vaziri Ulrix Maurer bilan bo'lib o'tdi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tomonidan ilk bora Xalqaro Konferensiya o’tkaziladi.

Concrete

AQSH poytaxti Vashington shahrida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasining bahorgi uchrashuvlari boshlandi. Unda ushbu ikki xalqaro tashkilotga a'zo davlatlarning markaziy banklari, moliya vazirlari, xususiy kompaniyalar rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari, iqtisodchi olimlar ishtirok etmoqda. Eslatib o'tamiz, ushbu tadbirlarda  Bosh vazir o'rinbosari-Moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov va Markaziy bank vakillari ishtirok etishmoqda.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF-5687-son “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda ushbu Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash” boshqarmasining quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi:

  1. BO’LIM BOSHLIG’INING O’RINBOSARI – 1 NAFAR

Nomzodga qo’yiladigan asosiy talab va vazifalar

Talablar:

1. Iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya, statistika va yurisprudentsiya sohalarida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.

2. Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Word, Excel, Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish.

https://twitter.com/HidekiMoriWBG/status/1116568351319310336

In #WashingtonDC, @WorldBank ECA Vice President Muller & DPM/Finance Minister Kuchkarov signed loan agreements totaling $300 mln to support projects on urban (https://bit.ly/2VCIhAg ) and rural enterprise development (https://bit.ly/2CmrfiL ) in #Uzbekistan.

Concrete

https://twitter.com/HidekiMoriWBG/status/1116072982391267328

At a meeting of the Global Infrastructure Facility in #WashingtonDC, @Liliabur and Deputy Finance Minister Golib Kholjigitov are presenting potential infrastructure investment opportunities in #Uzbekistan, which can benefit from the support of IFIs and foreign investors.

Concrete

Concrete

Joriy yil aprel oyining 2-11 sanalarida Toshkent shahrida Davlat sektorida mehnatga haq to’lash tizimi va bandlik masalalari bo’yicha janob Aleks Appiya-Koranteng (Davlat sektori bo’yicha bosh mutaxassis) boshchiligidagi Jahon banki missiyasi faoliyat olib bormoqda.

Ushbu tashrif davomida xalqaro ekspertlar mehnatga haq to’lashning amaldagi holatini o’rganish maqsadida Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek Sog’liqni saqlash vazirligining mutaxassislari bilan uchrashishdi.

Concrete

Raximova Gulnora Xoshimovna O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

Concrete

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi o’z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasidan keng foydalangan holda kameral nazoratni amalga oshirish va byudjet muassasalarida qonun buzilish holatlarini oldini olish hamda davlat byudjeti va maqsadli jamg’armalar mablag’larining sarflanishida byudjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat tadbirlari sonini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

2019 yil 1 - choragida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 1 993 ta nazorat tadbirlari o’tkazildi. 

O’tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 70,2 mlrd.so’m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi. Shuni ta’kidlash joizki, 2019 yilning 1-choragida nazorat tadbirlari samaradorligi 2018 yil mos davriga nisbatan samaradorlik 2 martaga ortgan (2018 yil 1-chorakda 30 mlrd.so’m bo’lgan).

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazida joriy yilning 10 aprel kuni O’quv markazining rahbariyati va professor-o’qituvchilari ishtirokida Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi Moliya ilmiy-tadqiqot institutining Byudjet munosabatlari markazining xodimlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Uchrashuv davomida “O’zbekiston Respublikasida byudjetni rejalashtirish tizimini takomillashtirish” hamda “2018-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasida byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish”ga oid masalalar jahon byudjet islohotlari doirasida muhokama qilindi.

Concrete

Toshkent, 10 aprel 2019 yil. 25 mamlakat ishtirokchilari bugun Toshkentda boshlangan xaridlar, kasbiy etika, menejment va oshkoralik bo'yicha 15-forumda (PRIMO) ishtirok etmoqda. 2005 yildan buyon ushbu tadbir har yili Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlardan birida o'tkazilib, milliy davlat xaridlari tizimini isloh qilish bo'yicha tajriba almashish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi.

15-PRIMO Forumi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) va Islom taraqqiyot banki (IsDB) ko'magida  hamda Yevropa investitsiya banki (EIB), Osiyo Taraqqiyot banki (ADB), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Jahon savdo tashkiloti (WTO) va BMTning Xalqaro savdo huquqi bo'yicha komissiyasi (UNCITRAL) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mazkur tadbir joriy yilning 10 aprelilidan 13 apreligacha davom etadi.

Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik (PRIMO) forumining XV yillik yubileyi joriy yilning 10-12 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur Forumni o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qaror 2018 yil 10 mayda Budapesht shahrida (Ruminiya) bo‘lib o‘tgan XIV Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik forumining yopilish marosimida qabul qilingan.

PRIMO forumi – bu har yili ishtirokchi davlatlar (23 davlat) o‘rtasida davlat xaridlarini isloh qilish doirasida tajriba almashish imkoniyatini yaratuvchi halqaro Forumdir.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligidan 2019 yil 4 aprelda 

2515-3-son bilan davlat ro’yxatidan o’tgan Auditorlik faoliyati to’g’risidagi ma’lumot shakli va uni to’ldirish qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritdi.

Siz ushbu hujjatdagi o’zgartirish va qo’shimchalar haqida “Buxgalteriya hisobi va audit~ Auditorlik faoliyati” bo’limida tanishishingiz mumkin. 

Concrete

Sayyor uchrashuv o’tkazish sanasi

Tuman (shahar)

Sayyor uchrashuv o’tkazish manzili

12 aprel

(soat:10:00)

Andijon viloyati Oltinko’l tumani

Oltinko’l tumani «Markaz» MFYda joylashgan Madaniyat markazida

12 aprel

(soat:15:00)

Farg’ona viloyati

Bog’dod tumani

Bog’dod tumani «Konizar» MFY «Nuroniylar» bog’i

13 aprel

(soat:11:00)

Namangan viloyati Chust tumani

Chust tumani 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida

Sayyor qabullar o’tkazaladigan vaqt va joy haqida qo’shimcha ma’lumotni olish, shuningdek shaxsiy qabulga yozdirish:

Pensiya jamg’armasi “Ishonch telefoni” “11-40”;

Andijon viloyati boshqarmasining (+99874) 228-24-69;

Farg’ona viloyati boshqarmasining (+99873)-226-35-26;

Namangan viloyati boshqarmasining  (+99869) 234-35-13 telefon raqamlari orqali amalga oshiriladi.

Joriy yilning 4 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Respublikaning tijorat banklari va Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi bilan birgalikda uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda o’zaro hamkorlikning yangi qirralaridan biri ya’ni, byudjet tashkiloti xodim va ishchilarining tijorat banklaridan mikroqarz yoki overdraft kreditlarini olishda Moliya vazirligi axborot hisoblash markazi axborot tizimlaridan tijorat banklari axborot tizimlari bilan ma’lumot almashish bo’yicha maslahatlashuv o’tkazildi hamda tegishli bo’linmalar o’rtasida istiqbolli rejalar belgilab olindi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligidan 2019 yil 2 aprelda 2844-1-son bilan davlat ro’yxatidan o’tgan Auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”ga o’zgartirishlar kiritdi:

Siz ushbu hujjatdagi o’zgartirish va qo’shimchalar haqida “Buxgalteriya hisobi va audit~ Auditorlik faoliyati” bo’limida tanishishingiz mumkin. 

Concrete

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning farovon turmush kechirishi va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zamonaviy va samarali iqtisodiyotni shakllantirishga yo’naltirilgan. 

Sir emaski, mazkur islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ilg’or xalqaro tajribani joriy qilish va shaffoflikni ta’minlash bilan chambarchas bog’liq. 

2018 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olinishi hamda joriy yilning fevral oyida 1 milliard AQSh dollari hajmidagi ilk suveren xalqaro obligatsiyalarining jahon moliyaviy bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishi yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi. 

Concrete

Joriy yilning 3 aprel kuni Moliya vazirining o’rinbosari O.Isakov hamda London Iqtisodiyot Universiteti (LSE) talabalari o’rtasida O’zbekiston Respublikasida so’ngi yillarda olib borilayotgan islohotlar va kelgusida mamlakatimizning moliya tizimida amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o’tkazilib, O.Isakov tomonidan mamlakatimizning ilk xalqaro suveren kredit reytingi hamda suveren obligatsiyalarini jahon moliya bozorlarida joylashtirilishi bo’yicha ma’lumotlar berib o’tildi. 

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 183 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd