РУССКИЙ  |  O'ZBEKCHA  |  ENGLISH                          

       O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi

Vazirlik yangiliklari

Concrete

Moliya vazirligida Jahon sog'liqni saqlash va ovqatlanish amaliyoti rahbari Taniya Dmitrichenko boshchiligidagi Jahon bankining missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Concrete

Joriy yilning 11-fevral kuni Moliya vazirligida Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosining yangi direktori Xans Klyuge bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma`lumot uchun: Xans Klyuge 2019 yil 17 sentyabrda Kopengagen shahrida bo'lib o'tgan 69-sessiyasida Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosining direktori etib saylangan. Joriy yilning 1-fevral kuni lavozimga tayinlanganidan so'ng, uning birinchi chet elga rasmiy tashrifi O'zbekistondan boshlandi. Saylanishidan oldin Xans Klyuge JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosida sog'liqni saqlash tizimlari va sog'liqni saqlash bo'limini boshqargan. Bundan tashqari, u silning oldini olish va nazorat qilish byurosi direktorining maxsus vakili bo'lgan.

Concrete

Moliya vazirligida joriy yilning 7 fevral kuni ACWA Power (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi Boshqaruv raisi Muhammad Abunayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: ACWA Power bu, investor, elektr energiyasi va toza ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi 56 ta korxonalar portfelining egasi va operatoridir. Kompaniya 12 mamlakatda, shu jumladan Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, Janubiy Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda faoliyat yuritadi. Kompaniyaning investitsiya portfeli 47 milliard AQSh dollaridan oshadi va umumiy 31 GVt elektr energiyasi va 5,3 million kubometrga ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Concrete

Moliya vazirligida joriy yilning  7 fevral kuni, Bosh vazir o'rinbosari va moliya vaziri Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyodagi iqtisodiy diplomatiya bo'yicha maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida, tomonlar mamlakatlarning sayyohlik, energetika, geologiya, qishloq xo'jaligi, fuqaro aviatsiyasi, transport va logistika sohalarida o'zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash va va rivojlantirishga qiziqishi yuqori ekanligi qayd etishdi.

Concrete

Rahbariyat:

Direktor o’rinbosari – 1 ta

Makroiqtisodiy va byudjet siyosatini takomillashtirish loyihasi:

Bo’lim boshlig’i o’rinbosari –1 ta, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan byudjet siyosati bo’yicha ilmiy-tadqiqotlarni tashkil qilish, ularni taklmillashtirish bo’yicha amaliy taklif va tavsiyalar tayyorlaydi, makroiqtisodiy va ijtimoity jarayonlarni o’rganadi, makroiqtisodiy indikatorlarni taxlil etadi.

Bosh mutaxassis –2 ta – xalqaro standartlar va xorijiy mamlakatlar tajribasini muntazam o’rganib boradi, byudjet qonunchiligini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chikadi.

Etakchi mutaxassis –1 ta –  byudjet xarajatlarini rejalashtirish va tashkil etishda xalkaro tajribalarni o’rganadi, byudjet qonunchiligini takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chikadi.

1-toifali mutaxassis –1 ta – byujet jarayoni samaradorligini oshirish buyicha amaliy tavsiyalar ishlab chikishda ishtirok etadi, davlat byudjeti xarajatlar qismini rejalashtirish, byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish  uchun takliflar tayyorlashda ishtirok etadi. 

Concrete

Joriy yilning 4-5 fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Jahon banki hamkorligida amalga oshiriladigan “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasining ochilishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda Jahon bankining mintaqaviy departament direktorlari, davlat moliyaviy boshqaruv sohasidagi yetakchi ekspertlar, xalaqro moliyaviy institutlar vakillari, loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi vazirlik va idoralarning mutasaddi xodimlari hamda milliy ekspertlar ishtirok etmoqda.

Concrete

2020 yil 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (XBF, IFAC), Jahon banki, O‘zbekiston auditorlar palatasi, O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assosiasiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuvning asosiy maqsadi auditning xalqaro standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini keng joriy etish, hamda ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo‘nalishlarini har tomonlama muhokamasiga bag‘ishlandi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi «Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi» binosida chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Joriy yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Soliq kodeksida chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va ma'muriy-texnik xodimlari hamda ular bilan birga yashaydigan oila a'zolarini shaxsiy foydalanishi uchun tovarlarni xarid qilishda to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplab berish tartibi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi vakillari tomonidan tushuntirish berildi.

Concrete

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan “Iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reestri” axborot tizimini joriy etishning birinchi bosqichida iste'mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarni ishlab chiqarishda o‘lchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini o‘rnatish nazarda tutilgan.

Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizomning (ro’yxat raqami 3105, 2018 yil 21 dekabr) 22-bandiga muvofiq malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o’tkaziladi.

Auditor malaka sertifikatini olish (muddatini uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni 2020 yil 24 yanvar kuni “NORMA” MChJning kompyuter sinfi bazasida o’tkazildi.

Imtihon komissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan malaka imtihoni komissiyasining qaroriga ko’ra quyidagi malaka imtihoni natijalari olindi:

Ko’rsatkichlar nomi

Soni,

kishi

1. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar (auditorlar), jami

50

shu jumladan, imtihonga kelmaganlar

9

malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

17

malaka imtihonidan o’ta olmagan talabgorlar

24

2. Auditor malaka sertifikatini malaka imtihonini topshirmasdan berishG’ muddatini o’zaytirish (xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo’lganda yoki o’n yildan kam bo’lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo’lganda)

 

6

Concrete

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan joriy yilning yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joylashgan 29 ta savdo obyektlarida alkogol mahsulotlarining chakana savdosi do‘konlarida sotilayotgan alkogol mahsulotlari sifat nazoratidan o‘tkazildi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan joriy yilning 25-yanvar kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda vazirlik xodimlari uchun “Moliyaviy risklar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takasaka Muneo ham ishtirok etdi.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoshlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan vazirlik xodimlari va ularning farzandlari bilan birgalikda  Abdulla Qodiriy muzeyi va “Turon” kutubxonasiga tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida xodimlar Abdulla Qodiriy muzeyida yaratilgan o‘zgacha uslubning guvohi bo‘lishdi. Adibning barcha asarlari va hayot yo‘li ko‘rsatilgan mazkur muzey bugungi kunning zamonaviy usullarida haqiqiy san’at asariga aylantirilgan. Adibning mashhur asarlaridan “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlaridan parchalar keltirilgan.

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2020 yil 22 yanvardagi buyrug‘iga asosan 2020 yilning 21 fevral kuni (imtihon boshlanishi soat 14:00 da) Toshkent shahri, Darhon tepa ko‘chasi, 7-uy manzilda joylashgan Moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari va budjet tashkilotlari moliya-hisob bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv markazida o‘tkaziladi (mo‘ljal: Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi orqa tomoni).

Concrete

Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan yuritiladigan “Korrupsiyani tasavvur qilish 2019” indeksi bo‘yicha navbatdagi hisobotini e'lon qildi. Hisobotga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi 25 ball bilan 5 pog‘onaga yuqoriladi va 153 o‘rinni egalladi. Jahon miqyosida o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlaridan, Gruziya (56-ball), Belorussiya (45-ball) va Chernogoriya (45-ball) qayd etilgan. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlaridan: Turkmaniston 19-ball, O‘zbekiston va Tojikiston 25-balldan to‘plashdi.

Concrete

2020 yil 20 yanvarda O‘zbekiston Respublika Valyuta birjasida o‘tkazilgan elektron savdolarda umumiy hajmi 500 mlrd. so‘m, shu jumladan muomala davri 9 oylik g‘aznachilik majburiyatlari - 300 mlrd. so‘m, 24 oylik g‘aznachilik obligatsiyalari - 200 mlrd. so‘m miqdoridagi davlat qimmatli qog‘ozlari birlamchi joylashtirildi.

Concrete

Joriy yilning 21 yanvar kuni Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi hamda Moliya vazirligi xodimlari tomonidan Bank–moliya akademiyasi tinglovchilariga Axborot tizimlarida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bo’yicha seminar o’tkazildi.

2016 yilda Davlat byudjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasiga 6,0 trln.so‘m ajratilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilda 14,8 trln. so‘m tashkil etishi 
rejalashtirilmoqda (2016 yilga nisbatan qariyb 2,5 baravar yoki 2019 yilga nisbatan 1,23 barobar ko‘proqdir)

Shuningdek, 2020 yilda dori vositalari va tibbiyot buyumlarini xarid qilishga 1 491,8 mlrd. so‘m ajratish nazarda tutilgan 
(2016 yilga nisbatan esa 6,5 barobarga yoki 2019 yilga nisbatan qariyb 36 foizga ko‘proqdir).

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 2019-yil davomida Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar statistikasi

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 17 yanvardagi 471-af-sonli buyrug‘iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Kafolat-Lyuks” auditorlik tashkilotiga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2019 yil 18 aprelda berilgan 00831-sonli litsenziyaning amal qilishi 2020 yilning 17 yanvardan tugatildi.
 

Concrete

14-15 yanvar kunlari moliya vazirining birinchi o'rinbosari Timur Ishmetov boshchiligidagi O'zbekiston respublikasi delegatsiyasi Avstriya poytaxti Vena shahrida bo'lib o'tgan "Central and Eastern Euopean forum" xalqaro forumida ishtirok etdi.

Delegatsiya tarkibiga Milliy bank, O'zsanoatqurilishbank, Ipoteka bank, Asaka bank, Ipak yo'li bank, Hamkorbank va Asia Alliance Bank kabi mahalliy tijorat banklari vakillari ham kirdi.

Concrete

Batafsil ma'lumot ko'rish ushbu faylni ko'chirib oling: PDF 3.72MB

Concrete

Bugun yurtimiz bo'ylab O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoshlar boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan navbatdagi “Vatanparvarlik-oliy fazilat” shiori ostidagi tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'zga chiqqan mehmonlar tinchligimiz posponlari bo'lmish harbiylar va yurtimiz armiyasining qudrati hamda uning yutiqlariga alohida to'хtalib o'tishdi.

Concrete

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan axborot texnologiyalari va ma'lumotlar bazasidan keng foydalangan holda kameral usulda byudjet muassasalarida qonunbuzilish holatlarining oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2019 yil uchun tasdiqlangan ish rejaga muvofiq, “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” (DMBAT) va “UzASBO” dasturiy majmualari ma'lumotlari tahlili asosida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi muassasalari xarajatlar smetalarida rejalashtirilgan mablag‘larni qonun hujjatlariga muvofiqligi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘g‘ri amalga oshirilishi yuzasidan o‘tkazilgan kameral nazorat natijasida quyidagilar aniqlandi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida”gi Qonuni boshqa qonun hujjatlarini yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.   

2019 yil

2020 yil

  1. Yagona er solig’i *

(qishloq xo’jaligi ekinlarining normativ qiymatidan kelib chiqib 0,95 foiz miqdorda hisoblab chiqariladi);

 

  1. Qo’shilgan qiymat solig’i
    (2019 yil 1 oktyabrdan)

Qishloq xo’jaligi mahsulot ishlab chiqaruvchilari umumbelgilangan soliqlar yoki aylanmadan soliq to’lashdan qat’iy nazar:

  1. Er solig’i (qishloq xo’jaligi ekinlarining normativ qiymatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Soliq stavkasi 0,95%.

Soliq solinmaydigan erlar:

yuridik shaxslar, er uchastkasining qaysi qismida tomchilatib sug’orishdan foydalanilayotgan bo’lsa, o’sha qismida tomchilatib sug’orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga;

qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun yangi o’zlashtirilayotgan erlar, ularni o’zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o’zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;

melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug’oriladigan erlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;

yangi barpo etilayotgan bog’lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan erlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar, uch yil muddatga.

  1. Mol-mulk solig’i (qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirish va saqlash uchun qishloq xo’jaligi korxonalari balansida bo’lgan mol-mulkiga soliq solinmaydi);
  2. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan sho’rlangan erlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho’rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslariga soliq solinmaydi).

 

 

  1. UMUMBELGILANGAN SOLIQLAR

 

  1. Qo’shilgan qiymat solig’i
  2. Foyda solig’i(Soliq kodeksining 57-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari va baliq xo’jaligi korxonalari uchun ular tomonidan o’zi ishlab chiqargan qishloq xo’jaligi mahsulotlari realizatsiyasidan olgan foydasi bo’yicha belgilangan 0 foizli stavka bo’yicha)
  1. AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQ
    (agar yillik aylanmasi 1 mlrd so’mdan kam bo’lsa).

 

Soliq stavkasi 4 foiz.

Aylanmadan olinadigan soliq sug’oriladigan qishloq xo’jaligi erlari maydoni 50 gektar va undan ko’p bo’lgan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga tatbiq qilimaydi.

 

 

* 2020 yil 1 yanvardan yagona er solig’i bekor qilindi, shu bilan birga qishloq xo’jaligi mahsulot ishlab chiqaruvchilari umumbelgilangan soliqlar va aylanmadan soliq to’lashga o’tkazildi (agar yillik aylanmasi 1 mlrd. so’mdan kam bo’lsa).

Concrete

O’zbekiston Respublikasining “Davlat boji to’g’risida”gi Qonuni qabul qilinganiga qadar davlat bojini hisoblash, to’lash, undan ozod qilish va qaytarish tartibi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 17-bo’limi bilan tartibga solingan edi. Bundan tashqari, davlat bojining stavkalari va ayrim turlari 38 tadan ortiq qonunosti hujjatlarida belgilangan edi.   

O’zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi Qonunining 9-moddasiga muvofiq Davlat bojlari, yig’imlari va boshqa majburiy to’lovlar (konsullik yig’imlaridan tashqari) faqat O’zbekiston Respublikasi valyutasida undirilishi belgilanganligini inobatga olib, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to’lash, pensiyalar va boshqa to’lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq, chet el valyutasida belgilangan davlat bojining stavkalarini bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib, so’m ekvivalentida undirish tartibini belgilagan holda qaytadan ko’rib chiqildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 3 yanvardagi 470-af-sonli buyrug’iga muvofiq mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “AMIR-AUDIT” auditorlik tashkilotiga auditorlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beruvchi 2019 yil 24 aprelda berilgan 00835-sonli litsenziyaning amal qilishi 2020 yilning 3 yanvardan tugatildi.

Batafsil ma'lumot ko'rish ushbu faylni ko'chirib oling: DOC 0.03МB

Auditor malaka sertifikatini olish (uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni Moliya vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi buyrug’iga asosan 2020 yilning 24 yanvar kuni (imtihon boshlanishi soat 14:00da) Toshkent shahri, Tallimarjon ko’chasi 1G’1 manzilda joylashgan MChJ «NORMA»da (telefon raqami 71-200 00 90) o’tkaziladi.

Auditor malaka sertifikatini olish(uzaytirish) uchun malaka imtihonini topshirishga ruxsat etilgan talabgorlar ro’yhati

  Abduraimov Azimjon

  Abilkosimova Shaxlo

  Akmalov Saidalixon

  Ashurov Kobiljon

  Alimbaeva Viktoriya

Voronkov Konstantin

  Ataev Ne’matjon

  Dadabaev Akmal

Baxadirov Alisher

  Jiyanova Zamira

  Boysariev Sabit

Ibadov Xujayar

  Boltaev Abror

Karaev Abdusattor

  Vasenkova Marina

  Madreymova Mexriban

  Ganiev Olim

  Mirzaev Alisher

  Gravshonkov Andrey

Nasirov Baxtiyor

  Grebtsova Alina

  Pak Irina

  Gulmurodov Erkin

  Pulatov Umidjon

Danishev Doniyor

Raximov Eshkul

  Juraev Dilmurod

  Raxmatullaev Xasan

  Zakirova Maxmuda

  Ruzmamatov Anvar

  Kado’rov Timur

Sadriddinov Anvar

  Kim Anastasiya

  Saliev Sirojiddin

  Li Natalya

  Xaydarova Natalya

  Madraximov Lazizbek

Xojiaxmedov Bexzod

  Maxramov Baxtiyorjon

  Xolmurodov Mirmuxsin

Muxamedov Aziz

  Xudaykulov Shaymurat

Nasirdinov Muzaffarjon

  Xushiev Olim

  Norkobilov Askar

  Shadaminov Ilgiz

Radjabov Taxir

  Sharipov Mirzafar

Salidjanova Nadejda

Shodiev Iskandar

  Xaknazarov Bengnazar

Yuldashev Maxmudjon

  Xamidov Fayzulla

  Yuldashev Otabek

Xudaybergenov Ruslan

Yunusov Narzulla

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (yangi tahrirda) amalga kiritiladi. Shu munosabat bilan, yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy o’zgarishlarni ma’lum qilamiz.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining elektron nusxasi Moliya vazirligining (www.mf.uz) va Davlat soliq qo’mitasining (www.soliq.uz) saytlarida joylashtirilgan.

Soliq kodeksini (yangi tahrirda) qabul qilinishi munosabati bilan soliq hisobotlarining yangi shakllari ishlab chiqiladi. Soliq hisoboti shakllari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan va davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan so’ng barcha soliq to’lovchilarga etkaziladi.

Aktsiz solig’i, er solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari, mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara to’lovining eng kam stavkalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining qat’iy belgilangan miqdori, mahalliy yig’imlarning chegaraviy stakalari, avtotransport vositalarini sotib olinganda va (yoki) vaqtinchalik olib kirilganda ichki ishlar organlarida ularni ro’yxatdan o’tkazganlik uchun avtotransport vositalari egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to’lanadigan yig’imlar va xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va hududdan tranzit o’tishi uchun yig’imlar stavkalari 2019 yil 9 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2020 yildagi Davlat byudjeti to’g’risida”gi O’RQ-589-sonli O’zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 168-sonli buyrug‘iga asosan budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari bo‘yicha masʼul xodimlari hamda G‘aznachilik tizimidagi davlat xaridlarini monitoring qilish bo‘yicha mutaxassislari uchun davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xududiy seminar-trening o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Seminar-trening Toshkent shaharida ham bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida ishtrokchilarga davlat xaridlarini amalga oshirishning hozirgi holati va amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda. Shuningdek, seminar ishtirokchilar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda sohani takomillashtirish bo‘yicha berilgan savollar va takliflariga tushunchalar berib o‘tildi.

Concrete

Davlat xaridlarini ochiqlik, shaffoflik va raqobat prinsiplari asosida o‘tkazilishni ta'minlash muhim ekanligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yil 25 dekabr kuni davlat buyurtmachilari, jumladan strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2019 yilning 25-27-28-noyabr kunlari takroriy ravishda vazirlikda mavjud vakant lavozimlarga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha joriy yilning 12 dekabr kuni birinchi bosqichdan o’tgan nomzodlar komissiya tomonidan suhbat qilindi. Suhbat natijalariga ko’ra, quyidagi ro’yhatdagi nomzodlar ikkinchi bosqichdan o’tganligi e’lon qilinmoqda.

Davlat byudjeti bosh boshqarmasiga nomzodlar

1

Raximov Davronbek Alisherovich

2

Xamdamova Maxbuba Baxtiyarovna

Moliya vazirligi G’aznachiligiga nomzodlar

1

Xurramov Bekzod Imomnazar o’g’li

3

Xasanov Jaxongir Botir O’g’li

7

Abduxalilov Shermuxammad Abduvaxob o’g’li

9

Mamanazarov Sultonbek Shodikulovich

 

 

Concrete

Toshkentda “Yilning eng yaxshi auditori”, “Yilning eng yaxshi buxgalteri”, “Yilning eng yaxshi ichki auditori” unvonlari uchun respublika ko’rik tanlovi natijalari e’lon qilindi.  Ko’rik tanlovning asosiy maqsadi auditor, buxgalter, ichki auditor kasbining jamiyatdagi ahamiyati va nufuzini oshirish bo’lib hisoblanadi.

O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi, auditorlar palatasi, buxgalter va auditorlarning milliy assotsiatsiyasi, “Soliq va bojxona xabarlari” gazetasi tahririyati 2019 yil ko’rik tanlovini tashkil etish bo’yicha  asosiy tashkilotchilari hisoblanadi. Tanlov O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi ko’magida tashkil etildi.

Concrete

2019 yil 23 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro reyting va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni tizimlashtirish to’g’risida”gi 2019 yil 7 martdagi PF–5687-son Farmoni bilan tuzilgan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiyaning 2019 yil yakunlari bo’yicha yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – moliya vaziri, Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo’yicha komissiyaning raisi – Djamshid Kuchkarov boshchiligida bo’lib o’tdi.

Concrete

(qayta baholanishi mumkin)

I. 2019 yil yakunlari bo’yicha dastlabki baholarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizga o’sib (2018 yilda 5,1 foiz), 524,0 tlrn. so’mni (58,3 mlrd. dollarni) tashkil etishi kutilmoqda.

Iqtisodiy o’sishga asosan ichki omillar, xususan, yalpi ichki talabning ortishi ta’sir ko’rsatmoqda.

2019 yilda yalpi ichki talabning ortishini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:

a) Iqtisodiyotga kapital qo’yilmalar hajmi 28,6 foizga o’sishi kutilmoqda, jumladan:

- markazlashgan davlat investitsiyalari 52,3 trln. so’mni tashkil etib (Davlat byudjeti, O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, Hukumat va uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlar) 2018 yilga nisbatan 23 foizga o’sishi kutilmoqda;

- to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimi sezilarli o’sib, 2,0-2,5 mlrd. AQSh dollariga etishi kutilmoqda;

Concrete

2019 yil 18 dekabr kuni Moliya vazirligida, O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi direksiyasi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2019 yil 31 oktabrdagi PQ-4502-son qaroriga muvofiq ish beruvchi va xodimlar o`rtasida mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (my.mehnat.uz) xodimlarning mehnat munosabatlariga oid ma’lumotlarni,tegishli bo`lgan lavozimni egallash uchun zarur bo`lgan malakaviy talablar kabi ma’lumotlarni joylashtirish masalalari bo`yicha video-seminar o`tkazildi.

Concrete

18 dekabr kuni Moliya vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining yetuk siyosatchisi ser Alan Dunkan bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Ma'lumot uchun: ser Alan Jeyms Karter Dunkan Britaniya konservativ partiyasining siyosatdori. U Ratlend va Meltondan parlament a'zosi bo'lgan. 2010 yildan 2014 yilgacha - Xalqaro rivojlanish bo'yicha davlat vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 2016 yildan 2019 yil 22 iyulgacha u Yevropa va Amerika bo'yicha vazir, shuningdek tashqi ishlar vazirining o'rinbosari bo'lgan.

Concrete

Batafsil ma'lumot olish  uchun  ushbu faylni yuklab oling: PDF 1.5MB

Concrete

2019 yilning 13-dekabrida “S&P Global Ratings” agentligi O‘zbekiston Respublikasi suveren kredit reytingi bo‘yicha o‘zining navbatdagi hisobotini e'lon qildi. Unga ko‘ra, agentlik mamlakatimiz suveren kredit reytingini “BB-“ (“Barqaror”) darajasida saqlab qoldi.

Concrete

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 168-sonli buyrug‘iga asosan budjet buyurtmachilarining davlat xaridlari bo‘yicha masʼul xodimlari hamda G‘aznachilik tizimidagi davlat xaridlarini monitoring qilish bo‘yicha mutaxassislari uchun davlat xaridlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xududiy seminar-trening o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019 yilning 25-27-28 noyabr kunlari takroriy ravishda vazirlikda mavjud vakant lavozimlarga ishga taklif etish bo’yicha e’lon berilgan edi.

E’lon bo’yicha birinchi bosqichdan o’tgan quyidagi ro’yhatdagi nomzodlarni:

2019 yil 23 dekabr kuni soat 11:00 ga

Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni

muvofiqlashtirish departamenti

Komissiya kotibi

1

Saydaminov Kamolbek Xamdambek o’g’li

A. Ravshanov

(71) 239-45-43

2

Eshchanova Moxira O’ktamovna

3

Qurbonov Nodirbek Voxid o’g’li

4

Xojaev Saida’lamxon Musaxonovich

5

Nazarov Behruz Bozor o’g’li

6

Sabirov Azamat Ruzmetovich

7

Mustafaev Shaxbozjon Gayratovich

2019 yil 25 dekabr kuni soat 11:00 ga

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi

Komissiya kotibi

1

Xotamov Baxodir Oybek o’g’li

Sh. Do’manov

(71) 239-17-01

2

Mirzabdullaev Muslimbek Malikjon o’g’li

3

Barakaev Nurbek Hakimovich

4

Maxkambaev Djasur Djumaevich


O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Istiqlol ko’chasi, 29-uy manzili bo’yicha suhbatga etib kelishlari so’raladi.

Eslatma: Nomzodlar vazirlik binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan kiritiladi.

Concrete

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar assotsiatsiyasi (ASSA) eksperti Janna Iskenova bilan birgalikda 2019 yil 13 dekabrda seminar tashkil etildi. Seminarda buxgalteriya hisobi va moliya sohasiga oid oliy ta’lim dasturlari hamda o’quv markazlarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Concrete

Joriy yilning 17 oktyabrda Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Аlkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspektsiyasi bilan Rossiya Federatsiyasining Аlkogol bozorini tartibga solish Federal xizmati oʼrtasida imzolangan Memorandum doirasida litsenziyalash, markalash, alkogol mahsulot hajmini hisobga olish avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish masalalari boʼyicha ekspert maslahatlashuvlarini tashkil qilish kelishilgan.

Concrete

Jahon Banki ko`magida soliq siyosati va soliq ma'muriyati sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishish uchun Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi 4 kunlik tashrif bilan Toshkentga keldi.

Tashrif davomida hamkasblar islohotlar va erishilgan natijalar bilan tanishdilar. Xususan, jismoniy shaxslarning daromadlariga soliqning tekis shkalasi joriy etilishi, yagona ijtimoiy to'lovning pasayishi ularning soni va ish haqi fondini legallashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatgani ta'kidlandi.

Concrete

Joriy yilning 12 dekabr kuni Moliya vazirligida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) va Fransiya Taraqqiyot Agentligi (FTA) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv doirasida OTB tomonidan "Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish 2-kichik dastur" - "Iqtisodiy menejmentni takomillashtirish dasturi 2-kichik dastur" (EMIP) dasturini amalga oshirish uchun 500 million AQSh dollari va FTA tomonidan 50 million yevro miqdoridagi zayom bitimlari imzolandi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyrug’iga asosan ”OMAD SUG’URTA” Mas’uliyati cheklangan jamiyatiga umumiy sug’urta tarmog’ida 17 klass bo’yicha ixtiyoriy va majburiy sug’urtani (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish va tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilishdan tashqari) amalga oshirish uchun 2019 yil 10 dekabrdagi SF 00254-sonli litsenziya berildi.

Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to’g’risidagi Nizomning (ro’yxat raqami 3105, 2018 yil 21 dekabr) 22-bandiga muvofiq malaka imtihoni test sinovi usulida kompyuter texnikasidan foydalangan holda o’tkaziladi.

Auditor malaka sertifikatini olish (muddatini uzaytirish) uchun navbatdagi malaka imtihoni 2019 yil 4 dekabr kuni “NORMA” MChJning kompyuter sinfi bazasida o’tkazildi.

Imtihon komissiyasi bayonnomasi bilan rasmiylashtirilgan malaka imtihoni komissiyasining qaroriga ko’ra imtihon natijalari quyidagilardan iborat:

Ko’rsatkichlar nomi

Soni,

kishi

1. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan talabgorlar, jami

57

shu jumladan, imtihonga kelmaganlar

8

malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlar

17

malaka imtihonidan o’ta olmagan talabgorlar

32

4. Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki o’n yildan kam bo’lmagan uzluksiz auditor ish stajiga ega bo’lgan auditorlarning malaka sertifikatining amal qilish muddati malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirilganlar

3

Concrete

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvar PF-5635- sonli “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida” gi Farmonining Ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan toʼrtinchi yoʼnalishi 4.6. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish ijrosi doirasida, Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari institutida davra suhbati boʼlib oʼtdi. 

Davra suhbatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Vazirlar Maxkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy markazi, Moliya vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Аkademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti va Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashidan mutasaddi xodimlar ishtirok etishdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Аkademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini oʼrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti bosh mutaxassisi S.Xodjaev “Yoshlar orasida tadbirkorlik muhiti tahlili” mavzusida taqdimot qilib, maqsad yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyati va muhiti hamda tadbirkorlik bilan bogʼliq muammolarni oʼrganish ekanligini taʼkidladi. Yoshlar orasida tadbirkorlik faoliyati va unga undagan motivlarni aniqlash, tadbirkorlik faoliyati va muhiti bilan bogʼliq shart-sharoitlarning ahamiyatini oʼrganish, yosh tadbirkorlarning qadriyatlar tizimini tahlil qilish, yosh tadbirkorlarga xos boʼlgan xususiyatlarni tadqiq etish, tadbirkorlik faoliyatiga toʼsqinlik qiladigan holat va muammolarni oʼrganish kabi vazifalarni bajarilganligini bildirdi. 

Concrete

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston buxgalterlar federatsiyasi bilan birgalikda 2019 yilning 7 dekabrida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha auditorlik xizmatlari sektorida ichki nazoratni tashkil etishda risklarni baholash” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Buxgalterlar auditorlarning milliy asosiasiyasi, Auditorlar Palatasi vakillari, shuningdek, auditorlik tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Ishonch telefoni bo'yicha murojaatlar statistikasi

Paris

Vazirlikka kelgan xatlar holatini ko'rish

Yangiliklar taqvimi

« Iyun 2020 »
Dush Sesh Chor Pay Jum Shan Yak
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30          

Axborot-hisoblash markazining tezkor aloqa raqami (0-371) 202 03 02

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazining "UzASBO va "DMBAT" dasturiy majmualari bo'yicha "Tezkor aloqasi"

Statistika

Hozir 408 mehmonlar va ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi yo'q saytda

Arxiv

Ishonch telefonlariga bo'lgan qo'ng'iroqlarni baholash statistikasi

Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, sichqoncha bilan belgilab, administratorni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

© 2020 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan olingan
ma'lumotlardan foydalanilganda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb sayti 
www.mf.uz ko‘rsatilishi shart. Saytni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash Moliya vazirligi AHM tomonidan amalga oshiriladi

DMC Firewall is a Joomla Security extension!