РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

Concrete

Buyuk Britaniyaning nufuzli Global Markets nashri (“Euromoney Institutional Investor” ning qismi) Jamshid Qo’chqorovni " Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasi bo’yicha (shu jumladan MDHda) 2019 - yilning eng yaxshi Moliya vaziri" deb e’tirof etdi.

Concrete

Jamshid Qo'chqorov so'nggi yillarda iqtisodiyotni liberallashtirish bo'yicha eng tezkor dasturlardan birini ishonchli bo'shqargan. Odatda sobiq Sovet respublikalarida saqlanib qolgan ko'p yillik cheklovlardan so'ng, Prezident Mirziyoyev Qo'chqorovga valyuta bozorlarini erkinlashtirish, savdo cheklovlarini yengillashtirish va mamlakatning xalqaro obligatsiyalar bozorida debyutini amalga oshirish jarayonlarini boshqarishni ishonib topshirdi.

Concrete

Joriy yilning 18 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o'rinbosari Axadbek Xaydarov va Malayziya tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Dato Marzuki Yax'ya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

Concrete

Joriy yilning 17 oktabr kuni O'zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasida AQSh G'aznachilik Departamentining texnik ko'mak bo'limi va O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi o'rtasida "Budjet va moliyaviy hisobdorlik hamda davlat qarzi va infratuzilmalarni moliyalashtirish dasturi" bo'yicha texnik topshiriqni imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Moliya vazirligi topshirig`iga binoan Axborot hisoblash markazi tomonidan O`zbekiston Respublikasi budjet kodeksining telegram ijtimoiy tarmog`idagi maxsus boti yaratildi.

Mazkur bot byudjet kodeksining bo‘limlari, boblari va moddalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularni oson qidirib topish hamda o‘qib chiqish imkoniyatlari mavjud. Ushbu bot o‘zbek va rus tillarida yaratilgan.

Concrete

Tadbirda Moliya vaziri o'rinbosari Dilshod Sultonov, Rossiya Federatsiyasi Alkogol bozorini tartibga solish federal xizmat rahbari - Igor Alyoshin, shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi ma’sul xodimlari ishtirok etishdi.

Hujjat quyidagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni nazarda tutadi:

  • alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanmasi masalalari bo'yicha qo'shma tadqiqotlar o'tkazish;
  • litsenziyalash va markirovkalash masalalari bo'yicha ekspert maslahatlarini tashkil etish, shuningdek alkogolli mahsulotlar hajmini hisobga olishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
  • xodimlarning malakasini oshirish, shu jumladan Tomonlarning tegishli idoralari o'rtasida muntazam uchrashuvlar va maslahatlashuvlar, shuningdek qo'shma o'quv seminarlari va kurslarini tashkil etish orqali Tomonlarning samarali faoliyatini rivojlantirishda hamkorlik qilish;
  • Ilmiy-texnikaviy va uslubiy tavsiyalar, tadqiqotlar natijalari va boshqalar bo'yicha tajriba almashish;

Concrete

Jahon iqtisodiy forumining (keyingi o`rinlarda – JIF) Global raqobatbardoshlik indeksi (keyingi o`rinlarda – GRI) mamlakatning iqtisodiy o`sish istiqbollarini hamda o`z fuqarolarining yuqori darajadagi farovonligini ta`minlash imkoniyatini baholaydi. Ushbu indeks, o'z navbatida, davlatning mavjud resurslardan foydalanish samaradorligi darajasini ko'rsatadi.  

Humo – davlat xududida pul harakatini va xorijiy to‘lov tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarni ta’minlaydigan hisob-kitoblar ishtirokchilari, to‘lov instrumentlari va vositalari, dasturiy-texnik vositalar, shuningdek, banklararo pul o‘tkazmalari tizimlari majmuidir.

Humo kartalari egalari  NFC texnologiyasi yordamida kontaktsiz to'lovlarni amalga oshirishi mumkin, bu esa, jarayonni soddalashtirib, to'lov o'tkazishga ketadigan vaqtni tejaydi. 50 ming so'mgacha bo'lgan to'lovlar amalga oshirilganda, PIN-kod kiritish talab etilmaydi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PF-5715-sonli farmoniga muvofiq, arzon uy-joylar qurilishi bo‘yicha maqsadli davlat dasturlarini amalga oshirish samaradorligi tahlili, shuningdek, ularni birlashtirish va ko’nsolidatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi, shu jumladan aholining keng qatlamlarini turar-joy binolari va kvartiralar bilan ta'minlash uchun kreditlash shartlarini qayta ko'rib chiqish nazarda tutilgan.

Axborot texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib, turmushning har jabxasi raqamlashtirilib borayotgan zamonda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ham byudjet jarayonlarini elektronlashtirish va avtomatlashtirish bo’yicha  bosqichma bosqich islohotlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda davlat byudjeti to’lovlarini amalga oshirishda to’lov xujjatlarini elektronlashtirish bosqichi yakuniga etib, to’lovlarni amalga oshirish tizimini zamonaviy ahborot texnologiyalaridan foydalangan holda qulaylashtirish, mukammallashtirish va to’lovlarni avtomatlashtirish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Avtomatlashtirish bo’yicha birinchi bosqich  ishlari (ish haqi to’lovlari bo’yicha Yagona Ijtimoiy To’lov va daromad solig’ining to’lovlari) muvafaqiyatli joriy qiliniib, ikkinchi bosqich ishlari (ish haqi to’lovlarini to’liq avtomatlashtirish) jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Byudjet to’lovlarini avtomatlashtirish byudjet jarayonining ijro bosqichida inson omili ishtirokini  kamaytirgan holda, to’lovlarni amalga oshirilish tezligini oshiradi, tovar (xizmat) etkazib beruvchilarga etkazilgan tovar (hizmat) uchun to’lovni o’z vaqtida olishi imkonini beradi, byudjet tashkilotlari va  g’aznachilik hodimlarining ish vaqtlarini samarali tashkil qilishlari uchun hizmat qiladi.

Concrete

Mamlakatimizda tadbirkorlik subʼektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy sektorni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini liberallashtirish, aholining sogʼliqni saqlash sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Uzumchilik va vinochilikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, ularning ishlab chiqarilishi va aylanmasini samarali monitoring qilish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish va mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida 2019 yil 5 fevralda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5656-sonli Farmoni qabul qilindi. 

Mazkur Farmonga binoan Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil qilindi.

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4162-sonli qarorida, korxonalar tomonidan 2019 yil 1 iyundan boshlab isteʼmol va texnik etil spirti, alkogolь va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogolь va tamaki mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʼullanuvchi korxonalar tovar-transport hujjatlari va tovar-moddiy boyliklarni olishga beriladigan ishonchnomalar bilan birga olib boriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni yuritishga majburiy tartibda oʼtishi belgilangan.

Concrete

2019 yilning 11 oktyabrida “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O’zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingiga o’zining navbatdagi sharhini e’lon qildi. Unga ko’ra, mamlakatimiz suveren kredit reytingi “BB-“ (“Barqaror”) darajasida saqlanib qolgan.

Mamlakatimiz kredit reytingi baholanishida uning moliyaviy holatining mustahkamligi, mo’tadil darajadagi davlat qarzi, “BB-” reytingiga ega davlatlarga nisbatan yuqori iqtisodiy o’sishga egaligi inobatga olingan bo’lsada, jon boshiga yalpi ichki mahsulotning (YaIM) nisbatan kamligi, institutsional salohiyatni rivojlantirish zaruriyati va nisbatan yuqori inflyatsiya darajasi reyting ko’rsatkichi oshirilishini “cheklovchi” omillar sifatida sanab o’tilmoqda.

Xususan, O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi (O’RTTJ) pul mablag’lari va Hukumat depozitlari (YaIMga nisbatan 10,4%), sof davlat qarzining past darajada ekanligi (2019 yil uchun YaIMga nisbatan -1,8% prognoz qilinmoqda), jahon moliya bozorlaridagi joriy holat sabab qulay foiz stavkalari va qayta moliyalashtirish xatarining pastligi ijobiy baholangan.

Concrete

Jahon banki delegatsiyasi vakillari «Ijtimoiy xavfsizlikni mustahkamlash» ga bag’ishlangan loyiha ijrosi bilan tanishish maqsadida  8-11 oktyabr kunlari mamlakatimizga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida bir qator vazirlik va idoralar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

9 oktyabr kuni Pensiya jamg’armasi rahbariyati va Jahon bankining global masalalar bo’yicha direktori Mixal Rutkovski hamda ekspertlari ishtirokida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktori mamlakatimiz pensiya ta’minoti tizimida islohotlar amalga oshirish zarurati, pensiya tizimining uzoq va o’rta muddatli prognoz ko’rsatkichlari va asosiy yo’nalishlariga to’xtalib o’tdi. Shuningdek, davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh etish Kontseptsiyasi loyihasi bo’yicha xalqaro ekspertlar bilan fikr almashildi.

Concrete

O'zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish va bozor tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli ipoteka kreditlashning barqaror tizimini yaratish maqsadida Prezidentning 2019 yil 13 maydagi PF-5715-sonli "Ipoteka kreditlash bozorini rivojlantirish va kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida ipoteka kreditlash tizimini rivojlantirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlangan.

Respublikada uy-joy siyosati islohoti doirasida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) ning O'zbekistondagi vakolatxonasida 2019 yil 8-9 oktyabr kunlari videokonferentsiya orqali OTBning O'zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish dasturi doirasida qarz mablag'larini jalb qilish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Rossiya xalq xo'jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi va E.T.Gaydar nomidagi iqtisodiy siyosat instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va soliqlarni tejash orqali iqtisodiyotni tartibga solish samaradorligini oshirish yo'llari bo'yicha mutaxassislarning hamkorligini yo'lga qo'yishga bag'ishlandi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida mavjud bo’lgan vakant lavozimlarga ishga taklif etish bo’yicha 2019 yilning 5-6 sentyabr kunlari e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yxatdagi nomzodlar:

2019 yil 11 oktyabr kuni soat 11:00 ga

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI G’AZNACHILIGI

Komissiya kotibi

1

Jumanov Aslan Abdusamadovich

S.Buzrukxodjaev

(tel: 71-239-47-66)

2

Mardanov Muhriddin Mahmudovich

3

Olimov Boburbek Akramjon o’g’li

 

NOMZODLAR:

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy manzili bo’yicha suhbatga etib kelishlari so’raladi.

Eslatma: Nomzodlar vazirlik binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti) bilan kiritiladi.

Concrete

2019 yilning 9 oyida Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” (DMBAD) va “UzASBO” dasturi ma’lumotlar bazasidan keng foydalangan holda 1147 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda, 41 ta oliygohlarda, Madaniyat vazirligi tizimidagi 516 ta muassasalarda, 154 ta tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarida, Buxoro va Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining tuzilishi va ijrosi, shuningdek 212 ta mahalliy byudjet va 44 ta boshqa tashkilotlarda hamda 28 ta tuman (shahar)lardagi 551 ta mahalliy byudjet tashkilotlarida jami 2 655 ta muassasalarida kameral nazorat tadbirlari o’tkazdi.

Kameral nazorat tadbirlariga qamrab olingan muassasalarning 820 tasida (31%) 22,6 mlrd.so’m miqdorida byudjet qonunchiligini buzilish holatlari aniqlanib, nazorat tadbirlari davomida ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida 16,5 mlrd.so’m mablag’lar byudjetga tiklandi.

2019 yilning 9 oyligi davrida o’tgan yilning mos davriga nisbatan kameral nazorati tadbirlari bilan 3 martaga ko’p  muassasalar qamrab olingan bo’lib, shunga mos holda byudjet intizomini buzilish holatlari ham 3 martaga ko’p aniqlangan.

Concrete

2019 yil 8 oktabr kuni Moliya vazirligi tomonidan Ernst & Young xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari ishtirokida "Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o'tish: muammo va afzalliklari" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Ushbu seminardan asosiy maqsad moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) qo'llash bilan bog'liq dolzarb muammolarni muhokama qilish, shuningdek ularni hal qilish bo'yicha aniq takliflarni ishlab chiqish uchun MHXSga o'tishning oqibatlarini o'rganishdir.

Seminarning asosiy ishtirokchilari Markaziy bank, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat aktivlarni boshqarish agentligi, kapital bozorini rivojlantirish agentligi mutaxassislari va respublika jamoat buxgalterlari uyushmalarining vakillari bo'ldi.

Concrete

Joriy yilning 8 oktyabr kuni OTBning maslahat missiyasi hamda «FCG International Ltd.»  xalqaro ekspertlar konsortsiumi, «Grant Tornton»ning texnik va moliyaviy maslaxatchilari, shuningdek «Allen & Overy» i «Kosta Legal»ning yuridik maslahatchilari Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaxarlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya soxasida DXSh loyihasining texnik-iqtisodiy tadqiqotlarini tayyorlash bo’yicha birinchi bosqich ishlarni boshladi. Mazkur bosqich 2020 yilning birinchi choragida yakunlanadi.

Ushbu  shaharlarda suv ta’minoti va suv chiqarish loyihalarini tayyorlash va tuzishda Osiyo taraqqiyot banki hukumatga maslahatchi etib tayinlangan. OTB 2020 yilda O’zbekistonga  xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishga ko’maklashadi.

Concrete

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida risklarni milliy baholash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Jahon bankining ekspertlari ishtirokida (2019 yil 23-25 sentyabrda) amaliy seminar tashkil etdi.

Seminarda pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan operatsiyalar amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini nazorat qiluvchi vazirlik va idoralar mutaxasisslari asosiy ishtirokchilar sifatida qatnashdi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida quyosh energiyasiga davlat-xususiy sheriklik (DXSH) investitsiyalarini jalb qilish bo'yicha birinchi ochiq tender g'olibining e'lon qilinishi ortidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Jahon banki guruhining "Scaling Solar" dasturi doirasida DXSH loyihasini amalga oshirish mamlakatning energiya balansiga 100 MVt toza qayta tiklanadigan energiya qo'shilishini ta'minlaydi.

Tenderni BAAning "Masdar Clean Energy" kompaniyasi g’olib deb e'lon qilindi. U quyosh energiyasini kilovatt-soatiga atigi 2679 AQSh tsentiga yetkazib berish taklifi bilan chiqdi, bu rivojlanayotgan bozorlarda eng past tariflardan biridir.

Ushbu loyiha O'zbekiston hukumatining 2030 yilgacha 5 gigavattgacha quyosh energiyasini ishlab chiqarishga yo'naltirilgan sa'y-harakatlarining bir qismidir, bu mamlakatning energiya balansini diversifikatsiya qilishdir.

Concrete

Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon bankining missiyalari, soliq ma'muriyatchiligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 25 sentabridan - 5 oktabriga qadar Toshkent shahrida tashrif bilan bo'lib kelmoqda.

Ushbu tashrif doirasida, 4 oktabr kuni Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan hamkorlikda soliq tekshiruvlari sohasida ilg'or xalqaro tajribani qo'llash bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida mavjud bo’lgan vakant lavozimlarga ishga taklif etish bo’yicha 2019 yilning 5-6 sentyabr kunlari e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi nomzodlar suhbatga taklif etiladi.

2019 yil 08 oktyabr kuni soat 15:00 ga

Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini  isloh qilishni muvofiqlashtirish departamentiga

Komissiya kotibi

1

Sabirov Azamat Ruzmetovich

A. Ravshanov

(tel: 71-239-45-43)

2

Abdiraxmanov Baxrom Tursinbaevich

3

Xurramov Bekzod Imomnazar o’g’li

4

Baxramov Anvar Ravshanovich

5

Sultonova Oygul Dilmurodovna

6

Ubaydullaev Sherzod Nasriddinovich

7

Shodiev Jahongir Shabon o’g’li

8

Eshboev Baxrom Burievich

9

Fozilov Ziyodulla Ibaydullaevich

10

Tuxtapo’latov Islomjon Iqboljon o’g’li

11

Normurodov Sherzod Sa’dulla o’g’li

2019 yil 09 oktyabr kuni soat 15:00 ga

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini muvofiqlashtirish va moliya bozori vositalarini rivojlantirish boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Eshonqulov Bexruz Botiralievich

A. Ravshanov

(tel: 71-239-45-43)

2

Muzaffarov Nodirjon Nuriddin O’g’li

3

Xolmatov Oybek Abdumannobjonovich

4

Fatxullaev Sardor Shuxrat ugli

 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy manzili bo’yicha suhbatga yetib kelishlari so’raladi.

Eslatma: Nomzodlar vazirlik binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti) bilan kiritiladi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida yangi dasturiy tizimlar va ularga yangi modullar ishlab chiqarilganligi sababli Moliya vazirligi xodimlarini ushbu dasturlar bilan tanishtirish maqsadida Axborot-hisoblash markazi tomonidan tayyorlangan taqdimot asosida viloyatlar kesimida taqdimot o’tkazilishi boshlandi. Shu kunga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Farg’ona va Samarqand viloyatlarida taqdimot o’tkazildi. Xodimlar taqdimotlarda faol ishtirok etishmoqda va shu bilan bir qatorda qizg’in savol javoblar bo’lib o’tmoqda. Shu kunlarda boshqa viloyatlarda ham shunday taqdimotlar o’tkazilmoqda.

Concrete

Moliya vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), Jahon Banki Guruhi aʼzosi, Sirdaryo viloyatida quvvati 1300 megavattga teng bugʼ va gazda ishlaydigan elektr qurilmasini barpo qilish, davlat-xususiy sherikchilik (DXSh) asosida tenderi va strukturasi boʼyicha Oʼzbekistonga konsultativ maslahatlar berish yuzasidan kelishuvni imzoladi. Ta'kidlanganidek, mazkur davlat va xususiy sektor sherikchiligining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi elektr energiyasi taʼminoti barqarorligini yaxshilaydi va tabiiy gazdan yanada unumliroq foydalanish imkoniyatini beradi. 

Vositachi-maslahatchi sifatida, XMK Oʼzbekistonga loyihani yaratish va davlat va xususiy sektorlar oʼrtasida xavf-xatarlarni tegishlicha taqsimlash uchun yetakchi xususiy investorlarni jalb qiladigan davlat va xususiy sektorlar sherikchiligini ishlab chiqishda koʼmaklashadi. Hukumat loyiha uchun investorni eng ilgʼor amallarga rioya qilgan holda oʼtkaziladigan raqobatga asoslangan tanlov jarayoni orqali tanlab oladi. Mazkur davlat va xususiy sektorlar sherikchiligi Oʼzbekistonning eskirib borayotgan elektr energiyasini ishlab chiqarish infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda aholi va korxonalarni elektr energiyasining barqaror taʼminoti bilan taʼminlash uchun ishlab chiqilgan. Bu, Jahon Banki Guruhining hisob-kitoblari boʼyicha, 2030 yilga kelib elektr energiyasiga boʼlgan talabi 50 foizgacha oshadigan Oʼzbekiston uchun muhim omil hisoblanadi.

Bu loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasining Oʼzbekistonning elektr energiyasini ishlab chiqarish sektoridagi xususiy sektor investitsiyalarini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha saʼy-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. 

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yxatda nomlari keltirilgan  nomzodlar:

2019 yil 03 oktyabr kuni soat 15:00 ga

DAVLAT IChKI VA TAShQI QARZI DEPARTAMENTI

Komissiya kotibi

1

To’lanov Shohruhbek Maxamadjon o’g’li

S.Buzrukxodjaev

(tel: 71-239-47-66)

2

Qodirov Umidjon Usmonjon o’g’li

3

Majidov Nodirbek Nishonboy o’g’li

4

Parmonov Muxammad Mannon o’g’li

5

Yusupov Shohjahon Bahodir o’g’li

6

Ulmas Nodirabegim Mirxamid qizi

7

Rozikova Sayyora Ochilovna

8

Salixova Dildora Farrux qizi

9

Uzoqov Shaxboz Akbarovich

10

Akchabaev Nodirbek Taxirjan o’g’li

 

NOMZODLAR:

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy manzili bo’yicha suhbatga etib kelishlari so’raladi.

Eslatma: Nomzodlar vazirlik binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti) bilan kiritiladi.

Concrete

O'zbekiston ipoteka bozorini rivojlantirish va bozor tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli ipoteka kreditlashning barqaror tizimini yaratish maqsadida Prezidentning 2019 yil 13 maydagi PF-5715-sonli "Ipoteka kreditlash bozorini rivojlantirish va kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi qarori qabul qilindi va bu qaror doirasida yo'l xaritasi tasdiqlanib, ushbu yo`l xarita  2019 - 2021 yillarga mo`ljallangan bo'lib 22ta tadbirni amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

Ushbu chora-tadbirlar yangi va mavjud bo'lgan yakka tartibdagi turar-joy binolari va ko'p xonali turar joylardagi uylar narxlari to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash va tarqatishda yangi yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirishni, shuningdek, eng yaxshi xalqaro tajribaga muvofiq uy-joy narxlari indeksini ishlab chiqishni ta'minlaydi.

Concrete

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 maydagi PF-5715-sonli "Ipoteka kreditlari bozorini rivojlantirish va kengaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi farmoni normalarini o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash maqsadida, Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil 27 sentyabr kuni Osiyo taraqqiyot banki maslahatchilari ishtirokida xususiy qurilish kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yxatda nomlari keltirilgan  nomzodlar:

2019 yil 30 sentyabr kuni soat 11:00 ga

Ijtimoiy soha va fannii moliyalashtirish bosh boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Umedov O’ktamjon Homidovich

S.Buzrukxodjaev

(tel: 71-239-47-66)

2

To’ychiev Alisher Juraevich

2019 yil 02 oktyabr kuni soat 11:00 ga

Davlat organlari, prokuratura va sud tizimi faoliyatini moliyaviy ta’minlash boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Bafoev Sunnatilla Baxodirovich

S.Buzrukxodjaev

(tel: 71-239-47-66)

2

Jo’ramurodov Sherzod Elmurodovich

 

NOMZODLAR:

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy manzili bo’yicha suhbatga etib kelishlari so’raladi.

Eslatma: Nomzodlar vazirlik binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti) bilan kiritiladi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yoshlar boshlang‘ich tashkiloti xodimlar o‘rtasida ma’naviy immunetitni yanada oshirish hamda ularni ona vatanimiz tarixini chuqurroq o‘rganishlari uchun sharoitlar yaratish, maqsadida joriy yilning  27- sentabr kuni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida “Yoshlar va tarix” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida O‘zbekiston xalq artisti Saidkomil Umarov, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Alfiya Musakayeva, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yoshlar bilan ishlash ma’rifiy uslubiy bo‘limi boshlig‘i, falsafa doktori Alisher Ismailovlar ishtirok etishdi.

Concrete

Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi rahbarining o'rinbosari A.Mixaylik boshchiligidagi delegatsiya, Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o'rtasida 2017 yilda imzolangan Texnik hamkorlik to'g'risidagi memorandumga binoan, O'zbekiston Respublikasiga ishchi tashrif bilan keldi.

Ushbu Memorandum doirasida Rossiya Federatsiyasi Federal G'aznachiligi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi o'rtasidagi yillik qo'shma hamkorlik Rejasi tasdiqlanadi. 

Ta'kidlash kerakki, 2019-2020 yillarga mo'ljallangan hamkorlik Rejasi, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillarining 12-13 sentabr kunlari bo'lib o'tgan IV Moskva moliyaviy forumidagi ishtiroki doirasida imzolandi.

Eʼlon boʼyicha birinchi bosqichdan oʼtgan quyidagi roʼyxatda nomlari keltirilgan nomzodlar:

2019 yil 26 sentabr kuni soat 15:00 ga

Soliq-bojxona siyosati va daromadlarni
prognozlashtirish departamentiga

Komissiya kotibi

1

Muminova Dilbar Ismoilovna

Sh.Kuldashev

(tel: 71-239-16-47)

2

Аvazbekov Аnvarjon Sodikjon oʼgʼli

3

Farxodjonov Jaxongirmirzo Mirzokarim oʼgʼli

4

Maxmudov Sardorjon Sobirjon oʼgʼli

5

Uktamov Fazliddin Faxriddinovich

6

Mirzoev Bobomurod Saidovich

7

Diyarov Аlisher Аbdinabievich

8

Аminboev Jaloliddin Otabek oʼgʼli

9

Kulmatova Nigora Kaxramonovna

10

Saymurodov Yunus Yusufovich

11

Boykabilov Baxodir Mustafaevich

12

Madrimov Muxiddin Baxadirovich

13

Maxamatjanov Sanjar Baxtiyorovich

14

Madraximov Аlisher Toʼychiboevich

15

Uzakov Аbdugaffar Kazakbaevich

16

Muminova Dilbar Ismoilovna

2019 yil 26 sentabr kuni soat 15:30 ga

Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Kurbanbaev Sarvarbek Аlmaz oʼgʼli

Sh.Kuldashev

(tel: 71-239-16-47)

 
NOMZODLАR:

Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol koʼchasi, 29-uy manzili boʼyicha suhbatga yetib kelishlari soʼraladi.

Eslatma: Nomzodlar vazirlik binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti) bilan kiritiladi.

Concrete

Moliya vazirligida Fransiyaning “Veolia Environment” kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa bo'yicha vitse-prezidenti Malika Genduri boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Davlat-xususiy sheriklik doirasida Toshkent shahridagi issiqlik ta'minoti tizimini boshqaruvga topshirish bo'yicha loyiha konseptsiyasi -  muxokamalarning asosiy mavzusi bo'ldi. Loyiha shahar issiqlik ta'minoti tizimini xalqaro texnik va ekologik standartlar darajasida modernizatsiya qilish va rivojlantirish, shuningdek ishlab chiqarilgan va yetkazib berilgan energiya manbalarini hisobga olish uchun zamonaviy axborot tizimlarini joriy etishni ko'zda tutadi.

Concrete

Joriy yilning 23 sentabr kuni Moliya vazirligi rahbariyati va Yevropa investitsiya banki bosh vaziri Vasil Xudak boshchiligidagi delegatsiya bilan birgalikda sanoatni modernizatsiya qilish, texnik yordam ko'rsatish, shuningdek, texnologik yangilanish ishlari bo'yicha kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilindi.

Uchrashuvda YIB bosh vaziri janob Vasil Xudak O'zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan loyihalarini taqdim etdi va ushbu loyihalarni amalga oshirishdagi asosiy maqsad energetika, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini ekologik toza asosda rivojlantirish hamda energiya sohasida samarali yechimlarni yaratish ekanligini ta'kidladi.

Izoh: Yevropa investitsiya banki – Yevropa Ittifoqining moliyaviy-kredit tashkiloti bo'lib 1958 yilda tashkil etilgan. Yevropa investitsiya banki uzoq muddatli kreditlar orqali Yevropaning rivojlanmagan mintaqalarini moliyalashtirish vazifasini bajaradi. Ustav capital a'zo mamlakatlarning badallari hisobidan shakllanadi va 232 milliard yevrodan oshadi. O'zbekiston Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston bilan bir qatorda YIB bilan hamkorlik qilgan Markaziy Osiyodagi to'rtinchi davlatdir.

Concrete

O’zbekiston Respublikasida oxirgi yillarda olib borilayotgan isloxotlarda - ta’lim soxasini rivojlantirish ustuvor yo'nalishlardan  biri hisoblanib,  davlat tomonidan bu sohaga alohida  e’tibor qaratilib kelmoqda. Bularning natijasida xozirgi kungacha ta’lim sohasini moliyalashtirish uchun 2017-2018 yillarda jami 10,4 trln.so’m va 13,7 trln.so’m byudjet mablag’lari ajratilgan bo’lsa,  2019 yilda bu ko’rsatkich 19,9 trln.so’mni tashkil etishi kutilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qaroriga muvofiq 2018 yilning 1 sentyabridan boshlab shu kunga qadar o’qituvchilarning ish haqi miqdorlari o’rtacha 1,6 baravarga oshirildi. Masalan, 2018 yil sentyabrga qadar umumta’lim maktabining 1-toifali o’qituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdori 1 387,0 ming so’m bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda 2 216,0 ming so’mni tashkil etadi.

Bundan tashqari, 2019 yilda  “Mexribonlik” uylari, jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari ayrim xodimlarining ish haqi ham ikki bosqichda 2 baravargacha oshirildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 avgustdagi “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so’zsiz ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 5491-F-son farmoyishiga asosan Moliya vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilib, 2019 yil 31 avgustdan – 15 sentyabriga qadar “Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi kafolatlanishini ta’minlash hamda er uchastkalarining olib qo’yish va mulkdorlarga etkazilgan zararlarni qoplash tartibi to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi keng jamoatchilik va aholining fikr va muloxazalarini olish uchun muhokama uchun joylashtirilgan. 

Mazkur qaror loyihasi bugungi kunga qadar 1142 nafar fuqarolar tomonidan ko’rib chiqilib, tegishli fikr va mulohazalar bildirilgan. Taklif, fikr va mulohazalarning ayrimlari loyihani qayta ishlab chiqilishida to’liq inobatga olindi va qaror loyihasi Adliya vazirligi bilan birgalikda qayta ishlab chiqildi. 

Misol uchun, ushbu qarori loyihasiga munosabat bildirilgan maqolada muallif tomonidan  qayd etgan “ino’e nujdo’”,  ya’ni o’zbek tilidagi “boshqa maqsadlar uchun” so’zlari qaror va nizom loyihasidan to’liq chiqarib tashlandi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Noyabr 2019 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
        1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 334 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2019 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!