РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

AQSH poytaxti Vashington shahrida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg'armasining bahorgi uchrashuvlari boshlandi. Unda ushbu ikki xalqaro tashkilotga a'zo davlatlarning markaziy banklari, moliya vazirlari, xususiy kompaniyalar rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari, iqtisodchi olimlar ishtirok etmoqda. Eslatib o'tamiz, ushbu tadbirlarda  Bosh vazir o'rinbosari-Moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov va Markaziy bank vakillari ishtirok etishmoqda.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF-5687-son “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda ushbu Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash” boshqarmasining quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi:

  1. BO’LIM BOSHLIG’INING O’RINBOSARI – 1 NAFAR

Nomzodga qo’yiladigan asosiy talab va vazifalar

Talablar:

1. Iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya, statistika va yurisprudentsiya sohalarida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lish.

2. Kompyuter savodxonligi bo’yicha – Word, Excel, Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish.

https://twitter.com/HidekiMoriWBG/status/1116568351319310336

In #WashingtonDC, @WorldBank ECA Vice President Muller & DPM/Finance Minister Kuchkarov signed loan agreements totaling $300 mln to support projects on urban (https://bit.ly/2VCIhAg ) and rural enterprise development (https://bit.ly/2CmrfiL ) in #Uzbekistan.

Concrete

https://twitter.com/HidekiMoriWBG/status/1116072982391267328

At a meeting of the Global Infrastructure Facility in #WashingtonDC, @Liliabur and Deputy Finance Minister Golib Kholjigitov are presenting potential infrastructure investment opportunities in #Uzbekistan, which can benefit from the support of IFIs and foreign investors.

Concrete

Concrete

Joriy yil aprel oyining 2-11 sanalarida Toshkent shahrida Davlat sektorida mehnatga haq to’lash tizimi va bandlik masalalari bo’yicha janob Aleks Appiya-Koranteng (Davlat sektori bo’yicha bosh mutaxassis) boshchiligidagi Jahon banki missiyasi faoliyat olib bormoqda.

Ushbu tashrif davomida xalqaro ekspertlar mehnatga haq to’lashning amaldagi holatini o’rganish maqsadida Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi, shuningdek Sog’liqni saqlash vazirligining mutaxassislari bilan uchrashishdi.

Concrete

Raximova Gulnora Xoshimovna O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining Davlat xaridlarini boshqarish va monitoring boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.

Concrete

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi o’z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bazasidan keng foydalangan holda kameral nazoratni amalga oshirish va byudjet muassasalarida qonun buzilish holatlarini oldini olish hamda davlat byudjeti va maqsadli jamg’armalar mablag’larining sarflanishida byudjet qonunchiligiga rioya etilishi ustidan moliyaviy nazorat tadbirlari sonini qisqartirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

2019 yil 1 - choragida Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Ish rejasi, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 1 993 ta nazorat tadbirlari o’tkazildi. 

O’tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida jami 70,2 mlrd.so’m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi. Shuni ta’kidlash joizki, 2019 yilning 1-choragida nazorat tadbirlari samaradorligi 2018 yil mos davriga nisbatan samaradorlik 2 martaga ortgan (2018 yil 1-chorakda 30 mlrd.so’m bo’lgan).

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazida joriy yilning 10 aprel kuni O’quv markazining rahbariyati va professor-o’qituvchilari ishtirokida Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi Moliya ilmiy-tadqiqot institutining Byudjet munosabatlari markazining xodimlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Uchrashuv davomida “O’zbekiston Respublikasida byudjetni rejalashtirish tizimini takomillashtirish” hamda “2018-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasida byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish”ga oid masalalar jahon byudjet islohotlari doirasida muhokama qilindi.

Concrete

Toshkent, 10 aprel 2019 yil. 25 mamlakat ishtirokchilari bugun Toshkentda boshlangan xaridlar, kasbiy etika, menejment va oshkoralik bo'yicha 15-forumda (PRIMO) ishtirok etmoqda. 2005 yildan buyon ushbu tadbir har yili Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlardan birida o'tkazilib, milliy davlat xaridlari tizimini isloh qilish bo'yicha tajriba almashish uchun platforma bo'lib xizmat qiladi.

15-PRIMO Forumi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) va Islom taraqqiyot banki (IsDB) ko'magida  hamda Yevropa investitsiya banki (EIB), Osiyo Taraqqiyot banki (ADB), Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Jahon savdo tashkiloti (WTO) va BMTning Xalqaro savdo huquqi bo'yicha komissiyasi (UNCITRAL) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mazkur tadbir joriy yilning 10 aprelilidan 13 apreligacha davom etadi.

Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik (PRIMO) forumining XV yillik yubileyi joriy yilning 10-12 aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur Forumni o‘tkazilishi to‘g‘risidagi qaror 2018 yil 10 mayda Budapesht shahrida (Ruminiya) bo‘lib o‘tgan XIV Xarid qilish, professional etika, boshqaruv va ochiqlik forumining yopilish marosimida qabul qilingan.

PRIMO forumi – bu har yili ishtirokchi davlatlar (23 davlat) o‘rtasida davlat xaridlarini isloh qilish doirasida tajriba almashish imkoniyatini yaratuvchi halqaro Forumdir.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligidan 2019 yil 4 aprelda 

2515-3-son bilan davlat ro’yxatidan o’tgan Auditorlik faoliyati to’g’risidagi ma’lumot shakli va uni to’ldirish qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritdi.

Siz ushbu hujjatdagi o’zgartirish va qo’shimchalar haqida “Buxgalteriya hisobi va audit~ Auditorlik faoliyati” bo’limida tanishishingiz mumkin. 

Concrete

Sayyor uchrashuv o’tkazish sanasi

Tuman (shahar)

Sayyor uchrashuv o’tkazish manzili

12 aprel

(soat:10:00)

Andijon viloyati Oltinko’l tumani

Oltinko’l tumani «Markaz» MFYda joylashgan Madaniyat markazida

12 aprel

(soat:15:00)

Farg’ona viloyati

Bog’dod tumani

Bog’dod tumani «Konizar» MFY «Nuroniylar» bog’i

13 aprel

(soat:11:00)

Namangan viloyati Chust tumani

Chust tumani 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida

Sayyor qabullar o’tkazaladigan vaqt va joy haqida qo’shimcha ma’lumotni olish, shuningdek shaxsiy qabulga yozdirish:

Pensiya jamg’armasi “Ishonch telefoni” “11-40”;

Andijon viloyati boshqarmasining (+99874) 228-24-69;

Farg’ona viloyati boshqarmasining (+99873)-226-35-26;

Namangan viloyati boshqarmasining  (+99869) 234-35-13 telefon raqamlari orqali amalga oshiriladi.

Joriy yilning 4 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Respublikaning tijorat banklari va Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi bilan birgalikda uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda o’zaro hamkorlikning yangi qirralaridan biri ya’ni, byudjet tashkiloti xodim va ishchilarining tijorat banklaridan mikroqarz yoki overdraft kreditlarini olishda Moliya vazirligi axborot hisoblash markazi axborot tizimlaridan tijorat banklari axborot tizimlari bilan ma’lumot almashish bo’yicha maslahatlashuv o’tkazildi hamda tegishli bo’linmalar o’rtasida istiqbolli rejalar belgilab olindi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligidan 2019 yil 2 aprelda 2844-1-son bilan davlat ro’yxatidan o’tgan Auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot to’g’risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”ga o’zgartirishlar kiritdi:

Siz ushbu hujjatdagi o’zgartirish va qo’shimchalar haqida “Buxgalteriya hisobi va audit~ Auditorlik faoliyati” bo’limida tanishishingiz mumkin. 

Concrete

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning farovon turmush kechirishi va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zamonaviy va samarali iqtisodiyotni shakllantirishga yo’naltirilgan. 

Sir emaski, mazkur islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, ilg’or xalqaro tajribani joriy qilish va shaffoflikni ta’minlash bilan chambarchas bog’liq. 

2018 yilning dekabr oyida O’zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olinishi hamda joriy yilning fevral oyida 1 milliard AQSh dollari hajmidagi ilk suveren xalqaro obligatsiyalarining jahon moliyaviy bozorlarida muvaffaqiyatli joylashtirilishi yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishga xizmat qiladi. 

Concrete

Joriy yilning 3 aprel kuni Moliya vazirining o’rinbosari O.Isakov hamda London Iqtisodiyot Universiteti (LSE) talabalari o’rtasida O’zbekiston Respublikasida so’ngi yillarda olib borilayotgan islohotlar va kelgusida mamlakatimizning moliya tizimida amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o’tkazilib, O.Isakov tomonidan mamlakatimizning ilk xalqaro suveren kredit reytingi hamda suveren obligatsiyalarini jahon moliya bozorlarida joylashtirilishi bo’yicha ma’lumotlar berib o’tildi. 

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil mart oyida vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha ikkinchi bosqichda 10 nafar nomzodlardan 3 nafari:

Aziz Sodiqov, Zuhriddin Rizaev va Laylo Hasanovalar suhbatdan muvaffaqiyatli o’tganliklari ma’lum qilinadi.

Concrete

Joriy yilning 2 aprel kuni Moliya vazirining o’rinbosari O.Isakov, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi vakillari hamda Angliyaning The Economist Intelligence Unit tashkilotining Davlat siyosati masalalari bo’yicha konsultantlari Umberto Moreno va Metus Samellar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida O’zbekistonning so’ngi 2 yil davomida xalqaro reytinglar va indekslardagi nufuzidagi ijobiy o’zgarishlar va kelgusida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Concrete

25 mart kuni Moliya vaziri o`rinbosari - Davlat-xususiy sherikligining rivojlantirish agentligi direktori Golib Xoljigitov va Jahon banki vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Mehmonlar tomonidan WB energetika bo'yicha yetakchi mutaxassis Xusam Beidlar, katta infrastruktura moliyalashtiruvchilari Razvan Purkar va energiya sohasidagi mutaxassis - Mitsunori Motohashi, energetika bo'yicha mutaxassis Maksujon Safarov ishtirok etishdi.

Sizning e'tiboringizga 2018 yilda O'zbekistonda davlat xarajatlari va moliyaviy hisobotlarni baholash natijalariga bag'ishlangan axborot seminarida taqdim etilgan taqdimotni keltirmoqdamiz.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi 268 -sonli qaroriga muvofiq Medet Abdimuratovich Tleuov - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi direktorining birinchi  o’rinbosari etib tayinlandi.

Concrete

1 aprel kuni O’zbekistoan Respublikasi Bank-moliya akademiyasida Xalqaro valyuta jamg’armasi (XVJ) ekspertlari ishtirokida, akademiya tinglovchilari uchun byudjet-soliq soxasida shaffoflik va davlat moliyaviy statistikasi mavzularida master-klass bo’lib o’tdi.

Master-klass interaktiv tarzda olib borilib, XVJning Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarga texnik ko’mak ko’rsatish va byudjet-soliq soxasida shaffoflikni baholash bo’yicha takliflar borasidagi ishlarni davom ettirish doirasida joriy yilning 25 martidan 5 apreliga qadar tashrifi doirasida tashkillashtirildi.

Concrete

29 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida moliya vazirining birinchi o'rinbosari Axadbek Xaydarov va AQSh Moliya vazirining Xalqaro moliya va rivojlanish bo’yicha o’rinbosari v.b. Jeffrey Okamoto boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Mehmonlar tomondan, AQShning O'zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili Alan Meltzer, AQSh moliya vazirligining mutaxassislari Lina Bhatnagar, Lawrence Rayt, Xolli Miles va Jahongir Mavlani qatnashdilar.

Jeffrey Okamoto O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga ijobiy baho berdi va Amerika tomonining ularni amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanini ta'kidladi.

Concrete

2019 yil 29 martda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahar filialida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro valuta jamg'armasi ekspertlarining ishtirokidagi seminar bo'lib o'tdi.

Mazkur seminar XVJ missiyasining joriy yilning 25 martidan 5 apreligacha bo'lgan tashrifi davomida amalga oshirilayotgan islohotlarga ko'maklashish va soliq-byudjet sohasida shaffoflikni baholash bo'yicha tavsiyalar bo'yicha keyingi ishlarni amalga oshirish uchun tashkil etildi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qo’mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik idoralarning mas’ul mutaxassislari ishtirokida Moliya vazirligida yig’ilish tashkil etildi.

Yig’ilishda Moliya vazirligi tomonidan xorij tajribasidan kelib chiqib tayyorlangan O’zbekiston Respublikasining "Davlat xaridlari to’g’risida"gi Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha tegishli takliflar muhokama qilindi.

Concrete

Joriy yilning 25 martidan O’zbekistan Respublikasi Moliya vazirligida byudjet-soliq soxasida shafoflikni oshirish va davlat moliyaviy statistikasini taqdim qilinishini takomillashtirish bo’yicha texnik ko’mak doirasida Xalqaro valyuta jamg’armasining (byudjet masalalri bo’yicha boshqarmasi)  A. Sayeg boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Missiya tashrif joriy yilning 5 apreliga qadar davom etadi.

Xalqaro valyuta jamg’armasining mazkur missiyasi byudjet jarayonining shafofligi va ochiqligini oshirish, byudjet ma’lumotlarining axoli, xorijiy investorlar va boshqa manfaatdor sub’ektlar uchun  qulayligini ta’minlash xamda byudjet jarayonida fuqarolar ishtirokini oshirish borasida 2018 yildagi isloxotlarning uzviy davomidir.

Concrete

Tadbirning asosiy maqsadi yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi Qonun loyihasini bevosita respublika jamoat birlashmalari va auditorlik tashkilotlari vakillari bilan atroflicha va kompleks muhokama qilish bo’ldi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mutaxassislari qonun loyihasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.09.2018 yil sanasida qabul qilingan PQ-3946 sonli va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.02.2019 sanasida qabul qilingan “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to’g’risida” gi 113-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilganligi va quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi to’g’ridan-to’g’ri amal qiladigan normalarni kiritishga qaratilganligini ta’kidladilar:

  • auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan litsenziyaning qog’oz shaklidan voz kechish;
  • auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish;
  • Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda auditorlik tashkilotlari ishi sifatini, ularning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashmasdan tashqi sifat nazoratidan o’tkazish;
  • majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tadigan ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilotlar ro’yxatini shakillantirish;
  • manfaatlar to’qnashuvini oldini olishga qaratilgan auditorlarning kasb faoliyatiga tegishli ahloq qoidalariga rioya qilish;
  • auditning xalqaro standartlarini joriy etishda eng yaxshi jahon tajribasini qo’llash bo’yicha auditorlarning respublika jamoat birlashmalarining faoliyatini faollashtirish;
  • auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normalarni bitta normativ-hujjatda unifikatsiya qilish va tizimlashtirsh.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil mart oyida vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasiga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yhatdagi nomzodlar:

Soat 10:00 da keladinganlar

1

Abdugafur Mamaraimov

2

Azizbek Sodiqov

3

Alisher Mahamadaliev

4

Bunyod Maxmudov

5

Zuhriddin Rizaev

Soat 14:00 da keladiganlar

6

Kamolbek Saydaminov

7

Qahramon Azizov

8

Jahongir Murodov

9

Laylo Hasanova

10

Husniddin Mirzoev

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi bo’yicha quyidagi buxgalteriya hisobi va audit normativ-huquqiy hujjatlariga o’zgartirishlar kiritdi:

Concrete

Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o'rtasidagi hamkorlik doirasida 26-29 mart kunlari Toshkentda davlat moliyasi va moliya sektorini rivojlantirish bo'yicha ekspert-konsultatsiya seminarlari, davra suhbatlari va uchrashuvlar bo'lib o'tmoqda.

Mazkur tadbirlar Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi "Ilmiy-tadqiqot moliya instituti" Federal davlat tashkiloti va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti bilan birgalikda tashkil etilgan.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yil fevral oyida vazirlikning Davlat suveren, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va qarzi boshqarmasida Toshkent shahrida joylashgan Oliy o’quv yurtlarining moliya va moliyani boshqarish, iqtisodiyot (makro/mikro), bank ishi, statistika va shunga yaqin yo’nalishlari bo’yicha bakalavriatura kunduzgi bo’limining 3-4 bosqichlarida hamda magistraturada ta’lim olayotgan talabalarni amaliyot o’tashlari bo’yicha e’lon berilgan edi.
E’lon bo’yicha navbatdagi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yhatdagi nomzodlar:


1. Ganiev Rustambek Alisher ug’li
2. Tosheva Ziroat Aliqul qizi
3. Qadambaev Bekzod
4. Karimova Nazokat Abdujabar qizi
5. Nizomov Jasurbek Sattor o’g’li
6. Ochilova Shaxnoza Alisherovna

Jahon bankining O’zbekistondagi vakilligi tomonidan Moliya vazirligi bilan xamkorlikda byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish mavzusida Jahon tajribasiga bag’ishlangan videokonferentsiya ko’rinishidagi seminar o’tkazildi.

Seminarda Jahon bankining bosh iqtisodchi Eskender Trushin, bosh ofisdan ishtirok etuvchi uch nafar mutaxassislar – Emiliya Skrok, Eva Korjich va Xorxe Martinez, Moliya vazirligidan Davlat byudjeti bosh boshqarmasi va Hududlar moliya bosh boshqarmasining mutaxassislari ishtirok etishdi.

Dastlab, xorijiy ekspertlarga respublikamizda amalda bo’lgan byudjetlararo munosabatlar tizimi hamda so’ngi yillarda amalga oshirilgan o’zgarishlar to’g’risida ma’lumot berildi. 

Xorijiy ekspertlar mamlakatimizda byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishda erishilgan yutuqlar, jumladan mahalliy hokimliklarning vakolatlarni oshirish, mahalliy byudjetlarning xarajat majburiyatlarini aniqlashtirish hamda mahalliy soliqlarni belgilash bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga ijobiy munosabat bildirishdi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida tashkil etilgan Davlat moliyasini boshqarish buyicha xalqaro hamkorlik ta’lim dasturi (PEMPAL) doirasida Byudjet hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisi o’z nihoyasiga etdi. 

To’rt kun davom etgan Byudjet hamjamiyatining yalpi majlisi davomida 20 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan 60 ga yaqin davlat moliyasini boshqarish sohasidagi xalqaro ekspertlar, Byudjet hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar amaliyotchilari hamda O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va hududiy moliya boshqarmalari mutaxassislari byudjet shaffofligi va byudjet jarayonida fuqarolar ishtiroki, kapital byudjetlashtirish hamda maqsadga yo’naltirilgan byudjetlashtirishga oid mavzularda seminar treninglar hamda interaktiv taqdimotlarda ishtirok etishdi. 

Concrete

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning amalga oshirilishi yuzasidan xalqaro ekspertlar va PEMPAL ta’lim dasturiga a’zo davlatlarning amaliyotchilari o’rtasida o’zaro fikr almashish maqsadida Byudjet hamjamiyatining yalpi majlisi 2019 yilning 18-21 mart kunlari Toshkent shahrida o’tkazilmoqda.
 

Majlisning ikkinchi-uchinchi kunlari davlat moliyasi sohasidagi dolzarb mavzulardan biri kapital byudjetlashtirishga bag’ishlandi. Shu kuni Jahon bankining etakchi mutaxassislari Irina Sherbina va Darvin Marchelo o’zlarining kapital byudjetlashtirish sohasidagi yangiliklar hamda davlat investitsiyalarini rejalashtirishning yangi uslubiyoti to’g’risidagi taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Kunning ikkinchi yarmida Xorvatiya, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina hamda Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan davlat moliyasini boshqarish sohasidagi amaliyotchilar o’zlarining mamlakatlarida davlat investitsiyalarini byudjetlashtirish bo’yicha amalga oshirilgan islohotlar va tajribalari bilan o’rtoqlashishdi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi bir qator qonunosti hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilib, ekspertizadan va davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritildi. Quyidagi havolalar orqali kiritilayotgan o’zgartirish va qo’shimchalar bilan tanishishingiz mumkin.

Concrete

18 mart kuni Moliya vazirligida, Shveytsariya Davlat kotibi o'rinbosari, Moliya tizimi va moliya bozorlari bo'limi va Xalqaro moliya bo'yicha davlat kotibiyati, (SIF) Federal moliya bo'limi boshlig'i, Aleksandr Karrer rahbarligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Delegatsiya rahbari tashrifdan maqsad O’zbekiston Respublikasi va Shveytsariya Moliya vazirliklari o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash ekanligini bildirdi. 

Concrete

Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi ijro etuvchi apparatida Koreya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirga Moliya vaziri o’rinbosari Yo. Tursunov, Pensiya va ijtimoiy jamg’armalar xalqaro assotsatsiyasi direktori o’rinbosari E. Kuano’shev, Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati bo’lim boshlig’i Djoung Il Xo boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi, shuningdek, Pensiya jamg’armasi va Moliya vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda mamlakatimizning pensiya tizimida informatsion texnologiyalarning o’rni, pensiya tayinlash jarayonini optimallashtirish bo’yicha olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to’xtalib o’tildi. Shuningdek, Pensiya ta’minoti tizimi isloh qilish Kontseptsiyasi loyihasida nazarda tutilgan bandlar ham muhokama qilindi. Tomonlar kelajakda ham birga ishlash bo’yicha o’zraro kelishib olindi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF-5687-son “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda mazkur Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash” boshqarmasining quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi:

1. Bosh iqtisodchi – 2 nafar;
2. Etakchi iqtisodchi – 2 nafar.

Concrete

Joriy yilning 18 mart kuni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida tashkil etilgan Davlat moliyasini boshqarish buyicha xalqaro hamkorlik ta’lim dasturi (PEMPAL) doirasida Byudjet hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisi o’z ishini boshladi.

Majlisni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari - moliya vaziri Jamshid Anvarovich Qo’chkorov kirish so’zi bilan ochib berdi. Jamshid Qo’chkorov o’z nutqida mamlakatimizda davlat byudjetini isloh qilish sohasida olib borilayotgan ishlarga to’xtalib o’tdi hamda yalpi majlisning O’zbekistonda o’tkazilishi yurtimizda olib borilayotgan davlat moliyasini boshqarishni ayrim jabhalarini yanada takomillashtirish uchun zamin yaratilishini ta’kidladi. Moliya vaziri o’z so’zining yakunida, Byudjet hamjamiyatining navbatdagi yalpi majlisini ochiq deb e’lon qildi hamda majlis ishtirokchilariga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqqiyat tiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PF-5687-son “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda mazkur Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida tashkil etilgan “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash” boshqarmasining quyidagi vakant lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi:

1. Bosh iqtisodchi – 2 nafar;
2. Etakchi iqtisodchi – 2 nafar.

1. Bosh iqtisodchi nomzodiga qo’yiladigan asosiy malaka talablari:

- Iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya va moliyani boshqarish, bank ishi, yurisprudentsiya va ushbularga yaqin sohada Bakalavr yoki Magistr diplomi. O’zbekiston yoki chet el OTMlarning diplomlari;
- Katta hajmdagi ma’lumotlarni qisqa muddatda qayta ishlash;
- Iqtisodiy va moliyaviy tahlil, monitoring va tizimli muvofiqlashtira olish. Faoliyati doirasida olib borilayotgan ishlarning nazoratini olib borish;
- O’zbek, rus va ingliz tillarini mukammal darajada bilish. (IELTS sertifikatiga (kamida 6.5 ball) ega bo’lgan nomzodlar ma’qullanadilar);
- Ish tajribasi kamida 2 yil. Chet el banklari va tashkilotlari bilan ishlash tajribasiga ega nomzodlarga ijobiy qaraladi.
- Microsoft Office dasturlarida mukammal ishlash tajribasi;
- Lavozimiga mos boshqa malaka talablar.

Concrete

Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik o’rnatish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

2019 yilning 15 mart sanasida Moliya vazirligida Osiyo taraqiyot banki ko’magida Moliya vazirligi tomonidan jalb etilgan xalqaro darajadagi maslahatchi Piter Trept bilan manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari (mas’ul xodimlari) o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Xalqaro maslahatchi uchrashuv ishtirokchilarini davlat xaridlarini rivojlantirish bo’yicha xalqaro tajriba bilan tanishtirdi va O’zbekiston Respublikasining davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik asoslarini takomillashtirish bo’yicha o’z takliflarini taqdim etdi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi №PQ-4240-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining Hududlar moliyasi masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimiga Tursunov Yorqin Ergashevich tayinlandi.

Yorqin Tursunov 1965 yilda Samarqand viloyating Xatirchi tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy. 1990 yilda Toshkent xalq xo’jaligi institutini bakalavrini tamomlagan. Mutaxassisligi moliyachi. 

Mehnat faoliyatini 1990 yilda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on shahri hokimiyati moliya bo’limi aholini ijtimoiy himoyalashni moliyalashtirish bo’yicha nazoratchi inspektori, byudjet inspektsiyasi I toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlagan. 

O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar Rejasini amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 mart 218-sonli qarori bilan Auditorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi. 

Nizomning asosiy talablari auditorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirishga qaratilgan. Jumladan, Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

• auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yagona turdagi litsenziyaning berilishi;
• auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tartibi;
• barcha auditorlik tashkilotlari uchun shtatidagi auditorlar soni kamida to’rtta auditor bo’lishi yagona talabining o’rnatilganligi;
• auditorlik tashkilotlarining ustav kapitaliga ko’yilgan talablarning bekor qilinishi;
• auditorlik tashkilotlari litsenziyasining amal qilish muddatini to’xtatib turish va tugatish shartlarining batafsil yoritilishi.

Hujjatning to’liq matni bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin.

Concrete

TOSHKENT, 2019 yil 14 mart. – Jahon banki va Evropa Ittifoqi ko’magida olib borilgan O’zbekistonda Davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik (PEFA) ni baholash natijalarining taqdimoti bo’lib o’tdi. 

Baholash natijalari mamlakat hukumatiga davlat mablag’larini boshqarishning ancha samarali tizimini yaratish, davlat byudjetining ochiqligini va xalqaro donorlar hamda xorijiy kredit beruvchilar uchun mamlakatning jozibadorligini oshirishga yordamlashadi. 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O’zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ijrosi bo’yicha quyidagi buxgalteriya hisobi normativ-huquqiy hujjatlariga o’zgartirishlar kiritdi:

Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar bo’yicha berish tartibi to’g’risida nizom (ro’yxat raqami 1245, 2003 yil 27 may);

Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi to’g’risidagi nizomg (ro’yxat raqami 1297, 2004 yil 14 yanvar);

Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 1401, 2004 y., 29 avgust);

Nomoddiy aktivlarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 1539, 2006 yil 14 yanvar);

Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog’liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi nizom (ro’yxat raqami 2086, 2010 yil 15 mart).

Joriy yilning 12 mart kuni Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda O’zbekiston Respublika valyuta birjasida muomala davri 12 oy bo’lgan 1 mln.so’m nominal qiymatga ega, umumiy hajmi 40 mlrd.so’mlik 40 ming dona davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish bo’yicha auksion savdolari o’tkazildi. Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foiz to’lovlari xar chorak amalga oshiriladi.

Auksionda 5ta diler ishtirok etgan bo’lib, ular tomonidan 109,5 mlrd.so’m hajmidagi 109 250 dona obligatsiyani sotib olish uchun raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Auksion davomida 40 000 dona qimmatli qog’ozlar 40,16 mlrd.so’m qiymatida joylashtirildi (chiqarilish umumiy hajmining 100 foizi).

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Fevral 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
          1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29  

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir birgina mehmon va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

Our website is protected by DMC Firewall!