РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

Concrete

Moliya vazirligida alohida Davlat xaridlari bo’yicha Сall center faoliyatini boshladi.

Murojaat uchun 71 203 99 66 raqamiga qo’ng’iroq qlishingiz mumkin.

Concrete

Ipotekani qayta moliyalashtirish bo'yicha kompaniyalar Bosh direktori lavozimiga qo’yiladigan talablar:

Kompaniyaning umumiy ishlarini boshqarishga mas'ul, korporativ strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, Kuzatuv kengashining (keyingi o'rinlarda Kengash) operativ rejalari va harakatlariga strategik yo'nalishlarini o’ylab chiqish va amalga oshirish, Kompaniyaning barcha faoliyatini nazoratga olish  va uning xizmatlarini targ’ib qilish.

Bosh direktorning asosiy vazifasi biznes rejasiga muvofiq biznesning umumiy natijalariga erishish (natijalar va rentabellik).

Bosh direktor funksiyalari:

  • kompaniyaning strategik yo'nalishini ishlab chiqish va ishlab chiqilgan tamoyillariga asosan amalga oshirish.
  • kengashning tasdiqlangan strategik yo'nalishlarini tezkor amalga oshirish.
  • kompaniyaning strategik va operatsion rejalarini amaldagi kadrlarga va boshqaruvga mohiyatini va ahamiyatini oshirish.
  • marketing mahsulotlarini o'z mijozlariga taqdim etish.
  • kompaniyaning barcha operatsiyalarini nazorat qilish funktsiyasini amalga oshirish va kengash va yig'ilish tomonidan belgilangan umumiy strategiya va missiyani ta'minlash.
  • risklarni boshqarishning asoslarini qat'iy rioya qilish orqali risklarni xabardor qilish madaniyatini targ'ib qilish.

Concrete

Mamlakatimizda aholi daromadlari va turmush darajasini oshirib borish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini yanada ijtimoiy qo’llab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish siyosati bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Aholining ehtiyojmand qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Ushbu sayi xarakatlar davomi sifatida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 iyulda imzolangan Farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan pensiya va ijtimoiy nafaqalarning miqdori 1,1 baravarga oshirilishi natijasida 3,5 mln. nafardan ortiq pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning moddiy ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Concrete

Joriy yilning 13-iyul kuni Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Toshkent markaziy eko bog’ida Moliya vazirligi hodimlari o’rtasida “Yugurish marafoni” o’tkazildi. 

Moliya vazirligi Xalqaro valyuta jamg’armasi va boshqa xalqaro moliya institutlari ekspertlari bilan birgalikda o’rta muddatli davr uchun davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasini ishlab chiqdi.

2019 yil 12 iyul kuni “Poytaxt” Biznes markazida davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarining muhokamasi bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti o’z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasidan keng foydalangan holda kameral nazoratni amalga oshirish hamda byudjet muassasalarida qonun buzilish holatlarini oldini olish va byudjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat tadbirlari sonini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

2019 yilning 1-yarim yilida Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Ish reja, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 4 299 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o’tkazildi.
O’tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 167 mlrd.so’m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi. 

Moliya vazirligi o’quv markazi va Axborot hisoblash markazi bilan hamkorlikda “Rezyume” dasturi ishlab chiqilmoqda. Ushbu dasturdan Moliya vazirligi tizimiga malakali kadrlarni jalb qilish ko’zda tutilgan bo’lib, tizimdagi bo’sh ish o’rinlarini e’lon qilish, ishga kirmoqchi bo’lgan kadrlar hujjatlarini onlayn qabul qilish maqsad qilib qo’yilgan.

AHM tomonidan Moliya vazirligi elektron kutubxona veb sayti ishga tushirildi. Ushbu veb saytga vazirlik korporativ tarmog’ida quyidagi xavola orqali tashrif buyurishingiz mumkin: lib.mf.uz.

Hozirgi kunga kelib veb saytda 200 dan ortiq badiiy, iqtisodiy, jahon adabiyotlari, prezident asarlari va tibbiyotga oid adabiyotlar mavjud bo’lib, Moliya vazirligi hodimlari uchun kerakli va qiziqarli kitoblar joylashtirilib borilmoqda. 

Moliya vazirligi AHM elektron kutubxonani yanada rivojlanishi yo’lida ish olib borib, veb saytda audio kitoblar va videolarni joylash imkoniyatini yaratmoqda.

Concrete

Moliya vazirligi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki va BMTning Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) hamkorligida OTBning "Investitsiya loyihalarini va tashqi qarzlarni boshqarish tizimini takomillashtirish orqali davlat idoralarining salohiyatini rivojlantirish" loyihasi doirasida davlat qarzini boshqarish va moliyaviy tahlil tizimi (DMFAS-6 dasturiy majmuasi) joriy qilinmoqda.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2019 yil 1 iyuldagi buyrug’iga asosan 2019 yilning 30 iyul kuni (imtihon boshlanishi soat 14:00da) Toshkent shahri, Tallimarjon ko’chasi 1G’1 manzilda joylashgan MChJ «NORMA»da o’tkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi da’vogarlar qo’yildi:

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilning 19 iyun kuni takroriy ravishda vazirlikda mavjud vakant lavozimlarga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yhatdagi nomzodlarni:

2019 yil 8 iyul kuni soat 11:00 ga

Soliq va bojxona siyosati boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Ergashev Axmadjon Maxmudjon o’g’li

Sh.Kuldashev

(tel: 71-239-16-47)

2

Tojiboev Zafarbek Zuxridinovich

3

Bazarov Laziz Tuxtamurodovich

4

Murtozaev Mirobid Furqat o’g’li

5

Shomansurov Shoakmal Shominovarovich

6

Sharipov Eldor Salohiddin o’g’li

7

Gapurjanova Nazokat Shuxrat kizi

2019 yil 9 iyul kuni soat 11:00 ga

Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyaviy

ta’minlash departamentiga

Komissiya kotibi

1

Muzaffarov Nodirjon Nuriddin o’g’li

R.Kenjaev

(tel: 71-239-46-70)

2

Nazirov Farrux Nasridinovich

3

Jo’ramurodov Sherzod Elmurodovich

2019 yil 10 iyul kuni soat 11:00 ga

Davlat byudjeti bosh boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Raximov Ilhom Uralovich

Sh.Do’manov

(tel: 71-239-17-01)

2

Siddiqova Nilufar Shuhratovna

3

Narzullaeva Uvaysiy Zokirjonovna

4

Abdiraxmanov Baxrom Tursinbaevich

2019 yil 11 iyul kuni soat 11:00 ga

Tarif siyosati va davlat korxonalarini

isloh qilish bosh boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Avezov Alisher Farxod o’g’li

Sh.Do’manov

(tel: 71-239-17-01)

2

Dobilova Nigora Axmadalievna

3

Roxataliev Nurbek Shuxrat o’g’li

2019 yil 12 iyul kuni soat 11:00 ga

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Hamidjanov Doniyorbek Odiljon o’g’li

S.Buzrukxodjaev

(tel: 71-239-47-66)

2

Bo’ranov Laziz Olimovich

3

Maxkamov Oybek Taxirovich

2019 yil 15 iyul kuni soat 11:00 ga

Davlat organlari, prokuratura va sud tizimi faoliyatini

moliyaviy ta’minlash boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Bafoev Sunnatilla Baxodirovich

S.Buzrukxodjaev

(tel: 71-239-47-66)

2

Saymurodov Yunus Yusufovich

3

Ravshanov Xurshid Narzullaevich

2019 yil 16 iyul kuni soat 11:00 ga

Arzon uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlarini muvofiqlashtirish va moliya bozori vositalarini rivojlantirish boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Xolmatov Akbarbek Panjievich

A.Ravshanov

(tel: 71-239-45-43)

2

Usmonov Xasan Toxirovich

2019 yil 17 iyul kuni soat 11:00 ga

Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasiga

Komissiya kotibi

1

Ibragimov Javohir O’ralbek o’g’li

Sh.Kuldashev

(tel: 71-239-16-47)

2

Ergashxo’jaev Akbarxo’ja Ulug’xo’ja o’g’li

 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 10 maydagi 71-sonli buyrug’i asosida respublikamizning barcha hududlarida "Davlat xaridlari" to’g’risida o’quv seminar-treninglar tashkil etish va o’tkazish belgilangan bo’lib, uning ijrosini ta’minlash maqsadida Osiyo taraqqiyot banki homiyligida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning huzuridagi O’quv markazi hamkorligida moliya tizimi xodimlari uchun  joriy yilning 15 mayidan boshlab seminar-treninglar Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi o’qituvchilari va Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan o’tkazib kelinmoqda.

Concrete

30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi boshlang’ich tashkiloti tomonidan vazirlikning yosh xodimlari uchun bayram dasturi tashkillashtirildi.

Bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish, yoshlar o’rtasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni targ’ib qilish maqsadida vazirlikning yosh xodimlari uchun maxsus bayram dasturi tayyorlandi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 28 iyundagi 33-ms-sonli bo’yrug’i bilan auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini bir marta qo’pol ravishda buzish deb hisoblangan har yilgi malaka oshirishdan o’tmaganligi sababli quyidagi auditorlarning malaka sertifikatlarining amal qilish muddati 2019 yilning 28 iyunidan tugatildi:

  • Klichov Maksud Yusupovichga 2017 yil 22 dekabrda berilgan 05537-sonli auditor malaka sertifikati;
  • Kambarov Djamshid Nigmatullaevichga 2015 yil 28 fevralda berilgan 05287-sonli auditor malaka sertifikati;
  • Ernazarov Arifjon Djanzakovichga 2017 yil 29 sentyabrda berilgan 05513-sonli auditor malaka sertifikati.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 27 iyundagi 468-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “AMIR-AUDIT” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2018 yil 19 yanvarda berilgan 00642-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 27 iyundan tugatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF–5687-son Farmoni ijrosi yuzasidan joriy yilning 28 iyun kuni Moliya vazirligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi hamda respublika vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirokida Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O’zbekiston Respublikasining o’rnini aks ettirishga bag’ishlangan navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida mazkur indeksning yangi tahrirdagi metodologiyasi tahlili, xususan 5, 6, 7, 8, 10, 11 va 12 komponentlar tahlilidagi mavjud muammolar, ularning echimlari hamda vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash samaradorligini oshirish kabi masalalar muhokama qilind
i.

Concrete

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 10 maydagi 71-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Osiyo taraqqiyot banki homiyligida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida moliya tizimi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan 20 soatlik seminar-trening dasturiga asosan "Davlat xaridlari" to‘g‘risidagi o‘quv seminar-treninglar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha joriy yilning 15 mayidan boshlab Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi o‘qituvchilari va Moliya vazirligi mutaxassislari tomonidan respublikamizning barcha hududlarida seminar-treninglar o‘tkazildi.

Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning (ro‘yxat raqami 3105, 2018 yil 21 dekabr) 22-bandiga muvofiq malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro G. Karimova tomonidan davlat foydasiga 1,2 mlrd. AQSh dollari o‘tkazildi degan xabar tarqaldi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respuplikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi negizida jismoniy va yuridik shaxslarga real vaqt rejimida maslahat berish imkoniyatini beruvchi “Onlayn maslahatchi” moduli ishga tushirilgan.

Concrete

Joriy yilning 22-23 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot xisoblash markazi xodimlari tomonidan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shaxrida o‘quv-seminar amaliyoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv-seminar jarayonida hozirgi vaqtdagi dolzarb bo‘lgan masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikda byudjet tizimidagi barcha islohotlarni o‘zida jamlovchi yagona hujjatni tasdiqlashni nazarda tutuvchi o‘rta muddatli davrga mo‘ljallangan Davlat moliyasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish Strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyasi uchun davlat byudjetidan ajratilayotgan moddiy yordam mablagʻlarini manzilli va maqsadli sarflanishi yuzasidan navbatdagi moliyaviy nazorat amalga oshirildi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalarni Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga mosligi nazoratdan oʻtkazilganda bir qator qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni (DXSh) rivojlantirish agentligi aholi turmush darajasi hamda faravonligi va infratuzilma ob’ektlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, maktabgacha ta’lim sohalarida davlat-xususiy sherikligi asosidagi qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni olib bormoqda.

Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamentining asosiy vazifalaridan biri zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshirish ob’ektlari va maqsadlarini aniqlash yo‘li bilan kam samarali tekshirishlarni qisqartirish hamda samaradorligini oshirish hisoblanadi. 
 

Bugungi kunda Davlat moliyaviy nazorati departamenti o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifasidan kelib chiqib, byudjet tashkilotlarida qonun buzilish holatlarining oldini olish hamda davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalar mablag‘larining sarflanishida byudjet qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan byudjet tashkilotlariga borilmasdan, zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda masofaviy (kameral) nazorat ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF–5687-son Farmoni ijrosi yuzasidan joriy yilning 21 iyunь kuni Moliya vazirligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi hamda respublika vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirokida Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini aks ettirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Concrete

Respublikamizda inestitsion muhitni yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish bugungi kunda iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri bo‘lib bunda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilning 24 may kuni takroriy ravishda Davlat tashqi va ichki qarzi departamentida hamda 12 iyun kuni Moliya vazirligi G‘aznachiligida mavjud vakant lavozimlarga ishga taklif etish bo‘yicha e’lon berilgan edi.

Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting 

Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting 

Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting 

Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting 

Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting 

Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting 

Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting 

Vakansiyalarni ko'rib chiqish uchun quyidagi yo'llanma bo'yicha o'ting 

Concrete

2019 yilning 17 iyun kuni Moliya vazirligi tomonidan “Har bir murojaat e’tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2019 yilning yanvar-may oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

Concrete

12-iyun kuni Moliya vazirligida Bosh vazir o'rinbosari - moliya vaziri va AQSh hukumati iqtisodiy maslahatchisi, Janubiy Karolina va Chikago universiteti professori Artur Laffer o’rtasidagi uchrashuv bo’lib o’tdi.

Ma'lumot uchun: Artur Laffer AQShlik iqtisodchi, Yel Universitetini tamomlagan, Stenford Universitetida doktorlik darajasini egallagan, Janubiy Karolina va Chikago Universitetlari professori. Ronald Reygan prezidentligida butun dunyoda shuhrat qozondi va "Laffer egrisi" (davlat byudjetiga soliq tushumlari bo'yicha soliq stavkalari ta'sirining shaklini ifodalovchi nazariya) tufayli tanilgan. U R. Reygan (AQShning 40-prezidenti) va Britaniya bosh vaziri M. Tetcherlarning iqtisodiy maslahatchisi bo’lgan. Bundan tashqari, Laffer Chilida iqtisodni liberallashtirishni amalga oshirgan mashhur "Chikago o'g'illari" dan biri hisoblanadi (A. Pinochetning taklifi bilan).

Concrete

11 iyun kuni moliya vazirligida AQSh moliya vazirining texnik yordam siyosati bo'yicha yordamchisi o'rinbosari Larri Makdonald bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Shuningdek, mehmonlar tomonidan AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel Rosenblum, Moliya vazirligining Soliq maslahati xizmatlari dasturi rahbari Bill Remington va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

Uchrashuvning boshida Moliya vazirligi mehmonlarga 2019-2021 yillarga yo`llangan O'zbekiston Respublikasining rivojlanishning beshta ustuvor yo'nalishlarida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ijobiy o'zgarishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish, iqtisodiy ma'lumotlarning ochiqligi va mavjudligini ta'minlash, shuningdek Davlat byudjeti ijrosini ta'minlashning oshkoraligi to'g'risida ma'lumot berdi.

Concrete

O’zbekiston yoshlar ittifoqining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidagi boshlang’ish tashkiloti tomonidan vazirlikning yosh xodimlari uchun joriy yilning 11 iyun kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi faollar zalida “Terrorizm va diniy ekstremizm-davr muammosi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Ushbu davra suhbatida taniqli fan, ta’lim va madaniyat, ichki ishlar xodimlari, din sohasining yetuk mutaxassislari ishtorik etishdi.

Ushbu o’tkazilgan uchrashuv vazirlik xodimlarining hayotida bir umrga esda qoladigan darajada bo’ldi desak adashmagan bo’lamiz.  Boisi, tadbir interaktiv metodlar asosida o’tkazilib, bir vaqtning o’zida ishtirokchilarga videoroliklar namoyish etilib, psixologik savol-javoblar o’tkazildi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahrida va viloyatlarda joylashgan oliy o’quv yurtlari talabalarini Vazirlikning Davlat tashqi va ichki qarzi Departamentida amaliyot o’tash bo’yicha 2019 yil 29 may kuni e’lon qilingan tanlovning 2-bosqichidan o’tgan nomzodlar ro’yxatini e’lon qiladi!

1. Pardabaev Shaxzod Alisherovich
2. Sardor Xolmamatov
3. Jo’raev Ilxomjon Kamoliddinovich
4. Ernazarova Gulnora Mahamatjon qizi
5. Rajabboeva Gulruh Hamzaqul qizi
6. Ro’zimov Madatbek
7. Xolmurodov Jo’rabek Farhod o’g’li
8. Nazarov Shodlik Shokir o’g’li
9. To’raev Elbek Hamza o’g’li
10. Ziyadullaev Behruz
11. Ozodov Ozodbek Shuhratovich

Ushbu nomzodlardan 2019 yil 12 iyun kuni soat 10-00 ga Moliya vazirligiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va oliy o’quv yurtida o’qiyotganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma bilan kelishlari so’raladi.

Ma’muriyat.
 

Joriy yilning 22 may kuni London shahrida nufuzli “Global Capital” nashriyoti tomonidan o‘tkazilgan “Bond Awards 2019” taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mintaqasining xalqaro obligatsiyalar chiqarish bo‘yicha eng yaxshi emitentlari qatoridan joy olgani rasman e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil 28 may kuni vazirlikning mf.uz veb saytida Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish Departamentida mavjud vakant lavozimlarga ishga taklif etish bo‘yicha e’lon berilgan edi.
E’lon bo‘yicha birinchi bosqichdan o‘tgan quyidagi ro‘yhatdagi nomzodlar:

Concrete

Moliya vazirligida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - Moliya vaziri hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti o’rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining vakolatxonasi 2017 yilning noyabrida O'zbekistondagi o'z faoliyatini qayta tikladi. 2018 yilda O'zbekiston Respublikasi va YTTB o’rtasida 382,5 mln. AQSh dollarlik kredit shartnomalari imzolangan, 2019 yil 5 oyi ichida imzolangan kredit shartnomalari miqdori esa 240 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan. YTTB loyihalari kichik biznes, moliya sektori, transport infratuzilmasi va energetika masalalariga qaratilgan.

Concrete

Joriy yilning 10 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va mineral resurslar qo'mitasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o'rtasida O'zbekiston Respublikasining konchilik sektorini isloh qilish bo'yicha strategik hamkorlik to'g'risidagi anglashuv memorandum imzolandi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Xukumatining qaroriga asosan nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga nafaqalar tayinlanishi yo’lga qo’yildi. Natijada shu kunga qadar ikki mingdan ortiq nogiron farzandni tarbiyalayotgan onalarga nafaqalar tayinlandi. Pensiya jamg’armasi hududiy boshqarmalari tomonidan bugungi kunda nogiron farzandni tarbiyalayotga xonadonlar holidan xabar olish hamda ularga kitob tarqatish ishlari olib borilmoqda. 

Hususan, Pensiya jamg’armasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan kitob aksiyasi davomida hududdagi  xonadonlarga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida Pensiya jamg’armasi nomidan badiiy va ilmiy adabiyotlar hamda boshqa sovg’alar berildi.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2019 yil 4 iyundagi buyrug’iga asosan 2019 yilning 25 iyun kuni (imtihon boshlanishi soat 14:00da) Toshkent shahri, Tallimarjon ko’chasi 1/1 manzilda joylashgan MChJ «NORMA»da o’tkaziladi.

Malaka imtihonini topshirishga quyidagi da’vogarlar qo’yildi:

I.Sh. I.Sh.
1. Muxammadiev Abduvaxob 21. Xushiev Olim
2. Aminov Sodirxon 22. Tilavov Ulashboy
3. Kuziev Alisher 23. Gulmurodov Erkin
4. Yuldashev Maxmudjon 24. Sariev Taxlimat
5. Yuldashev Lazizbek 25. Ravshanov Ilxom
6. Xaknazarov Bengnazar 26. Jabbarov Kamoliddin
7. Rachenkova Svetlana 27. Yusupov Alisher
8. Kasimova Anora 28. Axmedov Ibraximjon
9. Kozyuk Galina 29. Alaviddinova Margarita
10. Ibragimova Fatima 30. Alaviddinov Shuxrat
11. Ortikov Ergashjon 31. Gravshonkov Andrey
12. Maxramov Baxtiyarjon 32. Pak Oleg
13. Kurbonov Abror 33. Taxirov Islomjon
14. Temirxanova Maxbuba 34. Salibaev Fayzullo
15. Isomuxamedov Akbarjon 35. Xujaev Baxtiyor
16. Axmadaliev Zoxidjon 36. Amirkulov Toshturdi
17. Sindarov Mansur 37. Isaeva Gulbaxor
18. Xakimov Azizbek 38. Sayfulla Shaxzod
19. Arakelyan Ekaterina 39. Pulatov Shukurilla
20. Yuldashev Farxodjon 40. Karimov Shavkatbek

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahrida va viloyatlarda joylashgan oliy o’quv yurtlari talabalarining Vazirlikni Davlat tashqi va ichki qarzi Departamentida amaliyot o’tash bo’yicha 2019 yil 29 may kuni e’lon qilingan tanlovning 1-bosqichidan o’tgan nomzodlar ro’yxatini e’lon qiladi!

1. Pardabaev Shaxzod Alisherovich
2. Sardor Xolmamatov
3. Jo’raev Ilxomjon Kamoliddinovich
4. Ernazarova Gulnora Mahamatjon qizi
5. Rajabboeva Gulruh Hamzaqul qizi
6. Ro’zimov Madatbek
7. Abdirimov Akmal Baxrom o’g’li
8. Xolmurodov Jo’rabek Farhod o’g’li
9. Nazarov Shodlik Shokir o’g’li
10. To’raev Elbek Hamza o’g’li
11. Ziyadullaev Behruz


Ushbu nomzodlardan 2019 yil 10 iyun kuni soat 10-00 ga Moliya vazirligiga shaxsini tasdiqlovchi xujjat bilan kelishlari so’raladi.

Ma’muriyat.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyrug’iga asosan  «ALSKOM-VITA» Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi sug’urta kompaniyasiga hayotni sug’urta qilish tarmog’ida I, II, III, IV klasslar bo’yicha va umumiy sug’urta tarmog’ida 1 va 2 klasslar bo’yicha ixtiyoriy sug’urtani amalga oshirish uchun 2019 yil 29 maydagi SF 00243-sonli litsenziya berildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 30 maydagi 467-af-sonli buyrug’iga muvofiq xususiy korxona shaklidagi “JAMOL SOLIQ-AUDIT” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2014 yil 19 mayda berilgan 00735-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 30 mayidan tugatildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2019 yilning 27 may kuni ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bor shaxslar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda O’zbekiston ko’zi ojizlar jamiyati (O’zKOJ), O’zbekiston karlar jamiyati, O’zbekiston nogironlar uyushmasi a’zolari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlanitirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi va Davlat soliq qo’mitasi vakillari ishtirok etdi.

Ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgan uchrashuvda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bor shaxslarni ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, moddiy va ma’naviy qullab-quvvatlashga alohida etibor berilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, bu toifa insonlarni soliqqa tortish bo’yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Concrete

Jahon banki (JB) mutaxassislari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida seminar bo'lib o'tdi. Tadbir davlat xarajatlari va investitsiyalar boshqaruvi, shuningdek sohadagi  davlat-xususiy sheriklik (DXSh) masalalariga bag'ishlandi.

Jahon banki mutaxassislari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat xarajatlarini boshqarish sohasidagi islohotlarni ijobiy baholab o’tdilar. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2025 yilgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Investitsion siyosatining strategik loyihasi yuqori baholandi. 

Seminar boshida ishtirokchilar Jahon banki mutaxassislari va O'zbekistonning bir qator davlat organlari vakillari bilan hamkorlikda tuzilgan davlat xarajatlarining dastlabki tahlil natijalarini ko'rib chiqdilar.

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro E.N. 1999 yil 24 avgustda imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlashni so’rab Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatchi o’z arizasiga imtiyozli mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma hamda pensiya tayinlash uchun boshqa zarur hujjatlar nusxasini ilova qilgan. Arizaga asosan Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limi tomonidan imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlangan.

Pensioner E.N.da 2 ta fuqarolik pasporti mavjud bo’lgan. Ushbu fuqaroga o’zining qonunchilikka zid ravishda 2002 yil 4 noyabrda Pensiya jamg’armasining Toshkent shahar Yashnobod tuman (sobiq Xamza tuman) bo’limiga mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnomalarni asosan 54 yoshdan yoshga doir pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan. Arizachining taqdim qilgan xujjatlarida hech qanday shubhali holat kuzatilmaganligi sababli Pensiya jamg’armasi Yashnobod tuman (sobiq Xamza tuman) bo’limi tomonidan yana bir bor yoshga doir pensiya tayinlangan.

Concrete

Davlatimiz rahbari yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari bo’yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edilar. Unga ko’ra to’rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo’naltirilgan edi. 

Shuningdek, butun dunyo bo’ylab, har yilning 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram munosabati bilan turli-tuman madaniy ommaviy tadbirlar, sport musobaqalari, kontsertlar tashkil etiladi.  Ahvoli og’ir bemor, davolanishga muhtoj va nogironligi bo’lgan bolalar uchun xayriya aktsiyalari va tadbirlar ham o’tkaziladi. 

Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktorning birinchi o’rinbosari Tleuov Medet Abdimuratovich joriy yilning 30 may sanasida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi nogironlik nafaqasini oluvchilar hamda nogiron farzandi bo’lgan fuqarolar xonadonlarga tashrif buyurdi.

Qaror loyihasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-3946-son “O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” qarorining 10-bandini ijrosi yuzasidan ishlab chiqildi. 

Qaror loyihasining maqsadi auditning xalqaro standartlarini (AXS) joriy etish tartibini aniqlash, AXS matnini davlat tiliga tarjima qilish  va ularni O’zbekiston Respubilkasi Moliya vazirligi veb – saytiga e’lon qilish buyicha tashkiliy choralar majmuini amalga oshirishni nazarda tutadi. 

Xalqaro amaliyotda AXSni joriy etish milliy iqtisodiyotlarning ochiqligini va ularning o’zaro aloqasini oshirish hamda jahon iqtisodiy tizimi integratsiyalashuvini takomillashtirishdan kelib chiqadi.  

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro E.N. 1999 yil 24 avgustda imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlashni so’rab Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limiga ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatchi o’z arizasiga imtiyozli mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma hamda pensiya tayinlash uchun boshqa zarur hujjatlar nusxasini ilova qilgan. Arizaga asosan Pensiya jamg’armasining Termiz shahar bo’limi tomonidan imtiyozli yoshga doir pensiya tayinlangan.

Pensiya jamg’armasi Mablag’larni boshqarish va hisobini yuritish boshqarmasi bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni hamda «Pensiyalar va nafaqalar to’lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalarni o’z vaqtida hamda to’liq etkazib berilishi to’lovlar plastik kartochkalarga asossiz ravishda o’tkazish, yotoqdagi pensionerlarga pensiya va nafaqalarning o’z vaqtida etkazib berilishi va boshqa pensiya va nafaqalar tarqatilishi doimiy turda monitoring qilib boriladi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan Oliy o’quv yurtlarining moliya va moliyani boshqarish, iqtisodiyot (makro/mikro), bank ishi, statistika, amaliy matematika yoki matematikaga ixtisoslashgan shunga yaqin yo’nalishlar bo’yicha bakalavriatning kunduzgi bo’limi 3-4 kurslarida yoki magistraturaning 1-2-kurslarida tahsil olayotgan talabalarni vazirlikda yangi tashkil etilgan Davlat tashqi va ichki qarzi Departamentida amaliyot o’tash uchun taklif etadi:

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Evroosiyo mintaqasidagi Buxgalterlar xalqaro federatsiyasining (IFAC) a’zolari va a’zolikka nomzodlari uchun Moskva shahrida bo’lib o’tgan “Etika kodeksi buxgalter va auditor kasbining asosi sifatida: chaqiriqlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada va “Evroosiyo mintaqasidagi buxgalterlar va auditorlar professional tashkilotlarining rolini oshirish” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi. 

Xalqaro konferensiyada buxgalteriya hisobi va audit sohasini tartibga soluvchi davlat organlari: Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakillari, shuningdek Jahon banki, Buxgalterlar xalqaro federatsiyasi (IFAC) ekspertlari, MDH mamlakatlari buxgalterlar va auditorlarining professional jamoat tashkilotlari, ilmiy xodimlar va boshqalar ishtirok etdi. 

Konferensiyaning asosiy maqsadi bo’lib xalqaro standartlar asosida buxgalteriya hisobi va auditni rivojlantirishning kelgusi yo’nalishlarini aniqlash hisoblandi. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi PQ-4325-son “Davlat korxonalari va ustav kapitalida davlat ishtirok etayotgan tijorat banklarini restrukturizatsiya va isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan “Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish boshqarmasi” tarkibidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qilinadi.

DAVLAT ISHTIROKIDAGI TIJORAT BANKLARINI
ISLOH QILISHNI MUVOFIQLASHTIRISH
BOSHQARMASINING ASOSIY VAZIFALARI

1. Markaziy bank va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda xalqaro moliya tashkilotlarining ekspertlarini jalb etgan holda tijorat banklarida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib borishni nazarda tutib, ularni boshqarish, isloh qilish va samarali egalik qilishni ta’minlash bo’yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Davlat ishtirokidagi tijorat banklarining raqobatbardoshligi, rentabelligi faoliyatining tijoratlashganligi holatini, shu jumladan ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar ulushuning zamonaviy bozor sharoitlariga mos kelishi nuqtai nazaridan tahlil qilish, shuningdek, banklardagi korporativ boshqaruv tizimining samaradorligini baholash.

3. Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish jarayonlarining samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlash.

4. Markaziy bank va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi tijorat banklarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash bilan bog’liq tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar hamda zarur tartib-taomillarni o’z vaqtida va to’la-to’kis amalga oshirish.

5. Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilish, shu jumladan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ularning boshqaruvi tarkibiga yuqori malakali chet ellik mutaxassislarni faol jalb etish jarayonlari doirasida xorijiy va xalqaro institutlar bilan ishlarni samarali tashkil etish.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 maydagi 465-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “CONTINENTAL-AUDIT” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2011 yil 2 fevralda berilgan 00721-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 23 mayidan tugatildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 maydagi 464-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “MEZON AUDIT SERVIS” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2008 yil 10 aprelda berilgan 00027-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 23 mayidan tugatildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, hamda ASSA va EBRR xalqaro tashkilotlari ko’magida PROFI TRAINING biznes-maktabi tomonidan tashkil etilgan “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) va Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS): transformatsiya boshlanmoqda” mavzusidagi konferentsiya “Grand Mir” mehmonxonasining konferents-zalida bo’lib o’tdi. 

Konferensiya ishida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakillari, moliyaviy maslahatchilar, banklar, yirik kompaniyalar, aktsiyadorlik jamiyatlari xodimlari, hamda Profi Training biznes-maktabi rahbarlari va qatnashchilari ishtirok etishdi.

Konferensiyada O’zbekistonda buxgalteriya hisobini isloh qilishning dolzarb masalalari, hamda MHXSni joriy qilish va uning investitsiya muhitiga ta’siri masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, konferentsiya ishtirokchilari MHXSni joriy qilishning xalqaro tajribalari bilan almashishdi, MHXS asosida BHMSni uyg’unlashtirishning (muvofiqlashtirishning) asosiy jihatlarini o’rganishdi. 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat tashqi va ichki qarzi departamenti tarkibidagi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi.

1. BO’LIM BOSHLIG’I

Talablar:
1. Statistik va makroiqtisodiy axborotlar bilan ishlash, tashqi (ichki) moliya bozorlarida qarz majburiyatlarini chiqarish, ularning hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish yoki moliyaviy tahlil sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi (staj)ga ega bo’lish.
2. Moliya, statistika, iqtisodiyot va shunga yaqin yo’nalishlarda oliy o’quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat olib boruvchi nomzodlarga afzalliklar beriladi.

Vazifalar:
1. Moliya vazirligining vakolatli boshqarmalari va boshqa vazirlik va idoralar bilan statistik, makroiqtisodiy va boshqa tegishli ma’lumotlar va tahliliy axborotlarni olish va tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilish.
2. Davlat qarz majburiyatlarini chiqarish, ularni ichki va xalqaro moliya bozorlarida joylashtirish, davlat qarz majburiyatlarining hisobini yuritish va xizmat ko’rsatish jarayonini tegishliligi bo’yicha mufoviqlashtirish.
3. Investorlar uchun prezentatsiya taqdimotlari va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash, investorlar bilan o’tkaziladigan xalqaro va mahalliy uchrashuvlarda, forum, konferentsiya va taqdimotlarda ishtirok etish.
4. Xodimlar malakasini oshirish, ularning samarali va natijaviy faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish hamda jamoaviy ish olib borishni ta’minlash.
5. Yuqoridagi vazifalardan tashqari joriy topshiriqlarni (ijro intizomi) o’z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.

Concrete

2019 yilning 24 may kuni Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agnetligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlar va ishbilarmonlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.  Unda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mutaxassislari, Savdo-sanoat pallasi vakillari, tadbirkorlar va xususiy biznes va OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirdan ko’zlangan maqsad joriy yilning 10 may sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tadbirkorlaga atroflicha tushuntirishdan iborat. Shuningdek Davlat rahbari tomonidan 2019 yilning aprel oyida  qabul qilingan “Respublika iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy   investitsiyalarni   jalb   qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori doirasida 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim bo’lgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari xaqida batafsil ma’lumot berishdir.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 23 maydagi 463-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “SHARQIY MASLAK” auditorlik tashkilotiga tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2008 yil 28 martda berilgan 00514-sonli litsenziyaning amal qilishi 2019 yilning 23 mayidan tugatildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 fevraldagi 113-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga muvofiq “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati 2019 yilning 1 iyuligicha belgilangan.

Qonun loyihasining asosiy ishlab chiquvchisi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisoblanadi.

Qonun loyihasi kelib tushgan takliflarni hisobga olgan holda keng jamoatchilik muhokamasi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ikki marta joylashtirildi (ID-1436 va ID-2401).

Qonun loyihasini yanada atroflicha muhokama qilish maqsadida uni Moliya vazirligining veb–saytiga (https:G’G’www.mf.uz) ham joylashtirildi. Bulardan tashqari, Qonun loyihasi bo’yicha professional muhokamani tashkil qilish maqsadida bevosita auditorlar, xalqaro auditorlik tashkilotlari, auditorlarning professional birlashmasi hisoblangan O’zbekiston Auditorlar palatasi, O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi vakillari ishtirokida qator seminarlar o’tkazildi.

Concrete

Moliya vazirligi Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bo'yicha global faol, professor Jeffrey Sachs boshchiligidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Mehmonlar samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdilar. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhimligini va bu o'zgarishlarning amalga oshirilishida yordam berishdan mamnun bo'lishlarini ta'kidlab o'tishdi.

"Evroosiyo endi diqqat markazida. O'zbekiston va uning qo'shnilari tez rivojlanmoqda va katta salohiyatga ega, bu yerda ko'plab imkoniyatlar mavjud. Geografik jihatdan mamlakatingiz strategik rol o'ynaydi. Toshkent mintaqadagi moliyaviy markaz va logistika markaziga aylanishi mumkin. Biz ushbu maqsadlarga erishish uchun o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirishni istaymiz"dedi Jeffrey Sachs. 

Concrete

2019 yil 23 may kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda vazirlik tizimidagi yosh xodimlar uchun “Harakatlar strategiyasi va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Undan maqsad, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va uning ustuvor yo’nalishlari O’zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichi uchun muhim ahamiyat kasb etayotgani to’g’risida yoshlarni kengroq xabardor qilish, strategiyadan belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda har bir fuqaro, jumladan yosh mutaxassislarning muhim o’rni borligini mutaxassislar qalbiga singdirish va dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ularni yaqindan tanishtirishdan iborat.

Concrete

Joriy yilning aprel-may oylarida Davlat qimmatli qog’ozlarining narxlari tashqi va ichki moliya bozorlarida oshishni (foiz stavkalari mos ravishda pasayishni) davom etdi.

Xususan, O’zbekiston Respublikasining suveren xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozorlarida o’z nominal qiymatida yoki undan yuqori darajada (premiya bilan) savdo qilindi.

Jumladan, joriy yilning 21 may kuni respublikamizning 5 va 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalarining narxi ikkilamchi bozorda o’z nominal qiymatiga nisbatan 101,723 foiz va 102,025 foizni (daromadliligi 4,343 foiz va 5,107 foiz) tashkil etdi.

Concrete

Ishmetov T.A. 1979 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2005 yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini, 2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Moliya va huquqshunos mutaxassisliklariga ega.

Tayinlovga qadar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o’rinbosari lavozimida samarali faoliyat ko’rsatib kelgan.

Ishmetov T.A. pul-kredit va soliq-byudjet siyosatining makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini, xalqaro rezervlar va davlat aktivlari hamda investitsiyalarni boshqarishning asosiy tamoyillarini, shuningdek moliyaviy bozorlarni rivojlantirishning mohiyati va ahamiyatini yaxshi tushunadigan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi. 

Concrete

Sharaxmetov Sh.Sh. 1977 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 1998 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 1999 yilda Buyuk Britaniyaning Ekseter universitetini iqtisodchi, moliya va investitsiyalar mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

Tayinlovga qadar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, investitsion va tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish masalalari bo’yicha bo’linmasining bosh konsultanti lavozimida samarali faoliyat ko’rsatib kelgan. Moliya – iqtisod sohasidagi ish staji 18 yil.

Sharaxmetov Sh.Sh. ijtimoiy soha - ta’lim, sog’liqni-saqlash, madaniyat va sport, shuningdek fan sohalari moliyasini yaxshi tushunadigan, byudjet mablag’larini boshqarish va oqilona foydalanish tartib-qoidalarini, shuningdek davlat byudjet siyosatining istiqboldagi ustivor vazifalarini chuqur biladigan salohiyatli mutaxassis hisoblanadi. 

Concrete

2019 yilning 20 may kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan OAV vakillari uchun “Davlat-xususiy sherikligi – Hukumat va investor o’rtasidagi ko’prik” mavzusida brifing tashkil etildi. Unda joriy yilning 10 may kuni Prezident Sh.M.Mirzieev “Davlat-xususiy sheriklik to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni mazumun-mohiyati xususida jurnalistlarga batafsil ma’lumot berildi. Qayd etilagindek mazkur qonunni tayyorlashda va uni mukammal darajaga etkazishda respublikaning ko’pgina vazirlik va idoralari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari, OTB, ETTB, JB, XMK ekspertlari keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Xozirgi kunda respublikaga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish va investitsion muxitni yaxshilash bo’yicha keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Mazkur isloxotlar instutsional tiklanishga, zamonaviy qonunchilik asosini yaratishga va investorlar bilan loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Shu o’rinda Davlat-xususiy sheriklikni xam tutgan o’rni juda muxim. Chunki Davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy investitsiyalar kirib kelishi va ilg’or zamonaviy boshqaruv tajribasining joriy qilinishi orqali mamlakatdagi infratuzilma va Davlat xizmatlari sifati oshadi. Bunda moliyaviy resurslar xususiy sherik tomonidan ta’minlanadi va asosiy biznes xatarni xususiy sherik o’z zimmasiga oladi. Shu bilan birga 49 yillik shartnomalar juda ham murakkab va yuqori darajali mutaxassislarni jalb qilinishini talab qiladi.

Concrete

2019 yilning 17 may kuni “O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reyting va indekslarning ahamiyati” mavzusida birinchi xalqaro forum bo’lib o’tdi.

Mazkur forum, O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatidagi imidjini yaxshilash, davlatimizning reytinglardagi nufuzini oshirishda xalqaro hamkorlikni jadallashtirish, respublikada olib borilayotgan islohotlarning xalqaro reyting va indekslardagi ahamiyatini davlat idoralari va keng jamoatchilikka etkazish hamda mutasaddi vazirlik va idoralar, tijorat banklar, sug’urta tashkilotlari va xususiy sektor vakillari uchun o’quv amaliy seminarlarni tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

Xalqaro miqyosda o’tkazilgan tadbirda xorijiy davlatlar hukumatining vakillari, xalqaro moliya tashkilotlari, reyting agentliklari, xalqaro investitsiya banklari, xorijiy davlatlarning O’zbekistondagi elchixonalari rasmiylari, vazirlik va idoralarning rahbar va reytinglar bilan ishlash uchun mas’ul xodimlari, mahalliy tijorat banklari, sug’urta kompaniyalar, xususiy korxonalar hamda nodavlat-notijorat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.

"O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reytinglar va indekslarning ahamiyati" mavzusidagi xalqaro forumining yakuni haqida O'zbekiston24 telekanalining lavhasida.

17-may kuni, Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida "O'zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar uchun xalqaro reyting va indekslar ahamiyati" mavzusidagi Xalqaro Forum bo'lib o'tadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is developed by Dean Marshall Consultancy Ltd